Yer egaligi munosabatlarining shakllanishi. Eftaliylar davlati
Milodiy IV-V asrdan O’rta Osiyo hududida yerga egalik munosabatlari, ya’ni feodal
ishlab chiqarish munosabatlari qaror topa boshladi. Bu davrdan yerga bo’lgan munosabat o’zgarib
bordi. Yangi yerlar o’zlashtirildi. Bu yerlarning asosiy qismi ma’lum bir kishilar – zodagonlar
qo’lida to’planib bordi. Bu yirik yer egalari ziroatkor dehqonlar ustidan hukmronlik o’rnata
bordilar. Bu mulkdorlar ilk o’rta asrlarda “ dehqon”, ya’ni “qishloq hokimi” nomi bilan shuhrat
topgan. Ularga qaram kishilar “kadivarlar”, ya’ni “ qishloq qo’rg’onida yashovchilar” deb atalgan.
Ilk o’rta asrlarda kadivarlar ( asosan, yersiz va yerga muhtoj qishloq mehnatkashlari ) O’rta
Osiyodagi asosiy ijyimoiy tabaqa hisoblangan.
O’rta osiyoda dehqon Rusiyadagi singari mulkdor feodal yer egasiga emas, balki yerga
bog’lanib qolgan edi. Tekin ishlab berish ( barshchina) bu yerda iqtisodiy jihatdan foydali
bo’lmaganligidan sug’oriladigan dehqonchilik hukmron bo’lgan butun O’rta Osiyo hududida
renta-soliq turi muhim ahamiyat kasb etgan. Renta solig’ini ma’lum hududdagi jamoaga uyushgan
erkin dehqonlar to’laganlar. Bu erkin ziroatkorlar, ya’ni oddiy mehnatkash aholi - “ kashovarzlar”
deb atalganlar.
O’rta osiyo hududida yerga egalik munosabatlarining shakllanish jarayonida milodiy V asr
o’rtalariga kelib, bu yerda yangi bir qudratli davlat – Eftaliylar (eftalitlar ) davlati vujudga keldi.
Uning bhududdi hozirgi Afg’onistonning katta qismi, O’rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning
MUАMMОLI SАVОL: Eftаlitlаr dаvlаtining o’zbеk dаvlаtchiligi tаrаqqiyotidа tutgаn
Do'stlaringiz bilan baham: |