4-mavzu: Boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yiladigan malaka talablari
Download 439.38 Kb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza
2. Kasbiy talablar. Ta’kidlangan hujjatda amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf
o’qituvchilari uchun quyidagi kasbiy talablar qo’yilgan: - oliy pedagogik ma’lumotga ega bo’lish; - davlat ta’lim standartlarini va o’qitilayotgan o’quv fanlari dasturlari talablarini bilish; - umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish; - sinflar, laboratoriyalar va to’garaklar xonalarini jihozlashni bilish; - o’quv–tarbiya jarayonini tashkil etish va sifatini ta’minlash printsiplariga amal qilish; - o’quv fanlarining mazmuni va ularni o’qitishda izchillikka amal qilish; - o’quvchilarning umumiy va yosh psixologiyasini bilish; - o’qitishning interaktiv(innovatsion, integratsion – Z.U.)metodlarini bilish; - o’quvchilarni milliy g’oya asosida ma’naviy va axloqiy tarbiyalash metodologiyasini bilish; - boshlang’ich sinf o’quvchilarini kasblar haqida tushunchalarini shakllantirishni bilish; - o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan muomalada etika va estetika normalariga rioya qilish; - sinfdan (darsdan) tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish metodikasini bilish; - belgilangan sanitariya-gigshiena normalarini bilish. Diqqat qilinsa, amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun muhim kasbiy talablar belgilangan. Eslatib o’tish joizki, amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilari ushbu umumiy va kasbiy talablarga rioya qilishi bilan faoliyat samaradorligiga erishadi hamda belgilangan kategoriyalarni egallaydi. Ularning mazkur talablarga rioya qilib borishi Malaka oshirish tizimida nazorat qilinadi hamda kuchaytirib boriladi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari oliy pedagogik ta’lim jarayonida ana shu umumiy va kasbiy talablarni o’zlashtiradi. SHunday qilib boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yiladigan malaka talablari davlat tomonidan belgilanadi, ularni o’zlashtirish va ularga amal qilish boshlang’ich sinf o’qituvchisining professionalligini ta’minlaydi (6-chizma): Mustaqil ta’lim uchun savollar: 1. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisi kasbiy qiyofasi uchun qanday talablar qo’yiladi? Boshlang’ich sinf o’qituvchisi kompetentligi 1. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisi qiyofasi 2. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisini kasbiy tayyorlash 3Amaliy faoliyatdagi boshlang`ich sinf o`qituvchi;arining malakaviy tayyorgarligigga qo`yiladigan talablar Bolaparvarlik O’z kasbini sevishi Pedagogik mahoratli bo’lish O’z ustida doimiy ishlash Ilmiy pedagog malakali qilib tayyorlash Raqobatbardosh kadr sifatida tayyorlash Insoniylik va ma’naviy salohiyatni voyaga yetkaziш Pedagogik qonuniyatlar va texnologiyalar bilan tanishtirish Pedagogik samaradorlik Pedagogik ijodkorlik Kasbiy talablar Umumiy talablar Yetuk boshlang’ich sinf o’qituvchisi 2. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisini kasbiy tayyorlashda va ularni amaliy faoliyatga yo’naltirishda fanday malaka talablariga asoslaniladi? 3. Amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yiladigan talablardan xabaringiz bormi? 4. Amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilarining malakaviy tayyorgarligini oshirib borish bo’yicha nimalarni bilasiz? Topshiriq: pedagogik amaliyot Bo’lajak va amaliy faoliyatdagi boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yiladigan malaka talablarini yodlang va o’zlashtiring. Boshlang’ich sinf o’qituvchisining kasbiy qiyofasiga qo’yiladigan talablarni eslab qoling va ularning o’zingizda mavjud jihatlarini aniqlang. O’qituvchining qiyofasiga (imijiga) doir pedagogik adabiyotlar bilan tanishing. Download 439.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling