4-mavzu: farmatsevtika muassasalarini dori vosita va tibbiy buyumlar bilan ta'minoti
Download 291.29 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Farmatsevtik ombor
4-MAVZU: FARMATSEVTIKA MUASSASALARINI DORI VOSITA VA TIBBIY BUYUMLAR BILAN TA'MINOTI 4.1. Ulgurji farmatsevtik tashkilotlarining turlari, vazifalari va funksiyalari. 4.2. Ulgurji savdo shakllari. 4.3. Farmatsevtik omborxonasining tuzilishi. 4.4. Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar. 4.1. Ulgurji farmatsevtik tashkilotlarining turlari, vazifalari va funksiyalari Tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga yetkazib berishda tadbirkorlik faoliyati maksadida tovarlar yoki xizmatlarni sotish va olib sotish maksadida ulgurji vositachi (tashkilotlar va alohida shaxslar)ning o‘rni katta. Ulgurji vositachilarni asosiy vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va chakana sotuvchilar (dorixonalar bilan) o‘rtasidagi uzilishni yo‘qotib, muntazam aloqalarni va markazlashtirishni ta'minlashdir. Farmatsevtik tovarlar harakati tizimining zarur sharti - ulgurji vositachi (dorixona ombori) aloqalari orqali iste'molchilarga yetkazish hisoblanadi. 1-rasm. Farmatsevtik ombor Ulgurji savdo – moddiy rusurslardan o‘z o‘rnida foydalanish uchun muhim mexanizm bo‘lib, tovar aylanmasi jarayonining barcha bosqichlarida farmatsevtika maxsulotlarini ortiqcha zahiralarini kamaytirishga va mahsulot tanqisligini bartaraf etishga yordam beradi va farmatsevtika sanoati bozorini shakllantirishda ishtirok etadi. Farmatsevtika bozorida ulgurji vositachilar quyidagi funksiyalarni bajaradi: - Marketing – bozorni kompleks taxlili, tovar siyosati va narx siyosati va boshqalarni amalga oshirish; - Axborotli – kerakli axborot bilan ta'minotchilarni va chakana tashkilotlarni ta'minlash; - Tovarlarni qabul qilish, saqlash va tovar zaxiralarini boshqarish; - Tovarni tashish; - O‘z haridorlarini kreditlash - tovarlarni iste'molchilarga kreditga berish; - Rejalashtirilmagan harajatlar xavf-xatarini qayta taqsimlash; - Tovarga egalik huquqini olgan holda ulgurji vositachilar, tovarlarning buzilishi, o‘g‘irlanishi, unga qo’yilgan narxlarning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma'lum xavf- xatardan ishlab chiqarishni xalos etadilar. Ulgurji sotuvchilar ma'lum geografik ko‘lam aholisining talablarini qondirish uchun kerakli dori vositalar assortimentini mavjudligi bilan, hamda so‘ralgan joyga qisqa muddatda talab qilingan dori vositalar miqdorini yetqazishga kafolat berishi kerak. Ishlab chiqaruvchilar faqat o‘zlari ishlab chiqargan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji savdo qilish huquqiga ega, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji savdo qilish uchun lisenziyaga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji savdo qiluvchi tashkilotlar dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan hamda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji savdo qiluvchi boshqa tashkilotlardan, shuningdek dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chet ellik ishlab chiqaruvchilardan va ulgurji savdo qiluvchi tashkilotlardan xarid qilish huquqiga ega. Chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji sotish, ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat'i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi. Ulgurji savdo qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qo‘llash maqsadida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga savdo qilish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni savdo qilishga ruxsat etiladi. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo qiluvchilar hamda tashkilotlarning qaror talablariga rioya etishlari yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Dorixona tovarlarning tarqatish tizimida ulgurji vositachilarning asosiy vakili ulgurji savdo tashkilotlari hisoblanadi. Download 291.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling