4-mavzu. Dasturiy ta’minotini xayotiy sikl modellarini


Download 34.29 Kb.
bet4/5
Sana07.04.2023
Hajmi34.29 Kb.
#1340281
1   2   3   4   5
Bog'liq
MB 4-ma\'ruza

Oraliq nazoratli modeli. Ishlab chiqish jarayonining iteratsion xususiyatlarini ta’minlovchi sxema oraliq nazoratli sxema deb nomlanadi (1.11-rasm). Tugallangan har bir bosqichdan keyin ushbu sxema bo’yicha bajariladigan nazorat, zarur bo’lganda istalgan darajaga qaytarish imkoniga ega bo’ladi va zarur o’zgartirishlarni kiritadi.
Ushbu sxemadan foydalanishning asosiy xavfsizligi ishlab chiqarish hech qachon tugamasligi, doimo aniqlashtirish va takomillashtirish holatida bo’lganligi bilan bog’liqligi hisoblanadi. Spiral modeli. Muammolarni yengish uchun XX asrning 80-yili o’rtalarida spiral sxemasi taqdim etildi. Ushbu sxemaga muvofiq dasturiy ta’minot prototipni yaratishga asoslangan prototiplash usulidan foydalangan holda, iteratsion holatda yaratiladi. Prototiplashning yuzaga kelishi dasturiy ta’minotni modifikatsiya qilish jarayoni “zarur yomonlik” kabi qabul qilinishdan to’xtalishiga alohida muhim jarayon kabi qabul qilinish boshlanishiga olib keladi. Oraliq nazoratli dasturiy ta’minotni ishlab chiqish sxemasi Prototip deb, ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minotning va tashqi interfeyslarini amalga oshiradigan dasturiy mahsulotga deyiladi.Qoidaga ko’ra, birinchi iteratsiya foydalanuvchining interfeysini spetsifikatsiya qiladi, loyihalashtiradi, amalga oshiriladi va testlaydi. Ikkinchi iteratsiyada ayrim cheklangan funksiyalar to’plami bilan to’ldiriladi. Oxirgi bosqichda ushbu to’plam ushbu mahsulot imkoniyatini ko’paytirib kengaytirish hisoblanadi. Ushbu sxemaning asosiy afzalliklari aniq funksional to’liqlik ta’minlangan ayrim iteratsiyadan boshlanib, foydalanuvchiga mahsulotni taqdim etish hisoblanadi, o’z navbatida quyidagi imkoniyatga ega bo’ladi: dasturiy mahsulotning birinchi versiyasi yuzaga kelguncha bo’lgan vaqtni qisqartirish; bozorda mahsulotning quyidagi versiyasi tez oldinga siljishini ta’minlagan holda, foydalanuvchilarning ko’plab sonini qiziqtirish; mahsulotdan foydalanish amaliyoti yuzaga kelish hisobiga xususiyatlarni shakllantirish va aniqlashtirishni tekshirish; ishlab chiqish vaqtida tizimning ma’naviy eskirish ehtimolini kamaytirish.
Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning spiral yoki iteratsion sxemasi Spiral sxemasidan foydalanishning asosiy muammosi quyidagi bosqichga o’tish vaqtini aniqlash hisoblanadi. Uni hal etish uchun, odatda, ekspert baholashga asoslangan har bir bosqichning o’tish muddati cheklanadi.


Download 34.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling