Standartlashtirish


Asosiy val - bu yuqorigi chekli og’ish


Download 335.74 Kb.
bet6/12
Sana31.01.2023
Hajmi335.74 Kb.
#1145913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Asosiy val - bu yuqorigi chekli og’ishi nolga teng boʻlgan val.
Asosiy teshik- bu pastki chekli og’ishi nolga teng boʻlgan teshik.
Val dopuski uchun Td, teshik dopuski uchun TD belgilari ishlatiladi.
Ikkita detal birikayotganida hosil boʻladigan tirqishlar yoki tarangliklar qiymatiga bog’liq boʻlgan birikish xarakteriga o’tqazish deyiladi.
Val bilan teshikni dopusk maydonlarining nisbiy joylashishiga qarab o’tqazishlar tirqishli, oʻtuvchi yoki taranglikli boʻlishi mumkin
Tirqish S - bu teshik bilan valni oʻlchamlarining ayirmasi, agar teshik oʻlchami val oʻlchamidan katta boʻlsa. Eng katta, eng kichik va oʻrtacha tirqishlar quyidagicha topiladi:
Smax=Dmax-dmin; Smin=Dmin-dmax; Sm=(Smax+Smin)/2
Taranglik N - bu yig’ishdan oldingi val bilan teshik oʻlchamlarining ayirmasi, agar biriktirishdan oldin valning oʻlchami teshikning oʻlchamidan katta boʻlsa. Taranglikning chekli va oʻrtacha qiymati:
N max=dmax-Dmin;
Nmin=dmin-Dmax; Nm=( Nmax-Nmin)/2

Dopusklar va o’tqazishlar tizimlari deb
tajriba, nazariy va eksperimental izlanishlar asosida qonuniyatli tuzilgan va standartlar shaklida rasmiylashtirilgan dopusklar va o’tqazishlar qatorlarining majmuasiga aytiladi
YSDP SEV da TESHIK TIZIMI va VAL TIZIMI boʻyicha o’tqazishlar nazarda tutilgan.
Teshik tizimidagi o’tqazishlarda tirqishlar va tarangliklarning turli qiymatlariga
ASOSIY TESHIKNI (H) turli dopuskli vallar bilan biriktirish hisobiga erishadilar.
Val tizimidagi o’tqazishlarda tirqish va tarangliklarning turli qiymatlariga
ASOSIY VALNI (h) turli dopuskli teshiklar bilan biriktirish hisobiga erishadilar.
Asosiy teshik bilan asosiy val dopusk maydonlari
detal tanasi tomonga joylashadi
Dopusklar tizimini qurish uchun dopusk birligi
tushunchasi kiritilgan. Dopusk birligi aniqlik oʻlchovi boʻlib, dopuskning nominal oʻlcham bilan bog’lanishini ifodalaydi. Oʻlchamlari 1 mm dan 500 mm gacha boʻlgan metall detallarning ishlov berish xatoligi bir xil texnologik sharoitlarda quyidagi qonun boʻyicha oʻzgarishi aniqlangan:
bu yerda x qiymati 2,5 bilan 3,5 orasida oʻzgaradi.
Shu izlanishlar asosida ISO va YSDP SEV tizimlarida 1-500 mm oʻlchamlar uchun dopusk birligi quyidagicha qabul qilingan:

500-3150 mm va 3150-10000 mm oʻlchamlar uchun dopusk birligi i=0,004D+2,1.
Bu formulalardagi D - oʻlchamlar intervallari chegaralarining oʻrta geometrik qiymati
YSDP SEV da umumiy oʻlchamlar qatori 3 diapazonga boʻlingan: 1 mm dan 500 mm gacha; 500 mm dan 3150 mm gacha; 3150 mmdan 10000 mmgacha.
Detallar va mahsulotlar uchun talab qilingan aniqlik darajasi - kvalitetlar yordamida meyorlanadi. Kvalitet deganda oʻlchamlar diapazonining barcha nominal oʻlchamlari uchun bir xil nisbiy aniqlik bilan tavsiflanadigan dopusklar toʻplami tushuniladi. Bir kvalitet doirasida aniqlik faqat nominal oʻlchamga bog’liq ravishda oʻzgaradi. Unda ixtiyoriy kvalitet dopuski T = ai deb ifodalanishi mumkin. Bu yerda dopusk birliklari soniga teng boʻlgan a koeffitsiyenti nisbiy aniqlik darajasini bildiradi, uning qiymati kvalitet raqamiga bog’liq.
Dopusklar va o’tqazishlar tizimi tuzilganida kvalitetlar soni ishlab chiqarishning turli sohalari talablariga, mahsulotlar aniqligining ortish istiqbollariga, erishib boʻladigan aniqlik chegarasiga, funksional va texnologik omillarga va qabul qilingan geometrik progressiyaning maxrajiga binoan qabul qilinadi. Bir kvalitetdan ikkinchi kvalitetga oʻtganda dopusklar geometrik progressiya maxraji φ ga oʻzgaradi. Yuqorida keltirilgan dopusk birligi formulalari 5-17 kvalitetlar dopusklarini aniqlash uchun ishlatiladi.
YSDP SEV dopusklar tizimida oʻlchamlar diapazonlari, kvalitetlar va o’tqazishlar turlari.
YSDP SEV dopusklar tizimida 500 mm gacha boʻlgan oʻlchamlar diapazoni 13 intervalga boʻlingan (3 mmgacha, 3 mmdan katta 6 mm gacha va hokazo), 500 mm dan 3150 mm gacha - 8 intervalga bo’lingan.

Download 335.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling