Misol, ishchi va xizmatchilarga ish haqi berish uchun hisob-kitob
schyotidan kassaga
50000 so‘m pul olib kelindi.
Kassa schyoti 50000 so‘mga ko‘payishi, hisob-kitob schyoti esa 50000 so‘mga
kamayishiga olib keladi.
Birinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Aktiv
Summa
Passiv
Summa
Asosiy vositalar
200 000
Ustav kapitali
150 000
Ishlab chiqarish zahiralari
60 000
Taqsimlanmagan foyda
120 000
Hisob-kitob schyoti
100 000
To‘lanadigan schyotlar
70 000
Kassa
50 050
Byudjetga qarzlar
70 050
Balans
410 050
Balans
410 050
Ikkinchi o‘zgarish. Balansning passiv qismidagi moddalarda sodir bo‘lib, xo‘jalik
operatsiyasi natijasida bir modda ko‘payadi va boshqa bir modda shu summaga kamayadi.
Balansning umumiy summasi o‘zgarmaydi.
Misol, taqsimlanmagan foydaning bir qismi 25000 so‘m
ustav kapitalini oshirishga
yo‘naltirildi.
Taqsimlanmagan foyda schyoti 25000 so‘mga kamayishi, ustav kapitali schyoti esa 25000
so‘mga ko‘payishiga olib keladi.
Ikkinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: