4-mavzu: diqqat va xotira – psixik jarayon sifatida diqqat haqida tushuncha


Xotiraning inson hayotidagi oʻrni


Download 26.51 Kb.
bet10/10
Sana16.06.2023
Hajmi26.51 Kb.
#1505988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu psixalogiya

Xotiraning inson hayotidagi oʻrni
Xotira tufayli ongimizda faqat hozirgi paytdagi narsalar, hodisalar aks etib qolmay, balki oʻtmishda idrok qilingan narsa va hodisalar, kechirgan tuygʻu, fikrlar ham aks etadi. Odam xotira tufayli malaka va koʻnikmalar hosil qiladi, bilimini boyitadi va saviyasini kengaytiradi. Xotira boshqa psixik jarayon-larning faoliyati va taraqqiysi uchun katta ahamiyatga egadir.Xotira inson faoliyatining hamma xillarida ancha muhim rol oʻynaydi. Hatto yosh bolalar ham agar ularda baʼzi bir bilim, koʻnikma va malaka-lar boʻlsagina oʻynay oladilar, boʻlmasa oʻynay olmaydilar. Har qanday mehnat xoh jismoniy, xoh aqliy mehnat zarur bilim, malaka va koʻnikmalar mavjud boʻlganidagina amalga oshmogʻi mumkin.
Xotiraning ahamiyati taʼlim ishlarida, ayniqsa, yaqqol koʻrinadi.
Maktabdagi taʼlim ishlarining eng birinchi va asosiy vazifasi oʻquvchilarni fanlar asosi bilimi bilan qurollantirish, boyitishdir. Xotirada mukammal bilmay turib fan asoslarini oʻqib olish mumkin emas. Maktablarda taʼlim ishlari shunday yoʻlga qoʻyilmogʻi kerakki, oʻquvchilarga oʻqitilayotgan material ularning xotirasida mustahkam saqlanib qoladigan boʻlsin. Shu sababdan, oʻqituvchi taʼlim jarayonida oʻz oʻquvchilarini oʻrganib, har bir oʻquvchisini yaxshi bilishi, jumladan, har bir oʻquvchisining xotirasi qanday ekanligini, bu xotiraning qanday oʻsib borayotganligini, xotira-ning oʻsishiga nimalar sabab boʻlayotganini va oʻquvchilarning xotirasini maktab taʼlimi ishlari jarayonida qanday yoʻl va vositalar bilan oʻstirish kerakligini bilmogʻi lozim.
Nazorat savollar
1.Xotira haqida umumiy tushunchangizni bayon qiling ?
2.Xotiraning neyrofiziologik asoslarini tushuntiring ?
3. Xotira turlarini psixologik tavsiflang ?
3.Esda olib qolish turlari haqida mushohadalaringizni bildiring ?
5. Esga tushirishning psixologik mohiyatini yoriting?
3. Xotira turlari mohiyati va ularning rivojlanishi.?
4. Xotira jarayonlarining psixologik tahlili va talqini.?
5.Insonda xotiraning rivojlanishini misollar yordamida tushuntiring.?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Muhammedova D.G‘, Mullaboyeva N.M, Rasulov A.I “Umumiy psixologiya” psixologiya ta’lim yo‘nalishlari uchun darslik. Toshkent-2017
2.Ergash G‘oziyev Umumiy psixologiya. Psixlogiya mutaxassisligi uchun darslik. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashryoti. Toshkent-2010
3. Davletshin M.G. Umumiy psixologiya T: TDPU 2002
4. Myers.D.G Psychology. HopeCollege. Holland, Michigan, 2010
Download 26.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling