4-Mavzu. Ijtimoiy ish tizimi


Jadval 3 Ijtimoiy ishning sub’ekti va ob’ektlari


Download 19.72 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi19.72 Kb.
#202335
1   2   3
Bog'liq
4-maruza

Jadval 3

Ijtimoiy ishning sub’ekti va ob’ektlari

Ijtimoiy ish darajasi

Sub'ektlar

Ob'ektlar

Mikro daraja

Barcha darajadagi ijtimoiy xodimlar, ko‘ngillilar, homiylar, o‘qituvchilar va ijtimoiy ish tadqiqotchilari, ijtimoiy ish mijozlari

Ijtimoiy muammoga ega insonlar, idtimoiy ish mijozlari

Mezo daraja

Turli turdagi ijtimoiy ish, jamoat va xayriya tashkilotlari

Yordam va ko‘makka muhtoj ijtimoiy guruhlar

Makro daraja

Davlat, jamiyat, ijtimoiy ishni boshqaruv organlari, korxona va tashkilotlar ma'muriyati

Jamiyat

Mezonlarga ko‘ra ob'eklar yetim bolalar, e'tiborsiz va nazoratsiz bolalar, yolg‘iz kam ta'minlangan keksalar guruhlariga ajratiladi.



Xatar - bu muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik bo‘lishining ehtimolidir. Xatar muhiti qaror qabul qilishda noaniqlik va muqobillikdir.

«Xatar guruhlari» - barqaror ijtimoiy holatda bo‘lmagan shaxslar bo‘lib, ular ham xatar ob'ekti ham sub'ekti bo‘ladi. Ular hayotiy qiyin holatlardan eng katta imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Guruhli xatarlarga ko‘p bolali, yosh va to‘liq bo‘lmagan oilalar ham kiradi. Ijtimoiy ish oldidagi vazifa hayot faoliyatining me'yoriy sharoitlari yo‘qolishi yoki yomonlashishini oldini olish muammosi turadi.



  1. Ijtimoiy xizmat mijozi tushunchasi ijtimoiy xizmat ob'ekti tushunchasiga sinonim sifatida ko‘riladi. Ammo mijoz tushunchasi tor ma'noga ega.

Mijoz deganda ijtimoiy ishni o‘zining muammosini hal qilish uchun murojatat qilgan va bu yordamni oluvchi individ yoki insonlar guruhi tushuniladi.

Bu vazifalarni amalga oshirish bosh maqsad- jamiyatning rivojlanishini faollashtirish va uning hayot faoliyati modelini yaxshilashgan qaratilgan.

Ijtimoiy ishning usullarini amalga oshirishning asosiy tamoyillari quyidagilar: xizmatlar mavjudligi; iste'molchilar bilan faol hamkorlik va yordam xizmati; multisetoral yondashuv; va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish; byudjet markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga o‘tkazish nazorat qilish; harakat. Ijtimoiy ish uslublarini amalga oshirish shakllari turlicha va ijtimoiy xizmatlarning yevropa modellarida keng tavsiflangan (shvetsiyada ijtimoiy rejalashtirish, Buyuk Britaniyada turar joy assotsiatsiyalarini yaratish).

Mazkur uslubni amalga oshirish uchun ijtimoiy xodim keng turdagi vazifalarni bajaradi: advokat, broker, ekspert, ijtimoiy yo‘naltiruvchi, bu o‘z navbatida keng amaliy va nazariy tayyorgarlikni talab qiladi. ijtimoiy tadqiqotlarni va xizmatning ijtimoiy-psixologik uslublarini o‘tkazish va tashkil qilish ayniqsa, dolzarbdir. Muammoni hal qilish tez-tez shifokor, huquqshunos, ruhshunos va boshqa mutaxassislarning aralashuvini talab qiladi.



Shaxs axloqiga ta'sir ko‘rsatuvchi omillar o‘zaro aloqasi ijtimoiy ish uslublarining barcha guruhlaridan majmuaviy foydalanishni talab qilib, ayniqsa ko‘pgina uslublar amaliy yo‘lni bosib o‘tgan va bir vaqtda bir modeldan ikkinchi modelni qo‘llashni talab qiladi.
Download 19.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling