4-Mavzu. Gastranomiya turizmida boshqaruvida kadrlarni tanlash, joylashtirishni tashkil etish va xodimlarning vazifalari
Download 12.72 Kb.
|
4-Mavzu. Gastranomiya turizmida boshqaruvida kadrlarni tanlash, -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
2. Kadrlarga qо‘yiladigan talablar
Turizm biznesining ijtimoiy muammolari muhimligini tan olib, kadrlar masalasini muhim ustunliklarining trategic jihatini belgilashdan ularni amalga oshirish taktikasiga o‘tish muhim. Kadrlar menejmenti muvaffaqiyatiga turizm servisi xodimlarini o‘qitish va malaka oshirishni majmuali dasturini joriy etishda qattiq kirishib ishlash orqali erishiladi. Zero, kadrlar tayyorlashda boshqaruv quyidagi asosiy funksiyalarni o‘z ichiga oladi: -har tomonlama nazorat, tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish; -kadrlarni joy-joyiga oqilona qo‘yish, vazifalarni taqsimlash, kichik tizimlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish; -ta’limga oid axborot tizimini tashkil etish va undan foydalanishning samaradorligini ta’minlash; -sohaga doir innovatsiyalardan maksimal darajada foydalanish; -o‘quv yurtlari faoliyatini prognoz qilish va rejalashtirish, maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish va h.k. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosiy me’yoriy hujjat hisoblanib, dasturning ijrosini ta’minlash chora- tadbirlaridan biri ta’limning fan hamda ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan muhim omil bo‘lib ham xizmat qiladi. Kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilinib, oliy ta’limni boshqarish metodologiyasining asosi sifatida bir qator vazifalarni bajarib kelmoqda. Ushbu dastur doirasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribalari to‘plangan va respublikamizda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Xorijiy mamlakatlarda xodimlarni o‘rganishga bo‘lgan yondashuvlar asosida Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya va Fransiya mamlakatlarida kadrlar, ya’ni kelajakda ishlaydigan xodimlar bilan munosabatlar takomillashgan. Shuningdek, xodimlarni boshqarish uslubi va tamoyillari ishlab chiqilgan. Rivojlangan mamlakatlar tajribalaridan kelib chiqib, Gastronomik turizmsohasida kadrlarga qo‘yiladigan talablar shakllangan. Bugungi kunda ushbu talablar o‘z navbatida ijobiy va salbiy ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Mazkur talablar kadrlarning intellektual qobiliyati, so‘zlashish uslubi va kasbga doir vazifalarni bajarish qobiliyati kabi yo‘nalishlar asosida belgi va mezonlarga ajratiladi Foydalanilgan adabiyotlar 1. Аliеvа M.T. “Turistik mаmlаkаtlаr iqtisоdiyoti” dаrslik, Toshkent, TDIU 2009 yil, 146 bet. 2. Allaberganov A. A. “Turizm industriyasi” Toshkent. 2004 yil, 210 bet. 3. Kamilova F.K. “Mehmonxona va restoran xo’jaligi marketingi” o’quv qo’llanma Toshkent, 2007 yil, 97 bet. 4. Kаmilоvа F.K., Tаishеvа I.M., Sаyfutdinоv SH.S. “Turizm industriyasi”. O’quv qo’llаnmа. Tоshkеnt. TDIU 2007 yil http://fayllar.org Download 12.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling