4 –mavzu Falsafiy tafakkur tarakkiyot bosqichlari: G’arb falsafasi


Download 97.7 Kb.
bet12/21
Sana22.04.2023
Hajmi97.7 Kb.
#1382240
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
4 –mavzu Falsafiy tafakkur tarakkiyot bosqichlari G’arb falsafa

Ilk pozitivizmning o’ziga xos xususiyati shundaki, O.Kont va uning boshqa namoyandalari falsafaning asosiy vazifasini muayyan fanlarning amalda mavjud moddiy dunyo haqidagi ma’lumotlarini umumlashtirish va tizimga solishdan iborat deb bildilar. Boshqacha aytganda, bu bosqichda pozitivizm hali tashqi dunyoning mavjudligini tan oluvchi materialistik ta’limot bo’lib qoldi.
Pozitivizmning ikkinchi tarixiy shakli – empiriokritisizm XIX–XX asrlar chegarasida yuzaga keldi. Uning eng mashhur namoyandalari – E.Max (1838-1916) va R.Avenarius (1843-1896). Ilk pozitivizmdan farqli o’laroq, empiriokritisizm falsafaga «ikkinchi pozitivizm»ni sintez qiluvchi fan sifatida yondashadi, uni bilish nazariyasiga bog’laydi. Empiriokritisizm «tajriba tanqidi» degan ma’noni anglatadi va «tajribani metafizik tabiatni o’zgartiruvchi barcha qoidalardan tozalash»ni nazarda tutadi. E.Max fikriga ko’ra, tajriba amalda «dunyo elementlari» hisoblanuvchi sezgilardan iboratdir.
Binobarin, pozitivizm o’zining maxizm shaklini kasb etgan ikkinchi bosqichida butun falsafiy faoliyatni inson tajribasi hissiy asosining ruhiy-fiziologik shakllari tahliliga bog’ladi. Maxizm falsafasida dunyo «sezgilar majmui» tarzida namoyon bo’ldiki, bu materializmdan butunlay voz kechilishi, ingliz faylasufi Berklining subyektiv idealizmi o’ziga xos tarzda tiklanishini anglatar edi.
Ikkinchi pozitivizm yaratuvchilari bilish jarayonining nazariy modelini tuzishga harakat qilgan bo’lsalar, neopozitivizm, pozitivizmning uchinchi tarixiy shakli sifatida, ilmiy nazariyalarning haqiqatnamoligini, ularning nisbiy qimmatini aniqlash metodlarini o’z falsafiy faoliyatining predmetiga aylantirdi. Bu bosqich vakillari (Karnap, K.Popper, I.Lakatos, T.Kun va boshqalar) pozitivizmning asosiy tamoyillariga tayanib, an’anaviy falsafa tushunchalari noilmiydir, chunki ularni tajribada tekshirish mumkin emas, deb e’lon qildilar.
Neopozitivistlar u yoki bu ilmiy xulosalar, konsepsiyalar va nazariyalarning to’g’riligi, haqiqiyligini tekshirish metodlariga asosiy e’tiborni qaratdilar. Ular hozirgi ilmiy bilimlarning haqiqiyligini tekshirishning asosiy tamoyillari: verifikasiya, falsifikasiya va konvensiya tamoyilarini ta’riflab berdilar.
Verifikasiya (lot. «verus» - haqiqiy va «facio» - bajaraman) tamoyili nuqtai nazaridan hissiy tajriba dalillari bilan tasdiqlanuvchi ilmiy qoidalargina haqiqiy hisoblanadi. Boshqacha aytganda, tajribada sinalishi mumkin bo’lgan mulohazalargina ahamiyat kasb etadi.

Download 97.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling