4-mavzu. Buxgalteriya balansi


Download 343.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi343.93 Kb.
#1609149
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-MAVZU. BUXGALTERIYA BALANSI



4-MAVZU. BUXGALTERIYA BALANSI 
4.1. BUXGALTERIYA BALANSI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 
4.2. BUXGALTERIYA BALANSINING TUZILISHI VA MOHIYATI 
4.3. XO‘JALIK OPERATSIYALARNING BUXGALTERIYA BALANSIGA TA’SIRI 
4.1. BUXGALTERIYA BALANSI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 
Korxonaga rahbarlik qilish uchun uning mablag‘lari va uning qanday joylashganligi,
hamda ularning tashkil topish manbalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak. Bunday 
ma’lumotlar buxgalteriya balansi yordamida olinadi. 
Buxgalteriya balansi negizida «balans» so‘zi yotadi. Bu so‘z lotincha «bis», ya’ni «ikkita»
va «lanx», ya’ni «tarozi pallasi» so‘zlaridan olingan bo‘lib, o‘zaro tenglik, bir xillik ramzi 
hisoblanadi.
Buxgalteriya balansi - xo‘jalik yurituvchi korxonalarda hisobot davrining birinchi 
sanasida xo‘jalik mablag‘larining turlari va ularning tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy 
guruhlashtirish hisoblanib, ularning holatini pulda aks ettirish usulidir. 
Buxgalteriya balansi jadval shaklida bo‘lib, ikki qismdan iborat bo‘ladi. Uning chap qismi 
aktiv deb, o‘ng qismi passiv deb ataladi. 
Balansning aktiv qismida xo‘jalik mablag‘lari va ularning joylanishi aks ettirilsa, uning 
passiv qismida esa xo‘jalik mablag‘larning tashkil topish manbalari va tayinlanishi aks ettiriladi. 
Korxonaning har qanday mulki qaysidir manba hisobidan kelib tushadi. SHuning uchun 
buxgalteriya balansining aktiv qismi uning passiv qismining umumiy summasiga (valyuta 
balansiga) teng kelishi kerak.
Hisobot davrida korxonaning moliyaviy holati haqida umumlashgan axborot manbai bo‘lib 
buxgalteriya balansi hisoblanadi. Uning yordamida mulkning tarkibi va tuzilishi, korxonaning 
daromadliligi va uning likvidliligi, oborot mablag‘larning aylanishi, debitorlik va kreditorlik 
qarzlarning holati va uning dinamikasi o‘rganiladi. 
Buxgalteriya balansi yordamida korxonaning to‘lov qobiliyati o‘rganiladi, ya’ni korxona 
o‘zining joriy aktivlar bilan joriy qarzlarini to‘lash qobiliyati aniqlanadi. 
Buxgalteriya balansining tengligini quyidagi tenglama ko‘rinishida berish mumkin: 

Download 343.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling