Standartlashtirish


Download 335.74 Kb.
bet10/12
Sana31.01.2023
Hajmi335.74 Kb.
#1145913
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Shtrixli oʻlchovlar namunalar, lineykalar, ruletkalar va hisoblash elementiga ega shkalalar turlarida tayyorlanadi.
Yassi-parallel uch oʻlchovlari
mashinasozlikdagi hozirgi zamon chiziqli oʻlchashlarining asosini tashkil qiladi. Ular oʻlchamning uzunlik birligini ishchi etalondan mahsulotga qadar uzatish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, ular oʻlchash vositalarini nolga sozlash, oʻlchash asboblarining aniqligini tekshirish va ularning shkalalarini belgilash, oʻta aniq yig’ish ishlari uchun va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Uch oʻlchovlari 83 donali, 112 donali va b. toʻplamlar koʻrinishida ishlab chiqariladi. Bu toʻplamlar ixtiyoriy oʻlchamni minimal sondagi oʻlchovlardan yig’ish imkoniyatini beradi. Oʻlchovning nominal oʻlchami parallelepipedning yon tomoniga, oʻlchami 5,5 mmdan kichik oʻlchovlarda esa ishchi sirtning o’ziga tamg’alanadi. Bir blokdagi plastinalar soni 5 tadan ortiq bo’lmasligi talab qilinadi.
Uch oʻlchovlari quyidagi aniqlik klasslari bo’yicha tayyorlanadi:
00; 01; 0; 1; 2; 3 – po’latdan;
00; 0; 1; 2 va 3 – qattiq qotishmadan.
Foydalanishdagi oʻlchovlar uchun qoʻshimcha 4 va 5 klasslar ham kiritilgan.
Prizmatik burchak oʻlchovlari
asboblar, shablonlar va mahsulotlarning burchaklarini nazorat qilish, priborlarni qiyoslash va boshqalar uchun ishlatiladi.
Burchak oʻlchovlari 5 tipda ishlab chiqariladi:
1 va 2 – kesilgan cho’qqili bitta ishchi burchakka ega va o’tkir burchakli;
3 – to’rtta ishchi burchakli;
4 – teng o’lchamli burchakli qadamga ega ko’p qirrali prizmatik;
5 – uchta ishchi burchakli.
1, 2 va 3 tiplardagi burchak o’lchovlari – uchta aniqlik klassida (0, 1 va 2), 4-tipdagi ko’p qirrali prizmalar – to’rtta aniqlik klassida (00, 0, 1 va 2), 5-tipdagi burchak o’lchovlari esa faqat 1-klassda ishlab chiqariladi.

Universal oʻlchash asboblari.



Download 335.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling