Standartlashtirish


ISTIQBOLLI STANDARTLASHTIRISH


Download 335.74 Kb.
bet4/12
Sana31.01.2023
Hajmi335.74 Kb.
#1145913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Документ Microsoft Word

ISTIQBOLLI STANDARTLASHTIRISH
deganda, standartlarni ishlab chiqish davrida, standartlashtirish obyektlariga rejalashtirilgan, kelgusida optimal boʻlishi kutilayotgan va shu kungacha erishilgan saviyadan balandroq boʻlgan meyorlar va talablarni kiritish tushuniladi.
Umumtexnik standartlar kompleks tizimlari.
O’z navbatida ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning yagona tizimi (ICHTTYT)
konstruktorlik hujjatlarning yagona tizimi (KHYT),
texnologik hujjatlarning yagona tizimi (THYT)
kabi standartlar kompleks tizimlarini o’z ichiga oladi.

O’zaroalmashinuvchanlik va uning turlari.


O’zaroalmashinuvchanlik deganda mashinaga qoʻyilgan texnik shartlar bajarilishi va undan talab qilingan boshqa koʻrsatkichlarga erishilishi sharti bilan yig’ish yoki taʼmirlash jarayonida detallar va yig’ma birliklarni boshqa mustaqil ishlab chiqarilgan nusxalari bilan moslashtirmasdan almashtirish imkoniyati tushuniladi.
O’zaroalmashinuvchanlik toʻliq yoki notoʻliq turlarda boʻlishi mumkin.
Toʻliq o’zaroalmashinuvchanlikda yig’ish jarayonida hech qanday sozlash yoki moslashtirish operatsiyalari boʻlmaydi. Bu esa detallar oʻlchamlari qatʼiy dopusklar bilan tayyorlanishini talab qiladi va mahsulot tannarxini birmuncha orttiradi.
Qolgan hollarning barchasida notoʻliq o’zaroalmashinuvchanlik
qoʻllanilishi afzal hisoblanadi. Bunda yig’ish jarayonida konpensatorlar, sozlash elementlaridan foydalanib moslashtirish ishlarini olib borishga ham zarurat paydo boʻladi.
O’zaroalmashinuvchanlik tashqi va ichki boʻlishi ham mumkin.
Tashqi o’zaroalmashinuvchanlik – bu sotib olingan va kooperatsiya qilinadigan mahsulotlarni ekspluatatsion koʻrsatkichlar hamda birikuvchi sirtlarni oʻlchamlari va shakli boʻyicha o’zaroalmashinuvchanlikdir. Masalan, tashqi o’zaroalmashinuvchanlik elektrodvigatellar vallarining aylanish chastotalari va quvvatlari, tebranish podshipniklarining halqalari diametrlari boʻyicha amal qiladi.

Download 335.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling