4-mavzu: Ijtimoiylashuv – ijtimoiy-pedagogik jarayon Reja
Download 42.77 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksiztensial bosim mexanizmi
- Refleksiya mexanizmi
- Mustaqil ta’lim topshiriqlari Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Empatiya mexanizmi boshqa odamning hissiy qolatiga hamdard boʻlish. Bu mexanizm hissiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega.
I ntellektuallash uv mexanizmida katta yoshdagi tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yoʻlini oʻzi uchun emas, goʻyoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga oʻtish, institutga kirish) duchor boʻlganda namoyon boʻladi. Harakatlarii bekor qilish mexanizmi fikr, xissiyot, harakatlarni susaytirish uchun qoʻllaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim soʻraganida, uning xatolarining kechirilishi va sof vijdon bilan faoliyatini davom ettirishiga ishonadi. Koʻpchilik shu tarzda komillikka erishadi. I. V. Mudrikning fikricha, psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Imprinting (xotirada saqlab qolish) — insonning unga taʼsir qiladigan hayotiy muhim obʼektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm, odatda, goʻdaklik davrida koʻp qoʻllaniladi. Biroq keyingi yosh davrlarida ham imprintingni kuzatish im iz mumkin. Eksiztensial bosim mexanizmi — tilni oʻzlashtirish va oʻzaro munosabatga kirishganda kerak boʻladigan ijtimoiy xulqatvor meʼyorlariga anglamagan holda ega boʻlish. Tavdvd — biror-bir “namuna”ga oʻxshash uchun harakat qilish. Bu holat insonning ijtimoiy tajriba tuplashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yoʻllaridan biridir. Refleksiya mexanizmi — ichki suhbat. Unda inson jamiyatning turli institutlari, oila, tengdoshlar jamoasi, obroʻ-eʼtiborli shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni koʻrib chiqadi yoki inkor etadi. Refleksiya insonning turli “Men” obrazlari orasidagi real va xayoliy shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning shakllanishi roʻy beradi. Bundan tashqari, ijtimoiylashuvning ijtimoiy pedagogik mexanizmlariga anʼanaviy va institutsional mexanizmlari ham kiritsa buladi: Anʼanaviy mexanizm inson tomonidan oila, atrof-mu\it, qoʻshnilar, oʻrtok^ariga xos meʼyor, qarash steriotiplarini oʻzlashtirishni koʻzda tutadi. Bu oʻzlashtirish ongsiz ravishda amalga oshirilib, taassurotlar yordamida sodir buladi. Institutsional mexanizm insonning jamiyat institutlari va turli tashkilotlar bilan oʻzaro munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim va tajribalarni tuplashi mumkin. Mustaqil ta’lim topshiriqlari Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2006 2. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T..: O‘qituvchi 2016y 3. Xasanboyeva O.U. va bosh. . Maktabgacha taʼlim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo.2006 5.Л.М. Мардахаев. Социональная педагогика Москва, “Просвещение”,2006 6. Ф.А.Мустафаева, Социональная педагогика Москва, “Просвещение”,2003 7.А.В. Мудрик. Социональная педагогика Москва, “Просвещение”,2005 Download 42.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling