Standartlashtirish
Download 335.74 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- STANDARTLASHTIRISH DAVLAT TIZIMI
- OʻZBEKISTON TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH AGENTLIGI
Standartlashtirish va uning xalq xoʻjaligidagi o’rni. STANDARTLASHTIRISH deganda muayyan sohada faoliyatni tartiblashtirish maqsadida qoidalarni kiritish va ularni ijro etish tushuniladi. Standartlashtirish barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida, xususan, umumiy optimal tejamkorlikka erishish maqsadida, ekspluatatsiya sharoitlari va xavfsizlik talablari bajarilishi sharti bilan oʻtkaziladi. STANDARTLASHTIRISH DAVLAT TIZIMI deganda standartlashtirishning maqsadi va vazifalarini, standartlarni ishlab chiqish tartibi va uslubini, ularni tasdiqlash va joriy qilish, shuningdek, ularning joriy qilinishi va bajarilishi ustidan nazorat qilishni ifodalovchi oʻzaro muvofiqlashtirilgan qoidalar va nizomlar tushiniladi Oʻzbekiston standartlashtirish davlat tizimi (O’zSDT). Standartlashtirish ishlari bilan – OʻZBEKISTON TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH AGENTLIGI shug’ullanadi. OʻZBEKISTON TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH AGENTLIGINING VAZIFALARI qatoriga standartlashtirish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, xalqaro, davlatlararo va mintaqaviy standartlashtirish ishlarida qatnashish, tashkilotlarning standartlashtirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirishning umumiy tashkiliy usullari va qoidalarini belgilash, me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish va standartlashtirsh sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kiradi. Oʻzbekistonda standartlashtirish boʻyicha quyidagi meʼyoriy hujjatlar kategoriyalari va ularni belgilash kiritilgan. Davlat miqyosidagi meʼyoriy hujjatlar: 1. Xalqaro standartlar - GOST; 2. Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlari - Oʻz DSt; 3. Umumdavlat tasniflagichi - Oʻz DT; 4. Meʼyorlar va qoidalar - bularni nomi va belgilanishi boshqaruv idoralari tomonidan amalga oshiriladi; 5. Oʻzbekiston rahbariy hujjatlari - Oʻz RH 6. Tavsifnomalar - OʻzT Standartlashtirish meʼyoriy hujjatlari (MH). Tarmoq boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadigan maʼmuriy-hududiy meʼyoriy hujjatlar quyidagilardir: 1. Tarmoq standarti – TSt; 2. Tarmoq tasniflagichi – TT; 3. Meʼyorlar va qoidalar; 4. Rahbariy hujjatlar – RH 5. Tavsifnomalar - T. Korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlanadigan korxona meʼyoriy hujjatlari quyidagilardir: 1. Texnikaviy shartlar – TSh; 2. Korxona standarti - KSt. Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi (Oʻz DSt 1.1– 92). Download 335.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling