4-mavzu: idoraviy yozma nutq shakllari reja: Hujjatlarga qo


)Umumiy blanka 2) Xat blankasi


Download 24.54 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi24.54 Kb.
#223923
1   2   3
Bog'liq
4-MAVZU Idoraviy yozma nutq shakllari

1)Umumiy blanka 2) Xat blankasi.

Umumiy blanka-bosma ish qog‘ozining farqi shundaki, unda “tashkilot nomi”dan keyin aloqa bo‘linmasining ko‘rsatgichi, pochta va telegraf manzili, faks, telefon raqami, bankdagi hisob raqami bo‘lmaydi.

Rasmiy xizmat blanklari-firma (firmenniy) blankasi deb yuritiladi, chunki ayrim, masalan, dalolatnoma, ma’lumotnoma, ishonchnoma hujjatlari kseriya nusxa qilinib, ish yuritishda ishlatiladi, bular ham ish qog‘ozlari hisoblanadi.

Hujjat matnlari mazmunan lo‘nda, ixcham bayon qilingan, asosan, sodda gap tuzilishiga ega bo‘lishi talab qilinadi. Matnlar asosan, ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qism asoslash, keyingisi esa xulosa qismlari.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli tomonlarini rivojlantirishda tijorat yozishmalari ahamiyatli o'rin tutadi. Bunda bitim, shartnoma tuzish va bajarish bilan bog‘liq masalalar ifodalanadi.

Tijorat yozishmalarining shakli aslida 150 yil avval Angliyada paydo bo'lgan va u ish yuritishda keng ommalashib ketgan.

Tijorat yozishmalarida shartnomasimon hujjatlar qo'llaniladi. So'rovnoma, oferta (taklif xat), buyurtma xat, aksent (rozilik xati), bank hujjatlari (schet, faktura, avizo) ham shu tijorat xatlariga kiradi.

Tijorat xatlari vazifasiga ko'ra: 1) so'rovga javob; 2) oferta-taklifga javob turlariga bo'linadi. Shuningdek, da'vo (reklamatsiya) ga javob shakli ham uchraydi.

So'rov xatida tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat etilishi yoki umuman tovar haqida ma'lumot berilishi so'raladi. Oferta (taklif) da oldi-sotdi shartnomasi tuzish uchun rozilik bildirganda yoziladigan hujjat. Oferta shartlariga rozi bo'linsa, bitim tuzilgan hisoblanadi. Taklifning biror sharti to‘g‘ri kelmasa, yozishma davom etadi.

Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. Bu uslub muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubidir.

Bu uslub, shuningdek, davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladí.

Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi - axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi.

Rasmiy uslubga xos har qaysi hujjat turining o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo‘ysunadi.


Download 24.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling