4-mavzu. Buxgalteriya balansi


 BUXGALTERIYA BALANSINING TUZILISHI VA MOHIYATI


Download 343.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi343.93 Kb.
#1609149
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-MAVZU. BUXGALTERIYA BALANSI

4.2. BUXGALTERIYA BALANSINING TUZILISHI VA MOHIYATI 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27 dekabr №140 sonli buyrug‘iga 
binoan (AV 24.01.2003 yil №1209) mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tadbirkorlik faoliyatini 
olib borayotgan barcha yuridik shaxslar, bank, sug‘urta va byudjet tashkilotlaridan tashqari 
yagona shakldagi buxgalteriya balansini tuzadilar. Buxgalteriya balansining tuzilishi 2-ilovada 
berilgan. 
Balansning aktiv va passiv qismlari bo‘limlarga, bo‘limlari guruhlarga, guruhlari esa 
moddalarga bo‘linadi. Buxgalteriya balansining moddalari korxonaning ayrim alohida olingan 
mulk turi, uning tashkil topish manbai va majburiyatlarni tavsiflovchi satr ko‘rsatkichidir. 
Balansning aktiv va passiv qismlari ikkitadan bo‘limdan iborat. 
Buxgalteriya balansining xususiyati bo‘lib, uning aktiv qismi bo‘yicha umumiy summasi 
passiv qismi bo‘yicha umumiy summasiga teng kelishidir. Bu esa o‘z navbatida mablag‘larning 
summasi mablag‘larning tashkil topish manbalari summasiga teng kelishidir. 
4.3. XO‘JALIK OPERATSIYALARNING BUXGALTERIYA BALANSIGA TA’SIRI 
Muntazam ravishda korxonada turli xildagi xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladi va 
korxonaning faoliyati ushbu operatsiyalardan tashkil topadi. Masalan. korxona omboriga 
materiallar kelib tushdi, ular ishlab chiqarishga berildi, ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot 
qabul qilindi, tayyor mahsulot xaridorlarga sotildi va sotilgan mahsulot uchun pul mablag‘i 
olindi, yana xomashyo material sotib olindi, xodimlarga ish haqi to‘landi, olingan foydadan 
soliq, yig‘im va to‘lovlar to‘landi. Bu operatsiyalar ishlab chiqarish tsiklini tashkil qilib doimo 
qaytarilib turadi. 
Har bir xo‘jalik operatsiyasi mulk tarkibi yoki uning tashkil topish manbai yoki bir 
vaqtning o‘zida ham mulkda ham uning tashkil topishida o‘zgarishlarga olib keladi. 
Barcha xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya balansiga ta’sir ko‘rsatadi va balansda to‘rt 
xildagi o‘zgarishga olib keladi. 
Faraz qilaylik, hisobot davrining boshida korxona quyidagi (qisqartirilgan) balansga ega. 

Download 343.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling