Standartlashtirish


Universal oʻlchash asboblari


Download 335.74 Kb.
bet11/12
Sana31.01.2023
Hajmi335.74 Kb.
#1145913
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Universal oʻlchash asboblari qatoriga tashqi va ichki oʻlchamlarga moʻljallangan shtangensirkullar, teshiklar va ariqchalar chuqurligini oʻlchash uchun shtangen oʻlchagichlar, shtangenreysmuslar hamda mikrometrik asboblar kiradi.
Shtangenasboblarda oʻlchamni oʻqib olish qurilmasi sifatida lineyka (chizg’ich) koʻrinishidagi asosiy shkala va u bo’ylab harakatlanuvchi nonius shkalasi ishlatiladi. Nonius asosiy shkala boʻlinmalarinining kasrli qismlarini oʻqib olish uchun ishlatiladi. Noniuslar 0,1 yoki 0,05 mm boʻlinmalar qiymati bilan tayyorlanadi.
Mikrometrik asboblarning ishlashi mikrometrik vintning aylanish harakatini ilgarilanma harakatga oʻzgartiruvchi vintli juftlikning harakatiga asoslangan. Bu asboblarning boʻlinma qiymati 0,01 mm. Ular quyidagicha turlarda ishlab chiqariladi: tashqi oʻlchashlar uchun silliq mikrometrlar; teshik oʻlchagichlar (nutromerlar); chuqurlik oʻlchagichlar; maxsus mikrometrlar - listlar, quvurlar, tishlar, rezbalar uchun va b.
Mexanikaviy oʻlchash priborlari.
Mexanikaviy o‘lchash priborlari. Bular qatoriga tishli uzatmali priborlar - soatsimon indikatorlar kiradi.(rasm). Bu priborlarda tishli reyka ko‘rinishida ishlangan o‘lchash sterjeni xarakati tishli g‘ildiraklar orkali kuchaytirilib ko‘rsatish.
Tebranish podshipniklarining aniqlik klasslari haqida ma’lumotlar.
ST SEV 774-77 ga ko’ra tebranish podshipniklari tayyorlanish aniqligi bo’yicha beshta aniqlik klasslariga boʻlinadi (aniqlik ortish tartibida - 0; 6; 5; 4; 2). Podshipnikning aniqlik klassi mexanizmning ishlash sharoitiga va aylanish aniqligiga qoʻyilgan talablarga koʻra tanlanadi. Umumiy foydalanishdagi mexanizmlarning koʻpchiligida 0 (normal) klassdagi podishipniklar ishlatiladi. Aniqlik klassi podshipnikning shartli belgisidan oldin koʻrsatiladi, masalan: 6-205 yoki ISO bo’yicha P6-205.

Tebranish podshipniklarining dopusklari va oʻtqazishlari.


Podshipniklarning tashqi diametri D va ichki diametri d tegishlicha asosiy val (hB deb belgilanadi) va asosiy teshik (KB bilan belgilanadi) deb qabul qilinadi.
Demak, tashqi halqaning tana teshigiga o’tqazilishi val tizimida, ichki halaqaning valga o’tqazilishi teshik tizimida amalga oshiriladi.
Podshipniklarni vallarga oʻrnatish uchun vallar diametrlarining 4-, 5-, 6- va 7- kvalitetlardagi n, m, k va js asosiy og’ishli dopusk maydonlari ishlatilganida podshipnik ichki halqasining o’ziga xos dopuski bilan kichikroq kafolatli taranglik hosil boʻladi. Bundan tashqari, vallar uchun h, g, f asosiy og’ishlari ham ishlatiladi. Tashqi halqani tana bilan birikishida tana teshigining oʻlchamiga oʻtuvchi oʻtqazishlar uchun moʻljallangan standart asosiy og’ishlar yoki H7, H8, E7 asosiy og’ishlari ishlatiladi.
Podshipniklar halqalarining oʻtqazishlari bir dopusk maydoni bilan koʻrsatiladi, masalan, val bilan ichki halqaning birikishida - Ø45 k6, tana teshigi bilan tashqi halqaning birikishida - Ø85H7

Download 335.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling