4-mavzu. Buxgalteriya balansi
BUXGALTERIYA BALANSINING TUZILISHI VA MOHIYATI
Download 343.93 Kb. Pdf ko'rish
|
4-MAVZU. BUXGALTERIYA BALANSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. XO‘JALIK OPERATSIYALARNING BUXGALTERIYA BALANSIGA TA’SIRI
4.2. BUXGALTERIYA BALANSINING TUZILISHI VA MOHIYATI
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27 dekabr №140 sonli buyrug‘iga binoan (AV 24.01.2003 yil №1209) mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan barcha yuridik shaxslar, bank, sug‘urta va byudjet tashkilotlaridan tashqari yagona shakldagi buxgalteriya balansini tuzadilar. Buxgalteriya balansining tuzilishi 2-ilovada berilgan. Balansning aktiv va passiv qismlari bo‘limlarga, bo‘limlari guruhlarga, guruhlari esa moddalarga bo‘linadi. Buxgalteriya balansining moddalari korxonaning ayrim alohida olingan mulk turi, uning tashkil topish manbai va majburiyatlarni tavsiflovchi satr ko‘rsatkichidir. Balansning aktiv va passiv qismlari ikkitadan bo‘limdan iborat. Buxgalteriya balansining xususiyati bo‘lib, uning aktiv qismi bo‘yicha umumiy summasi passiv qismi bo‘yicha umumiy summasiga teng kelishidir. Bu esa o‘z navbatida mablag‘larning summasi mablag‘larning tashkil topish manbalari summasiga teng kelishidir. 4.3. XO‘JALIK OPERATSIYALARNING BUXGALTERIYA BALANSIGA TA’SIRI Muntazam ravishda korxonada turli xildagi xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladi va korxonaning faoliyati ushbu operatsiyalardan tashkil topadi. Masalan. korxona omboriga materiallar kelib tushdi, ular ishlab chiqarishga berildi, ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot qabul qilindi, tayyor mahsulot xaridorlarga sotildi va sotilgan mahsulot uchun pul mablag‘i olindi, yana xomashyo material sotib olindi, xodimlarga ish haqi to‘landi, olingan foydadan soliq, yig‘im va to‘lovlar to‘landi. Bu operatsiyalar ishlab chiqarish tsiklini tashkil qilib doimo qaytarilib turadi. Har bir xo‘jalik operatsiyasi mulk tarkibi yoki uning tashkil topish manbai yoki bir vaqtning o‘zida ham mulkda ham uning tashkil topishida o‘zgarishlarga olib keladi. Barcha xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya balansiga ta’sir ko‘rsatadi va balansda to‘rt xildagi o‘zgarishga olib keladi. Faraz qilaylik, hisobot davrining boshida korxona quyidagi (qisqartirilgan) balansga ega. Download 343.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling