Standartlashtirish
Download 335.74 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- UNIFIKATSIYA
- UNIFIKATSIYA VA AGREGATLASHTIRISH
- Kompleks standartlashtirish rejalarini ishlab chiqish
ASOSIY PARAMETR deb mashinaning sifatini belgilovchi parametrlarga aytiladi. Masalan, metal kesish dastgohlari uchun bu ishlov berish aniqligi, quvvati, kesish tezliklari chegaralari, unumdorlik.
Unifikatsiya, agregatlashtirish, maxsuslashtirish. UNIFIKATSIYA, ya’ni mahsulotlarning shakli, meyorlari va har xil oʻlchamlari boʻyicha birxillikka keltirish, mahsulotlar partiyasi miqdorini orttirishning kuchli omilidir. Bir xil vazifali obyektlar turlarini, xillarini va oʻlchamlari turlarini unifikatsiya yordamida ratsional ravishda qisqartirish mahsulotlarning konstruktiv variantlarini ishlash xususiyatlarini oʻrganish va tahlil qilish usuli bilan amalga oshirilishi mumkin (masalan, muftalar, variatorlar, podshipniklar va h). UNIFIKATSIYA natijasida kelib chiqadigan mahsulotlarni ishlatish doirasining cheklanishi agregatlashtirish hisobiga toʻg’rilanishi mumkin. AGREGATLASHTIRISH - bu turli kombinatsiyalarda yig’ish mumkin boʻlgan unifikatsiyalashgan standart agregatlardan (avtonom uzellardan) mashina va priborlar yaratish prinsipidir. UNIFIKATSIYA VA AGREGATLASHTIRISH ishlab chiqarishni maxsuslashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotlar nomenklaturasini qisqartirish va partiyalar hajmini oshirish hisobiga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Kompleks standartlashtirish. Kompleks standartlashtirish rejalarini ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi: 1) kompleks standartlashtirish masalalariga tizimli yondashish. Bunda mahsulotning tarkibiga, ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlariga, saqlash, tashish, ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash qoidalari va boshqalarga standartlar yangidan ishlanadi yoki qayta ko’rib chiqiladi; 2) xomashyo, materiallar va butlovchi mahsulotlarni standartlashtirishning istiqbolli rivojlanishi; 3) xomashyo va materiallardan kompleks holda foydalanish; 4) kompleks standartlashtirish samarasini rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga sarflangan xarajatlariga nisbatan oshirish. Download 335.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling