4-mavzu: davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish reja


-YIL SARHISOBI: OLIY MAJLIS PALATALARI VA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLI YANADA KUCHAYTIRILDI


Download 35.7 Kb.
bet3/14
Sana08.01.2022
Hajmi35.7 Kb.
#244773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5467833988779346425

2019-YIL SARHISOBI: OLIY MAJLIS PALATALARI VA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLI YANADA KUCHAYTIRILDI

20 Yan. 2020 y.  "TARAQQIYOT STRATEGIYASI" MARKAZI


2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha hisobot davrida quyidagi ishlar amalga oshirildi.


Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish yoʻnalishida

2019-yil 5-mart kuni “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning masʼuliyati kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun asosida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-, 93-, 98-moddalariga, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.



  • Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga binoan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlash tartibini belgilash boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi;

  • hukumat aʼzoligiga nomzodning sohani rivojlantirish boʻyicha yaqin muddatga va istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi bilan deputatlar oldida chiqish qilish tartibi joriy etildi;

  • hukumat aʼzosining oʻz harakat dasturi ijrosini amalga oshirishiga doir masalalar yuzasidan axborotini Oliy Majlis palatalari, ularning qoʻmitalarida muntazam eshitib borish joriy etildi.

Shuningdek, viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlarini tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etildi.

Qonunlarning mukammalligini taʼminlash maqsadida Oliy Majlis palatalari yuridik xizmatlari negizida Yuridik boshqarma tashkil etildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborotini eshitish boʻyicha “Hukumat soati”ni oʻtkazish yillik reja-jadvali tasdiqlandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat byudjeti, iqtisodiyot, pul-kredit siyosati masalalarida, shuningdek, davlat byudjeti ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini taʼminlashda deputat va senatorlarga professional, mustaqil va xolis axborot-tahliliy, ekspertlik xizmati koʻrsatish maqsadida Davlat byudjeti boshqarmasi tashkil etildi.

Oliy Majlis faoliyatini moliyaviy, moddiy-texnik, tashkiliy jihatdan taʼminlash takomillashtirildi. Oliy Majlis palatalari qoʻmitalari huzurida ular faoliyatiga bevosita yordam beradigan kotibiyatlar tashkil etildi.

Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud huquqi masalalari qoʻmitasi negizida Senatning Sud huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tashkil etildi.

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tashkil etildi.

2019-yil 27-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi.



Download 35.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling