Standartlashtirish


Davlat standartlari Oʻz RST 1.1-92 boʻyicha


Download 335.74 Kb.
bet2/12
Sana31.01.2023
Hajmi335.74 Kb.
#1145913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Davlat standartlari Oʻz RST 1.1-92 boʻyicha ishlab chiqiladi, davlat va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish uchun ularda kelajakni inobatga olgan holda amaldagi texnologik imkoniyatlaridan ustun, istiqbolli talablar belgilanadi.
Standartlashtirish obyektlarining xususiyatlari va ularga qoʻyiladigan talablarga qarab meʼyoriy hujjatlarning quyidagi turlari ishlab chiqiladi:
1) asos boʻluvchi; 2) mahsulotga; 3) jarayonlarga; 4) tekshirish (sinash, oʻlchash, tahlil qilish) usullariga.
Davlat darajasidagi meʼyoriy hujjatlarga Oʻzbekiston hududidagi barcha idoralar, korxonalar, xoʻjalik subyektlari va jamoa tashkilotlari rioya qilishi shart.
Tarmoq darajasidagi meʼyoriy hujjatlarni shu tarmoq xoʻjalik subyektlari qo’llaydilar. Qolgan xoʻjalik subyektlari bu hujjatlarni hohishi boʻyicha qo’llaydilar.
Standartlarni ishlab chiqish 4 bosqichga boʻlinadi.
1) standartni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash (zarur hollarda bajariladi);
2) standart loyihasini (dastlabki matn) ishlab chiqish va taqrizga jo’natish.
3) taqrizlarni tahlil qilish, standart loyihasini ishlab chiqish (yakuniy matn), kelishib olish va tasdiqlashga taqdim qilish.
4) standartni tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
Bosqichlarni bir vaqtda bajarishga ruxsat qilinadi.
Afzal sonlar tizimi.
Geometrik progressiyalar afzalroq boʻlgani sababli ISO tavsiyalariga binoan Oʻzbekistondagi xalqaro standartlarda geometrik progressiyaga asoslangan afzal sonlar tizimi qabul qilingan. Afzal sonlarning asosiy turlari R5, R10, R20 va R40 deb belgilanadi. Bunday afzal sonlarning maxrajlari mos ravishda
ga teng boʻlib, XIX asrning oxirida fransuz injeneri - Sharl Renar tamonidan taklif qilingan.
Parametrik qatorlarni tuzish va tanlash usullari.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini ratsional holda qisqartirish maqsadida shu mahsulotlarning parametrik qatorlari uchun standartlar ishlanadi. Har bir mashina bir nechta parametrlar bilan xarakterlanadi. Standartlashtiriladigan parametrlar sonini qisqartirish uchun mashinaning bosh va asosiy parametrlari ajratiladi.
BOSH PARAMETR deb mashinaning eng muhim ekspluatatsion koʻrsatkichini bildiradigan, mahsulotni texnik takomillashtirilishiga va uni ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq boʻlmagan parametrga aytiladi. Masalan, kranlarning yuk koʻtarish qobiliyati, dastgoh markazlarining balandligi, mikrometrning oʻlchash diapazoni va hokazo parametrik qatorlar bosh parametr boʻyicha tuziladi.

Download 335.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling