4-Mavzu. Huquq fanlarini o‘qitishda texnologik yondashuv Reja
Download 84.56 Kb.
|
4mavzu
3-shakl.
Bu jarayonda o‘quvchi-talabaning faoliyati diqqatni jamlash, ko‘rish, kuzatish, tasavvur qilish, fikrlash (tahlil, qiyos, umumlashtirish), idrok etish, xotirada saqlash va shu kabilardan iborat bo‘ladi. Audio vositalar eshitish orqali axborotni o‘rganish, o‘zlashtirish im-koniyatini beruvchi magnitofon tasmasi, turli disklar, bundan tashqari musiqa asboblarining ovozi va boshqa tabiiy ovozlar bo‘lishi mumkin. Hozirda ko‘proq audiovizual vositalar, ya’ni bir vaqtning o‘zida eshi-tish va ko‘rishga xizmat qiluvchi vositalar: kino va boshqa ovozli video tasvirlardan foydalaniladi. Bu pedagogik vositalardan samarali foydalanish uchun o‘quvchi-ta-labaning qobiliyati, imkoniyati, xususiyatlari hisobga olinishi maqsadga muvofiq. Ma’lumki, o‘quvchi-talabalar psixologik jihatdan tashqari ax-borotni ko‘proq ko‘rish yoki eshitish, shuningdek, boshqa sezgi a’zolari yoki harakatlar orqali yaxshiroq eslab qolib o‘zlashtiruvchilar toifalariga ajratiladi. Bu toifalar quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: Ko‘rish orqali xotirada saqlovchilar – matn, sxema, diagramma, jad-vallarni yaxshi eslab qoladilar, xotiralarida saqlaydilar va qayta tiklay oladilar. 4. Pedagogik texnologiyalar metodlarini tanlash mezonlari Ta’lim samaradorligiga erishish ko‘p jihatdan o‘quv jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirishga bog‘liq. O‘quv jarayonini loyihalashtirishda unga yaxlit tizim, ta’lim texnologiyasi ele-mentlariga aniq mezonlar sifatida qarash bilan bir qatorda ularni aniq me-zonlar asosida tanlash muhim o‘rin tutadi. Ta’lim metodlarini tanlashda asosan ta’lim maqsadi, tahsil oluvchi-lar soni, tahsil oluvchilarning o‘quv imkoniyatlari, ta’limning davomiy-ligi, o‘quv-moddiy sharoitlari va o‘qituvchining mahoratlari inobatga olinadi. Ta’limning maqsadi-tahsil oluvchilarda muayyan fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka va shaxs sifatlarini shakllantirishdan iborat. Ta’lim berish jarayonida ta’lim maqsadini amalga oshirishda turli metodlarni qo‘llash lozim bo‘ladi. Demak, ta’lim metodlarini tanlashda eng asosiy omil sifatida o‘quv mashg‘ulotlarining didaktik vazifasi ino-batga olinadi. 4-shakl.
Ta’lim metodlarini tanlashning ikkinchi mezoni dars jarayonidagi tahsil oluvchilar sonini hisobga olishdir. Agar ularning soni ko‘pchilikni tashkil etmasa, u holda faol o‘qitish metodlaridan foydalanib, o‘qitishni jadal sur’atlarda olib borish mumkin bo‘ladi. Agarda ko‘p bo‘lsa, ular-ning har biriga e’tibor berish uchun vaqt yetishmasligi natijasida tahsil oluvchilarni boshqarish murakkablashadi. Bunda o‘quv materialini ba-yon qilishda ko‘proq og‘zaki usullardan ya’ni: ma’ruza, hikoya, tushun-tirishlardan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quvchi-talabalarni o‘quv imkoniyatlari – bunda tahsil oluvchilarning yoshi, darslarga tayyorgarlik darajasi, jamoadagi o‘zaro munosabatlar, o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatlarini e’tiborga olish mumkin. Tahsil oluvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatlarini quyidagi darajalarga bo‘lamiz: birinchi daraja – o‘quvchi-talaba berilgan vazifani bajarish ketma-ketligini to‘liq tushunadi, vazifani bajarishda qoidalarga rioya qiladi va uni oxirigacha to‘liq saqlaydi. Diqqat bilan vazifalarni aniq bajaradi, bajargan ishini nazorat qila oladi, agar xatoga yo‘l qo‘ysa, uni sezib, bartaraf etadi, vazifani topshirishga shoshilmaydi hamda uni to‘g‘ri, sifatli bajarilganini yana bir bor nazoratdan o‘tkazadi; ikkinchi daraja – o‘quvchi-talaba berilgan vazifani bajarish ket-ma-ketligini to‘g‘ri tushunadi, vazifani bajarish qoidalariga rioya qiladi va uni ish oxirigacha esda saqlaydi. Ish jarayonida ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yishi mumkin, lekin uni sezmaydi va tuzatmaydi. Bajargan ishni tekshirish paytida ham xatolarni sezmaydi. Demak, tahsil oluvchi yaxshi baho olishga intilgan bilan bajargan ishining sifati uni qiziqtirmaydi. uchinchi daraja – o‘quvchi-talaba berilgan vazifani bajarish ket-ma-ketligi davomida faqatgina uning bir qismini tushunadi, lekin mash-g‘ulot yakunigacha esda saqlab qolmasligi mumkin. Vazifani bajarayot-ganda faqat e’tiborsizlik tufayli emas, balki vazifani bajarish ketma-ket-ligini eslab qolmaganligi natijasida xatolarga yo‘l qo‘yadi. Odatda, u xa-tolarni sezmaydi va ish jarayonida tuzatmaydi, vazifani tekshirayotgani-da ham sezmaydi. Demak, tahsil oluvchi berilgan vazifani sifatli bajarish-ga harakat qilmaydi hamda olingan natijalarga sovuqqonlik bilan qaraydi. to‘rtinchi daraja – o‘quvchi-talaba vazifani bir qismini tushuna-di, lekin shu zahotiyoq uni esdan chiqaradi, o‘z xatolarini sezmaydi, ular-ni tuzatmaydi, vazifani to‘g‘ri bajarilganligini nazorat qilmaydi, natijada bajarilgan ish sifatiga befarq bo‘ladi. beshinchi daraja – o‘quvchi-talaba berilgan vazifani bajarish ket-ma-ketligini to‘la tushunmaydi, faqatgina qalam bilan qog‘ozdan foyda-lanish kerakligini anglab oladi. Ta’limning davomiyligi ham metodlarni tanlashga ta’sir etadi. Bunda: – darsga ajratilgan; – vazifani bajarishga sarflanadigan ta’lim metodlarini amalga oshi-rish uchun sarflanadigan vaqtlarni hisobga olish zarur. O‘quv-moddiy sharoitlari: bunda mavjud shart-sharoitlarga asosla-nish zarur. Ba’zi metodlarni qo‘llashda alohida sharoitlar talab qilinmaydi. Masa-lan: kompyuter, maxsus kompyuter dasturlari, magnit doskasi, maxsus jihozlangan xona va h.k. Agar siz, maxsus o‘quv-moddiy sharoitlar talab qiladigan metodlardan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, ularni ta’minlashin-giz kerak bo‘ladi. Agar bilimlar faqat ma’ruzalar orqali (passiv tinglash yo‘lida) berilgan bo‘lsa, unda 3 kundan so‘ng ularning faqat 25% ini eslash mumkin, xolos. Agar ma’ruzalar tinglash, namoyish qilish va ko‘rgazmali vositalar, ya’ni ko‘rish orqali berilsa va shu to‘g‘risida bahs-munozara yuritilganda, 3 kun-dan so‘ng berilgan bilimlar hajmining 75% ini eslashi mumkin. Agar bilimlarni idrok qilishda bir necha sensorik kanallar birgalikda ishga solingan bo‘lsa, ma’lumotlarni qisqa xotiradan uzoq xotiraga o‘tish jarayoni tezlashadi, bu esa bilishning asosini tashkil etadi. Tahsil oluvchilarning o‘zlashtirish darajasiga o‘qitish metodlari-ning ta’sir darajasi: 1. Ma’ruza eshitish orqali – 5% 2. O‘qish orqali – 10% 3. Videousul, namoyish-ko‘rish orqali – 20% 4. Tajribani namoyish qilish orqali – 30% 5. Bahs-munozara, muhokama qilish orqali – 40% 6. Mashqlar, o‘qish, yozish, gapirish orqali – 50% 7. Ishbop xususiy metodik , kichik guruhlarda ishlash, loyihalash – mustaqil o‘qish, tahlil va muhokama qilish, himoya va namoyish orqali – 75% 11 Qаrаng: Селавко Г.К. Современные образователные технологии – M.: «Народное образование» 1978, с.13; 11 Sаidаhmеdоv N., Mirzаjоnоvа F. Pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrning ilmiy аsоslаri// Tа’lim vа tаrbiya, 2003 – yil 1-2 sоnlаri, 13-15 bеtlаr; Pеdаgоgik tехnоlоgiya . 22 Аристанов М.Ж., Пидкасистий П.И., Хайдаров Ж.С. Проблемы моделного обучения: вопросы теории и технологии. – Алма-ата, Mектеп, 1980, с. 208. 33 Буга П., Карпов Б. Технологии обучения в высшей школе // Вестник высщей школы. 1992 г. № 11, с. 15-17 11 Зеер E.Ф. Личностно-ориентированное профессионалное образование. Учебное посо-бие. Екатеринбург, Из-во УГППУ, 1998, с.51 11 Ishmаtоv K. Pеdаgоgik tехnоlоgiyaning nаzаriy аsоslаri.// Tа’lim muаmmоlаri. 1999, 1-2 sоnlаri 54-57- bеtlаr. 11 Qаrаng: Tоlipоv O‘.Q., Usmоnbоyevа M. Pеdаgоgikaning tаtbiqiy аsоslаri. – T.:Fаn, 2006, 26-27 bеtlаr. 11 Qаrаng: Tоlipоv O‘.Q., Usmаnbаyеvа M. Pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrning tаtbiqiy аsоslаri. – T.: 2006, 82-bеt. 11 Qаrаng: Tоlipоv O‘.Q., Usmаnbаyеvа M. Pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrning tаtbiqiy аsоslаri. –T.: 2006, 84-85-bеtlаr Download 84.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling