4 mavzu. Bozorni sifat ko’rsatkichlar bilan egallash strategiyasi
Mahsulot sotuvini rag’batlantirish
Download 53.63 Kb.
|
маъруза 04 МБР
Mahsulot sotuvini rag’batlantirish.
Mavjud bozorda turli kommunikatsiya oqimlarining yetti xil turini ko`rsatib o`tish mumkin. 1. Ishlab chiqaruvchi investitsiyalarni amalga oshirishdan avval xaridorlarning ehtiyojlari va istaklarni aniqlash maqsadida axborot to`playdi. Bozorni tadqiq qilish va strategik marketingning roli ham shundan iboratdir. 2. Xuddi shu yo`l bilan potensial xaridor yetkazib beruvchilar taklif qilayotgan imkoniyatlarni o`rganib chiqish va sotishga oid takliflarni tahlil qilishga turtki bo`ladi. 3. Ishlab chiqarish amalga oshirilgandan so`ng, ishlab chiqaruvchining kommunikatsion dasturi sotishga yo`naltirilgan bo`ladi va uning maqsadi tovarning bozor tomonidan qabul qilinishidan hamda sotish joyi, tovarlarni siljitish va narxlar masalasida sotish tizimi bilan kooperatsiyalanishdan iborat bo`ladi. 4. Ishlab chiqaruvchi pirovard xaridorni markaning o`ziga xos xarakteristikalari mavjudligi haqida xabardor qilish maqsadida tovarni siljitish faoliyatini reklama va o`z savdo xodimlari yordamida amalga oshiriladi. 5. Sotish tizimi yordamida amalga oshiriladigan va pirovard xaridorga yo`naltirilgan siljitish va kommunikatsiya faoliyatining maqsadi markaga sodiqlikni ta'minlash, tovar harakatini amalga oshirish, yangi paydo bo`lgan savdo markalarini qo`llab-quvvatlash, savdo-sotiq shartlari va hokazolar haqida axborot berishdan iborat. 6. Tovar foydalanilgandan yoki iste'mol qilingandan so`ng iste'molchilarning qoniqish hosil qilgan yoki qilmaganligini tekshirish ishlab chiqaruvchiga taklifni ularga moslashtirishga imkon beradi. 7. Tovarlar foydalanilgandan yoki iste'mol qilingandan so`ng arizalar yoki baholar yakka va uyushgan (konsyumerizm) xaridorlar tomonidan o`z-o`zidan tarqatiladi. Kichik bozorlarda ayriboshlash jarayoni ishtirokchilari o`rtasidagi kommunikatsiya o`z-o`zidan sodir bo`ladi. Katta bozorlarda esa ishtirokchilar o`rtasida jismoniy va ruhiy masofa katta bo`lib, bunday sharoitda kommunikatsiyani maxsus tashkil qilish kerak bo`ladi. Marketing, ayniqsa, strategik marketing xo`jalikning bozor tizimida muhim iqtisodiy rol o`ynashi lozim. Bunga sabab nafaqat strategik marketingning talab va taklifni samarali birlashtirishi, balki iqtisodiy taraqqiyotning quyidagi bosqichlardan iborat siklini ishga tushirishdir: -strategik marketing qondirilmagan ehtiyojlarni topadi va ularga moslashtirilgan tovarlarni ishlab chiqadi; -operatsion marketing esa bu yangi tovarlarga bo`lgan talabning kuchayishiga olib keladigan ishlar rejasini amalga oshiradi; -o`sib borayotgan talab xarajatlarning kamayishiga va natijada narxlarning pasayishiga olib keladi, shu tufayli bozorga xaridorlarning yangi guruhlari jalb qilinadi; -bozorning bunday kengayishi yangi investitsiyalarni jalb qiladi, bu investitsiyalar esa ko`lam hisobiga tejashga va takomillashtirishga yoki yangi tovarlarni ishlab chiqishga imkon beradi. Download 53.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling