Ichki o’zaroalmashinuvchanlik alohida uzellarga kiruvchi detallar, yoki mahsulot tarkibiga kiruvchi qismlar va mexanizmlarga tegishli bo’ladi. Masalan, tebranish podshipniklarining tebranish jismlari bilan halqalari ichki guruhli o’zaroalmashinuvchanlik xususiyatiga ega.
Oʻlchamlar, og’ishlar, dopusklar va o’tqazishlar haqida tushunchalar.
ST SEV 145-75 bilan birikmalarni asosiy parametrlari uchun quyidagi tushunchalar kiritilgan.
Nominal oʻlcham (D, d, l) – og’ishlarning boshlanish nuqtasi boʻlib, unga nisbatan chekli oʻlchamlar aniqlanadi. Birikmaga kiruvchi detallar uchun bu oʻlcham umumiy boʻladi.
Yaroqli detalning haqiqiy oʻlchami eng katta chekli (Dmax, dmax) va eng kichik chekli (Dmin, dmin)
oʻlchamlar orasida joylashishi yoki ularga teng boʻlishi kerak. Chekli oʻlchamlar talab qilingan uzunlikda cheklanishi mumkin.
Yuqorigi chekli og’ish (ES, es) deb eng katta chekli va nominal oʻlchamlar algebraik ayirmasiga aytiladi. Pastki chekli og’ish (EI, ei) deb eng kichik chekli va nominal oʻlchamlar algebraik ayrmasiga aytiladi.
Teshik uchun: ES=Dmax-D; EI=Dmin-D
Val uchun: es=dmax-d; ei=dmin-d
Haqiqiy og’ish deb haqiqiy va nominal oʻlchamlar algebarik ayirmasiga aytiladi.
Dopusklar va o’tqazishlar tizimlari.
Dopusk (T) deb eng katta va eng kichik chekli oʻlchamlar ayirmasiga aytadilar. Dopusk musbat kattalik boʻlib, talab qilingan ishlab chiqarish aniqligini bildiradi.
Soddalashtirish maqsadida dopusklar grafik usulda dopusklar maydonlari koʻrinishida tasvirlanishi mumkin
Bir biriga kirib birikadigan detallarning qamrovchi va qanraluvchi sirtlari ajratiladi. Shu sababli val degan termin tashqi qamraluvchi sirtlarni belgilash uchun ishlatiladi. Teshik degan termin esa ichki qamrovchi sirtlarni, silindrik bo’lish yoki boʻlmasligidan qat’i nazar, belgilash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |