Standartlashtirish


Metrologiya masalalari qatoriga quyidagilar kiradi


Download 335.74 Kb.
bet9/12
Sana31.01.2023
Hajmi335.74 Kb.
#1145913
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Metrologiya masalalari qatoriga quyidagilar kiradi:
1) oʻlchashlar umumiy nazariyasini rivojlantirish;
2) oʻlchash usullari va vositalarini, oʻlchash aniqligini topish usullarini ishlab chiqish;
3) fizikaviy kattaliklar birliklarini va ular tizimlarini kiritish;
4) oʻlchashlar yagonaligini, oʻlchash vositalarini va talab qilingan oʻlchash aniqligini yagona talablarga javob berishini taʼminlash;
5) etalonlar va namunaviy oʻlchash vositalarini kiritish;
6) kattaliklar birliklari oʻlchamlarini etalondan yoki namunaviy oʻlchash vositasidan ishchi oʻlchash vositasigacha uzatish usullarini ishlab chiqish va b.
Oʻlchash
deganda oʻlchash uchun maxsus moʻljallangan texnikaviy vosita yordamida oʻlchanayotgan fizikaviy kattalik uchun qabul qilingan birliklarda tajriba yoʻli bilan shu kattalikning qiymatini topish tushuniladi. Fizikaviy kattaliklar birliklari xalqaro SI tizimida keltirilgan.
Nazorat qilish
oʻlchashdan farq qilib, ikki turga boʻlinadi. Nazorat jarayonida mahsulot oʻlchamining haqiqiy qiymati aniqlanmasdan faqatgina uning texnik talablarga toʻg’ri kelish-kelmasligi aniqlanadi
Oʻlchash vositalarining asosiy metrologik koʻrsatkichlari.
Oʻlchash vositalarining koʻrsatishlar (shkala boʻyicha oʻlchash) diapazoni – shkalaning boshlang’ich va yakuniy qiymatlari bilan cheklangan sohasi.
Boʻlinmalar qiymati - shkalaning ikkita qoʻshni belgilari o’qlari orasidagi masofa.
Oʻlchash kuchi - kontakt zonasida oʻlchash uchligining detalga taʼsir qilish kuchi.
Oʻlchash vositasining joiz (ruxsat etilgan) xatolik chegarasi - oʻlchash vositasi yaroqli deb hisoblanishi mumkin boʻlgan eng katta absolyut xatolik.
Oʻlchash xatoligi - oʻlchash natijasi bilan oʻlchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatlarining ayirmasi
Oʻlchash priborining sezgirligi - oʻlchash vositasini chiqishidagi signal oʻzgarishining shunga keltirgan oʻlchanayotgan kattalik oʻzgarishiga nisbati.
Masalan, oʻlchamning 0,5 mkm ga oʻzgarishi pribor koʻrsatkichining 1 mmga siljishiga keltirsa sezgirlik 1000:0,5=2000 boʻladi.
Uzunlik va burchak oʻlchovlari
Uzunlik oʻlchovlari shtrixli o’lchovlar va yassi-parallel uch oʻlchovlariga boʻlinadi.

Download 335.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling