4-Mavzu. Huquq fanlarini o‘qitishda texnologik yondashuv Reja


Download 84.56 Kb.
bet2/3
Sana26.01.2023
Hajmi84.56 Kb.
#1126668
1   2   3
Bog'liq
4mavzu

3-chizma.

Pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr nаzаriyasi
Pеdаgоgik fаоliyat qоnuniyatlаri vа mаvjud аlоqаlаrini tаsvirlаr hаmdа izоhlаr vоsitаsidа ilmiy, аsоsli bаyon etuvсhi tехnо-pеdаgоgik bilimlаrning tizimli shаklidir.


Pedagogik texnologiyalar mohiyatini anglab olish uning tarkibiy tu-zilmasi, vazifasi, nazariy tuzilmalarini ko‘rib chiqish hamda bir guruh ta-yanch tushuncha va kategoriyalarning mazmunini tushunishga imkon beradi.


ZPT nazariyasining tarkibiy tuzilmasida quyidagi unsurlar ajratib ko‘rsatiladi va tahlil etiladi:
Tarkibiy tuzilma tahlili ZPT funksiyasiga aniqlik kiritish va uning konseptual modelini qurishga oid yondashuv variantini asoslash imkoni-ni berdi. Konseptual va mantiqiy til asosi, shuningdek, ilmiy texno-pe-dagogik bilimlarning asosiy salmog‘ini ishlab chiqishda deduktiv yonda-shuv va ZPT nazariyasining konseptual asosiga aniqlik kiritish uchun esa induktiv yondashuvdan foydalaniladi.
ZPT nazariyasining konseptual asosini ishlab chiqishga alohida e’ti-bor berildi. Ushbu asos ZPT matriqasi deb ataladi.


5-chizma.

Pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr mаtrisаsi (tехnо-pеdаgоg mаtritsа)


minimаl dаrаjаdа zаrur bеlgilаr (nаzаriy аsоslаri)gа tаyanuvсhi rаng-bаrаng, sifаtli pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr mоdеlidir

3. Pedagogik texnologiyalarni qo‘llash metodlari va vositalari


Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amalga oshirishda ta’lim mazmunidan kelib chiqib o‘ziga xos usul va vositalardan foydalaniladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar metodlariga quyidagilar kiradi:


– o‘qitishning faol metodlari;
– pedagogik texnika va pedagogik ishlab chiqarish asoslari;
– ta’lim jarayonini individuallashtirish;
– ilg‘or pedagogik tizimlarni loyihalash;
– ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish;
– modulli ta’lim texnologiyalari;
– pedagogikada innovaqion jarayonlar;
– pedagogik mehnatni tashkil etishning ilmiy asoslari;
– pedagogik test va standartlar;
– o‘quvchi-talabalar va o‘quv muassasalari reytingi (shuningdek, o‘quv rejalari va dasturlari);
– ishbilarmonlik xususiy metodik lari;
– xususiy metodik madaniyati;
– xususiy metodik texnikasi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni faoliyatli tashkil etish ta’limning zamonaviy vositalari, o‘qitish vositalari, ta’lim turlarining ta’lim vositalariga muvofiqligini ta’minlashga bog‘liq.
Pedagogik ensiklopediyada izohlanishicha, ta’lim metodi – ta’lim mazmunini o‘zlashtirishni ta’minlovchi o‘qituvchi va o‘quvchi-talabaning o‘zaro aloqador ketma-ketlikda faoliyati tizimidir.
Ta’lim metodlari qo‘yilgan maqsad, o‘quv jarayoni subyektining o‘quv materialini o‘zlashtirish usullari va shakllariga bog‘liq. Ma’lumki, ta’lim metodlari ta’lim mazmuni va maqsadiga muvofiq o‘zgaradi.
O‘qitishning faol metodlariga bo‘lgan talab XIV asrda yuzaga kel-gan bo‘lsa-da, 1950-yillarda “uzluksiz ta’lim” atamasi qo‘llanilishi bilan bu talab amaliy ifodasini topdi.
Soqiologlarning ta’kidlashicha, oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari har yili 5 % bilimlarini, 15 yildan so‘ng 75 % bilimlarini yo‘qotar ekan. Shuning uchun uzluksiz ta’lim tizimiga talab kuchaydi, malaka oshirish va ta’limning faol metodlari, illustraqiyalari takomillashib borishi innovaqiya an’anasi”ning rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
Faol ta’lim metodlarining tadqiqotchilari-zamonaviy pedagoglar ko‘p qirrali ta’lim metodlarini turli asoslariga ko‘ra uch guruhda tavsif-laydi: og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlar.
Ta’lim metodlari uslublardan tarkib topadi. Ayni vaqtda pedagogi-kada quyidagi faol metod va uslublar qo‘llaniladi:
1. Mikrota’lim (o‘quv materiali bilimlarini kichik qismlarini ko‘p qir-rali ishlab chiqarishga ketma-ketlikda tatbiq etish). Pedagoglar mikrota’lim tarafdorlari ko‘p qirralikni darsning kirish qismi elementi sifatida tavsiya etadilar, ya’ni tashkiliy qism, mashq, yangi harf, grammatik qoida va boshqalar.
2. Ta’limning modul texnologiyasi: didaktik birlikka qo‘shish, ko‘-paytirish, konspektlashtirish, sana va so‘zlarni esda saqlab qolish uslub-lari, test o‘tkazish, optimallashtirish va h.k.
3. Mavzular mazmuniga muvofiq bilimlarni majmualash (birinchi dars-axborotli, ikkinchi-muammoli, uchinchi-amaliy, to‘rtinchi mustah-kamlash, test o‘tkazish.
4. Ta’limning jamoa vositalari, o‘quv matnlarini qismlarga bo‘lib o‘rganish. Bu uzluksiz tarzda o‘quv matnlarini ketma-ketlikda, uzluksiz o‘quvchi-talabalar tomonidan o‘rganish.
5. Ishbilarmonlik xususiy metodik lari (o‘qituvchi kasbiy faoliyatiga o‘xshash-lik) xususiy metodik texnikasini qo‘llash uslublari: “aqliy hujum”, “labirint”, «mu-ammolar maydoni» va boshqalar.
6. Muammoli ta’lim metodlari (yetishmaydigan bilimlar hajmini aniq-lash – muammolar tahlili – fanlararo aloqalarni aniqlash, mustaqil hal etish-ga tayyorlash).
7. Qator muammolarni hal etish uchun vaziyatli tahlil: “vaziyat-illustraqiya”, “vaziyat-baho”, “vaziyat-muammo”, “vaziyat-mashq”.
8. Pedagogik trening, tez o‘qish, tez yozish mashqi, fikrlash texni-kasi, grafalogiya, mimika va taqlid pantomimika uslublarini egallash.
9. Ta’limda ilgarilab ketish metodikasini egallash.
10. Tayanch signallarni qo‘llash metodikasini egallash.
11. O‘quv predmeti yuklamasini orttirish metodikasini o‘zlashtirish.
12. O‘quvchi-talabalar faoliyatini reyting metodi bilan baholash.
13. Pedagogik kvalimetriya (o‘quvchi-talaba)ni EHM vositasida testdan o‘tkazish.
14. Dasturli ta’limni tashkil etish.
15. O‘quv rejasidagi barcha predmetlardan audiovizual kurslar ish-lab chiqish.
16. Pedagog faoliyatini ilmiy tashkil etish.
Bugungi kunda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta’lim vositalarini bir vaqtda bir necha yo‘nalishlarda qo‘llash imkonini bermoqda: multimedia – interfaol, intellektual va boshqa texnologiyalar, bular ayniqsa gipermatnli yoki gipermedial ko‘rinishlarda ko‘proq uchraydi.
Yangi zamonaviy ta’lim vositalarini qo‘llash jarayonini tahlil etish va ta’limni zamonaviy turlarini yuzaga kelish sabablarini o‘rganish ularning o‘zaro bog‘liq holda, ya’ni zamonaviy vositalarini qo‘llash, ta’-limning zamonaviy turlaridan foydalanishni taqozo etadi. Ushbu fao-liyatni amalga oshirish mexanizmi quyidagi qonuniyatga asoslanadi:
– ijtimoiy buyurtmani shakllantirish;
– zamonaviy ta’lim vositalarini ishlab chiqish;
– uni qo‘llash texnologiyasini yaratish (ya’ni ta’lim usullari);
– ta’lim tamoyillari tizimlarini yaratish (ya’ni zamonaviy ta’lim turlariga xizmat qiladigan qoidalarni shakllantirish).
Yuqorida ta’kidlangan faoliyat pedagog-texnolog va metodistlar-ning to‘plangan dalillar va ularni tizimli tahlil qilish asosida kasbiy ma-horatni amalga oshirishiga yordam beradi1.
“Buyurtma – vosita – uslub – yondashuv – ta’lim turi” tizimida ki-noproyektor, o‘quv magnitofoni, radio va televideniye, lingafon xonasi, avtomatlashtirilgan ta’lim tizimlari, multimedia va gipermatnli ta’lim turlarining intellektual tizimi yordamida o‘zlashtiriladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan yangi paradig-ma, to‘liq interfaol ta’lim jarayonidan iborat. Har bir talaba o‘quv axbo-rotlarini uch manba: o‘qituvchi bilan, ma’lumotlar bazasi (muayyan fan bo‘yicha o‘quv doirasida), ekspert va shartli istalgan talabalar guruhi bi-lan o‘zaro faoliyati natijasida egallaydi1.
Bugungi kunda jahon miqyosida 30 ta mamlakatdagi 7000 dan ortiq universitetlar va kollejlar masofaviy ta’lim tarmoqlari orqali bog‘langan. Ayni vaqtda Amerika, Angliya va Kanada universitetlarida “uydan chiqmasdan” diplom olish mumkin.
Individuallashtirilgan ta’lim tabaqalashtirilgan, ochiq dasturli, masofa-viy, avtomatlashtirilgan, modulli va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin.
Masofaviy ta’lim ikkinchi mutaxassislik yoki uchinchi oliy ta’lim olishni xohlovchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. An’anaviy sirtqi ta’limdan farqli o‘laroq, ushbu ta’lim turida yangi shakl – kompyuter alo-qalari vositasidan (modemlar, ta’limiy videodastur, testlar va hokazolar-dan) foydalanish o‘ziga xos mazmun kasb etadi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ZPTni dars jarayonida qo‘llash uchun o‘ziga xos vositalar zarur bo‘ladi. Har bir pedagogik texnologiyada qo‘l-laniladigan vositalar umumiy o‘xshash bo‘lib, ularning turlari ko‘p. Ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajartish mumkin: verbal, nover-bal, vizual, audio, tabiiy o‘quv anjomlari hamda maktab, akademik li-qey, kasb-hunar kolleji, oliy o‘quv yurti jihozlari.
Verbal vositalarning asosini axborot tashkil qiladi. Bular so‘zlar bi-lan ifodalanadigan axborotlar bo‘lib, ularni so‘z orqali ifodalab berish uchun o‘qituvchi uni o‘zlashtirgan bo‘lishi, ya’ni shu axborot haqidagi bilimga ega bo‘lishi lozim. Boshqacha aytganda, pedagogik texnologi-yalarning verbal vositalarini o‘qituvchining bilimlari darajasidagi axbo-rotlar tashkil qiladi. Shu sababli hozirda ta’lim jarayonida faqat o‘quv-chi-talaba va o‘qituvchining ishtirok etishi yetarli bo‘lmay qoldi.
Verbal muloqot shakllari har xil bo‘lib, ularning asosiylari nutq so‘z-lash, ma’ruza, suhbatlashish, savol so‘rash, savolga javob berish, bahs, munozara, muzokara, xabar berish, kengash, maslahat, nasihat, tanbeh, tabrik, salomlashish, xayrlashish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu verbal muloqot shakllarida qo‘llaniladigan nutq intona-qiyalari so‘zlovchining fikrlaridagi uning maqsadiga muvofiq bo‘lgan ma’no-mazmunlarni chuqurlashtirish, yaqqollashtirish imkonini beradi.
O‘qituvchi o‘quvchi-talaba uchun ma’lum bo‘lgan tushunchalarga asos-langan holda yangi axborotlarni tanishtirib, tushuntirib boradi.
Bu jarayonda o‘quvchi-talabalar diqqatni jamlash, tinglash, eshitish, anglash, tushunish, idrok qilish, mantiqiy fikrlash (tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish) xotirada saqlash, qayta eslash faoliyatlari bilan band bo‘-ladilar. Bunda o‘quvchi-talabaning qiziqishi, havasi, ehtiyoji, manfaatdor-ligi, qobiliyat, iste’dod, iqtidori uning muvaffaqiyati asosi bo‘ladi.
Ko‘rgazmali vositalarning zamonaviy pedagogik texnologiyalarda qo‘llanilishi o‘quvchi-talabalarga o‘rgatish kerak bo‘lgan axborotga te-gishli mazmunni turli shakl va usullarda ko‘rsatish orqali tez, aniq va to‘g‘ri tushuntirish imkonini beradi. Buni quyidagi shakl ko‘rinishida ifodalash mumkin.

Download 84.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling