4-mavzu. Buxgalteriya balansi
Download 343.93 Kb. Pdf ko'rish
|
4-MAVZU. BUXGALTERIYA BALANSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- (2.2.-rasmga qarang).
Aktiv = Passiv ,
bunda, passiv - xususiy kapital va majburiyatlardan iborat. Aktivlar = Xususiy kapital + Majburiyatlar Bu tenglik buxgalteriya hisobining fundamental asosi bo‘lib hisoblanadi. Buxgalteriya balansining turlari. Korxonalar tomonidan tuziladigan buxgalteriya balansini turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin. Masalan, tuzilgan sanasiga qarab, ma’lumotlarni jamlash hajmiga qarab, sub’ektlarni moliyalashtirilishiga qarab, tartibga solib turuvchi schyotlarning qoldiqlarini hisobga olinganligiga qarab va boshqa belgilari bo‘yicha (2.2.-rasmga qarang). Balansning bir qancha turlari mavjud: joriy balans – har oy yoki chorakda tuziladi; yillik balans – yil yakuni bo‘yicha tuziladi; kirish balansi – yangi tuzilgan korxona tomonidan birinchi marta tuziladigan balans; tugatish balansi – korxona tugatilishida tuziladigan oxirgi balansi; yig‘ma balans – vazirlik, idora, kontsernlar tomonidan alohida tuzilgan balanslarni umumlashtirish natijasida tuziladi; umumlashgan (konsolidatsiyalashgan) balans – alohida balansga ega bo‘lgan, iqtisodiy jihatdan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik shaxslarning balansini bosh korxona tomonidan umumlashtirish natijasida tuziladigan balans; balans-brutto (ital. brutto - qo‘pol) «Asosiy vositalarning eskirishi», «Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi», «Savdo ustamasi», va «SHubhali qarzlar bo‘yicha rezervlar» kontraktiv schyotlarini o‘zida qamrab turuvchi balans; balans-netto (ital. netto - sof) «Asosiy vositalarning eskirishi», «Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi», «Savdo ustamasi», va «SHubhali qarzlar bo‘yicha rezervlar» kontraktiv schyotlardan holi bo‘lgan balans. SHunday qilib, brutto balansda asosiy vositalar balansning aktivda, ularning eskirishi passivida aks etiriladi. Netto balansda esa, bu moddalar faqat balansning aktiv qismida aks ettirilib, asosiy vositaning qoldiq qiymati (asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatidan eskirish summasini ayrib tashlash natijasida) aniqlanadi va balans valyutasiga qo‘shiladi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga mos keladigan balans-netto shakli tuziladi. Download 343.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling