Aktiv
Summa
Passiv
Summa
Asosiy vositalar
200 000
Ustav kapitali
175 000
Ishlab chiqarish zahiralari
60 000
Taqsimlanmagan foyda
95 000
Hisob-kitob schyoti
100 000
To‘lanadigan schyotlar
70 000
Kassa
50 050
Byudjetga qarzlar
70 050
Balans
410 050
Balans
410 050
Uchinchi o‘zgarish. Balansning aktiv va passiv qismlarida sodir bo‘lib, xo‘jalik
operatsiyasi natijasida balansning aktiv qismidagi bir modda ko‘payadi va balansning passiv
qismidagi boshqa bir modda shu summaga ko‘payadi, balansning umumiy summasi shu
summaga ko‘payadi.
Misol, mol etkazib beruvchilardan 35000 so‘mga xomashyo materiallar olindi.
Balansning aktiv qismidagi xomashyo materiallar schyoti 35000 so‘mga ko‘paydi, passiv
qismidagi mol etkazib beruvchilarga to‘lanadigan schyotlar ham 35000 so‘mga ko‘paydi.
Uchinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Aktiv
Summa
Passiv
Summa
Asosiy vositalar
200 000
Ustav kapitali
175 000
Ishlab chiqarish zahiralari
95 000
Taqsimlanmagan foyda
95 000
Hisob-kitob schyoti
100 000
To‘lanadigan schyotlar
105 000
Kassa
50 050
Byudjetga qarzlar
70 050
Balans
445 050
Balans
445 050
To‘rtinchi o‘zgarish. Balansning aktiv va passiv qismlarida sodir bo‘lib, xo‘jalik
operatsiyasi natijasida balansning aktiv qismidagi bir modda kamayadi va balansning passiv
qismidagi boshqa bir modda shu summaga kamayadi, balansning umumiy summasi shu
summaga kamayadi.
Misol, hisob-kitob schyotidan mol etkazib beruvchilarga olingan xomashyo materiallar
uchun 60000 so‘m to‘landi.
Balansning aktiv qismidagi hisob-kitob schyoti 60000 so‘mga kamaydi, passiv qismidagi
mol etkazib beruvchilarga to‘lanadigan schyotlar ham 60000 so‘mga kamaydi.
To‘rtinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |