4-mavzu: diqqat va xotira – psixik jarayon sifatida diqqat haqida tushuncha


Download 26.51 Kb.
bet8/10
Sana16.06.2023
Hajmi26.51 Kb.
#1505988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu psixalogiya

Fenomenal (gr. – noyob) xotira - idrok qilingan narsa va hodisalarni, ularning bogʻlanishi munosabatlarini favqulodda tez hamda aniq esda qoldirish va esga tushirishga qaratilgan nodir qobiliyati.
Eshitish xotirasi - tovush qoʻzgʻatuvchilarini sezish, idrok qilish natijasida hosil boʻlgan eshitish obrazlarini esda qoldirish, mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi.
Esda qoldirish - idrok qilingan materiallarni, narsa va hodisalarni ongimizda qoldirishdan iborat xotira jarayoni.
Tezkor (operativ. lot. operativ-tezkor) xotira - inson tomonidan bevosita amalga oshiriladigan koʻz harakatlari, aqliy harakatlar uchun xizmat qiluvchi xotira jarayonidan iboratdir. Masalan, matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz, biz uni boʻlaklarga ajratib bajarishga kirishamiz; qisqa muddatli xotira - bir marta, shuningdek, qisqa vaqt oraligʻida idrok qilish hamda shu kezdayoq qayta tiklashdan iborat boʻlib, qisqa muddatli esda olib qolish bilan tavsiflanadi. Axborotning saqlanishi 30 sekundgacha boʻlishi mumkin. Uzoq muddatli xotira - koʻp martalab takrorlash va qayta tiklashlar orqali o‘zoq vaqt, muddat esda olib qolishga moʻljallangan xotira turi.
Xotira jarayonlari
Asab tizimida izlarning saqlanishi qoʻzgʻatuvchi taʼsiri ostida hosil qilingan izlarning o‘zoq muddat saqlanish hodisasining hayvonot olamini taraqqiyoti jarayonida namoyon boʻlish xususiyati tadqiqotchilar tomonidan tekshirilgan va muayyan darajada maʼlumotlar toʻplash imkoniyatiga ega boʻlganlar.
Tajribada aniqlanishicha, poliplarning (medo‘zaga oʻxshash jonivorlar) asab tizimiga bir marotaba elektr toki bilan taʼsir qilish orqali qoʻzgʻatishni vujudga keltirish bir necha soat davomida saqlanib qoluvchi ritmik elektr impulslarini hosil qiladi. Hayvonot olami yirik namoyondalarining markaziy asab tizimini tadqiqot qilish davomida xuddi shunga oʻxshash hodisa qayd qilingan. Masalan, bir marotaba birdaniga elektr lampochkasini yoqish bilan qoʻzgʻatish orqali uy quyonning yuqori ikki doʻngligida o‘zoq muddat qayd etish mumkin boʻlgan ritmik elektr razryadlarini hosil qiladi.

Download 26.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling