4-mavzu. Ilk o‘rta asrlarda o‘zbek davlatchiligi: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayot (2 soat)


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#209918
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-maruza

badaviylar deb 

yuritilgan.  Vohalardagi  aholi  dehqonchilik  bilan  shug‘ullangan.  Dengiz  bo‘ylari,  vohalarda, 

shaharlar qad rostlagan bo‘lib, ularda asosan savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan kun ko‘radigan 

aholi yashar edi. 

VI  asrning  ikkinchi  yarmi,  VII  asrning  birinchi  yarmidagi  arab  ijtimoiy  hayoti  juda 

murakkab  va  rang-barang  edi.  Unda  urug‘-aymoqchilik  munosabatlari  endigina  kurtak  ochib 

kelayotgan feodal munosabatlar bilan chatishib ketgan edi. Asosiy savdo yo‘llarining bu hududdan 

o‘tishidan  arab  zodagon-savdo  ahli  juda  manfaatdor  edi.  Lekin  mamlakatda  bu  paytda  siyosiy 

parokandalik hukm  surar edi.  O‘zaro qabilaviy urushlar natijasida dehqonchilik  va savdo-sotiq 

ishlariga  katta  zarar  etkazilar,  xonavayronlik  avj  olgan  edi.  Bu  holat  arab  aslzoda  guruhlari, 

zodagonlari  manfaatiga  zid  bo‘lib,  mamlakat  iqtisodiy  yo‘nalishida  yuqoridagi  salbiy  holatlar 

katta  zarar  etkazar  edi.  Yuqoridagi  vaziyat  ham  turli  tabaqa,  toifa  kishilarining  o‘zaro 

hamjihatlikka yagona, kuchli davlat atrofiga birlashishga chaqirar edi. Aholi ichida ko‘p xudolik-

butparastlik  urf  edi  (xususan  Ka’bada  360  ta  but  bo‘lib,  ularning  eng  yiriklari  Hubal  va  Lut 

bo‘lgan). 

Shunday vaziyatda Islom to‘g‘ri va haq yo‘lni ko‘rsatuvchi din sifatida yuzaga keldi. Islom-

bu Alloh yagona deb e’tirof etib, unga bo‘ysunmoqlik va butun qalbi bilan unga ixlos qilmoqlik 

va  Alloh  buyurgan  diniy  e’tiqodga  iymon  keltirmoqlik  demakdir.  Islom  «itoat»,  «bo‘ysunish» 

ma’nolarini bildiradi. Bu dinning asoschisi Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) (570-632) makkalik 

Abdullohning o‘g‘li bo‘lgan. Uning bobosi Abumutallib quraysh qabilasining boshlig‘i bo‘lgan. 

Muhammad payg‘ambarning ta’limotiga ergashganlarni «muslim», ya’ni «itoatkorlar» deb 

yuritganlar.  O‘z  payg‘ambarlik  faoliyatini  Muhammad  Makkada  boshlagan.  Makka  Arabiston 

yarim  orolining  g‘arbiy  qismidagi  Hijoz  viloyatida  joylashgan  shahar  bo‘lib,  bu  erda  Ka’ba 




joylashgan  edi.  Diniy  ta’limotga  ko‘ra  Ka’bani  Odam  Ato  barpo  qilgan  bo‘lib,  uni  Ibrohim 

payg‘ambar  o‘z  o‘g‘li  Ismoil  bilan  birga  qayta  qurgan  va  birinchi  Haj  safarini  uyushtirgan. 

Ka’baning  ichida  muqaddas  tosh  «Hajar-ul-asvod»  o‘rnatilgan.  Har  yili  bu  muqaddas  joyga 

millionlab musulmonlar ziyoratga keladilar. 

Muhammad payg‘ambar muslim (musulmon)larning yagona Alloh oldida teng ekanliklarini, 

Yaratganning o‘zi rizq-ro‘z ulashishini, jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi jazo muqarrar va har bir 

kishi  bu  dunyodagi  ishlariga  ko‘ra  taqdirlanishi,  inson  Yaratgan,  yolg‘iz  Allohgagina  e’tiqod 

qilishini targ‘ib qiladi. Bu ta’limot aholining barcha qatlamlari manfaatlariga mos bo‘lib, tez orada 

birinchi  navbatda  shahar  ahli  ichida  tarqala  boshlaydi.  Lekin  yangi  din  tarafdorlarining  ahvoli 

ularning e’tiqodlariga ko‘ra og‘irlashib borgandan so‘ng bir qism musulmon aholi Habashistonga, 

ba’zilari shimolga qarab ketishga majbur bo‘ldilar. Muhammad ham o‘ziga qarshi turgan quraysh 

qabilasi  a’zolarining  ta’qibi  kuchayib  ketgan  622-  yil  16-  iyulda  (ba’zi  adabiyotlarda  15-  iyul 

deyiladi) o‘zining eng yaqin do‘sti va safdoshi Abu Bakr bilan Makkadan Madinaga ko‘chishga 

majbur bo‘ladi. Bu arab tilida «hijrat» deb atalib, shu kundan boshlab musulmon olamida qabul 

qilingan  hijriy  yil  boshlanadi.  (Hijriy  yil  hisobi  2  xil  bo‘ladi:  hijriy-qamariy,  ya’ni  oy  hisobi 

bo‘yicha va hijriy-shamsiy, quyosh hisobi bo‘yicha). 

Madinada  Muhammad  o‘z  ta’limotini  davom  ettiradi.  Madinada  shuhrat  qozongan 

makkaliklar  butparastlik  g‘oyalariga  qarshi  ham  harbiy,  ham  siyosiy  zarba  bera  boshlaydilar. 

Muhammad  (s.a.v.)  payg‘ambar  vafot  etgach  (632-  y),  ketma-ket  «Xulofoiy  rashoddin»  (haq 

yo‘ldan borgan sahih xalifalar) nomlarini olgan Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar (661- yilgacha) 

payg‘ambar  siyosatini  davom  ettirib,  Arabiston  yarim  orolida  markazlashgan-Arab  xalifaligi 

davlatiga asos soladilar. O‘zaro qabilalar birlashuvi, dini islomning yoyilishida ilohiy muqaddas 

kitob Qur’onning o‘rni nihoyatda katta bo‘ldi. 

VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Xalifalik kengaya borib o‘z chegaralarini g‘arb va 

sharq tomon kengaytirishga harakat qildi. Yaqin va O‘rta Sharqning boy viloyatlari qo‘lga olinib, 

nihoyatda uyushgan va jangovar arab qo‘shini shiddat bilan harakatlarini boshlab yuborgan edi. 

Bir  vaqtning  o‘zida  arablar  o‘z  yurishlarini  Vizantiya  va  Eronga  qarshi  olib  bordilar. 

Sosoniylarning  so‘nggi  vakili  Eron  shohi  Yozdigard  III  (632-651)  arablarga  qarshi  turishga 

harakat  qildi.  Lekin  Kadisiya  (636-  y.)  va  Nahavand  (642-  y.)dagi  janglarda  arablar  qo‘shini 

forslarga  qaqshatqich  zarba  berib  Sosoniylar  sulolasiga  barham  berdilar.  Vizantiyaga  qarshi 

qilingan  harbiy  harakatlar  natijasida  Falastin,  Misr,  Suriya,  Iroq  egallandi.  Xalifa  Umar  ibn  al-

Xattob (634-644) davrida ilk bora arab istilochilari Xuroson chegaralarida paydo bo‘lgan edi. 643-

644-  yillarda  arab  sarkardasi  Abdulloh  ibn  Varqa  Kirmonni  egallab  Xurosonning  janubdagi 

darvozalari hisoblangan Tabas va Qureynga yurish qiladi. Bu erning aholisi o‘z zimmasiga yiliga 

60000 dirham soliq to‘lash majburiyatini oladilar. 



Arablarning keyingi  harbiy  harakatlari 650-651- yillarga  to‘g‘ri keladi. Shu yillarda Basra 

noibi  ibn  Kurayza  Xuroson  bilan  chegaradosh  erlarga  yurish  qiladi.  651-  yilda  Marv  shahri 

egallandi. Marv marzaboni (hokimi) Abraz (Baraz) sarkarda ibn Amirga 2 mln. 200 ming kumush 

dirham evaziga tinchlik bilan shaharni topshiradi 

Arablar  Amudaryodan  (Jayxun)  shimolda  joylashgan  erlarga  «Movarounnahr»,  ya’ni, 

«daryoning  narigi  tomonidagi  erlar»  deb  nom  berishadi.  Hozirgi  Afg‘onistonning  shimoli, 

Eronning  shimoli-sharqiy  qismi  hamda  Janubiy  Turkmanistondan  to  Amudaryogacha  bo‘lgan 

hududlar  esa  Xuroson  deb  yuritilgan.  Avval  boshda  Xurosonning  markaziy  shahri  Marv, 

keyinchalik Hirot shahri bo‘lgan.  

Arablarning Movarounnahrga qarshi harbiy yurishlari o‘z maqsad va rejalari bilan 2 davrga 

bo‘linadi. Birinchi davrda xalifalik istilo etishni emas, balki harbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rish, 

mahalliy  hukmdorlar  kuch-qudratini  sinab  ko‘rish,  mavjud  geografik,  harbiy,  iqtisodiy,  siyosiy 

joylashuvini o‘rganish, kichik yurishlar orqali katta o‘ljalar orttirish rejasini amalga oshiradi. 

651-  yili  noib  Abdulloh  ibn  Amir  hukmronligi  davrida  arablar  Xurosondagi  Nishopur, 

Obinahr,  Tus,  Jom,  Obivard  va  boshqa  katta-kichik  qo‘rg‘on  shaharlarni  egalladilar.  Faqatgina 

651 - yilning o‘zida Xuroson noibi ibn Amir yangi egallangan erlardan xalifa xazinasiga 6 mln. 

200  ming  dirham  to‘plagan  soliqlarni  yuboradi.  Balx  yaqinidagi  hal  qiluvchi  jangda  (652-  y.) 

arablar Balx shahrini egallashadi. O‘sha yili Amudaryodan o‘tib Movarounnahrga hujum qilish 

rejasi  arablar  uchun  muvaffaqiyatsiz  tugaydi.  Lekin  shu  bilan  birga,  har  holda  Xuroson  noibi 

Abdulloh ibn Amir 652- yil boshida Chag‘oniyonni egallashga muvaffaq bo‘ladi. Bu esa ilk bor 

Movarounnahr erlarini egallash edi. 654- yili Sug‘ddagi Maymurg‘ qal’asiga arablarning birinchi 

hujumi bo‘ladi. 

657- yili Chag‘oniyonga arablar qayta yurish qilib eftalitlarga qarshi qat’iy zarba berdilar. 

Arablar  keng  miqyosdagi  hujumlarga  tayyorgarlik  ko‘ra  boshlagan  edilar.  Xalifalik  ichidagi 

o‘zaro  hokimiyat  uchun  ichki  nizolarning  kuchayishi  natijasida  arablarning  Movarounnahr 

erlariga hujumlari bir oz to‘xtab qoladi. Hatto 658-659- yillarda noib Xulayd Nishopur va Marv 

aholisidan arzimas soliqlar olish xususida shartnoma imzolab, bosib olingan Xuroson erlaridagi 

nazoratni ancha susaytiradi. 661- yili hokimiyat boshiga yangi Ummaviylar (661-750) sulolasining 

kelishi  harbiy  harakatlarning  faollashuviga  sabab  bo‘ladi.  665-  yili  xalifa  Muoviya  (661-680) 

Ziyod ibn Abu Sufyonni Basra, Seyiston va Xuroson noibi etib tayinlaydi. Xalifa unga jadal harbiy 

harakatlar qilish topshirig‘ini bergan edi. 

Narshaxiyning yozishicha, 673- yilning kuzida xalifa Muoviyaning farmoni bilan Xuroson 

noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o‘tib Buxoro viloyatiga bosib kiradi, Poykand 

va Romitonni egallab, Buxoro shahrini qamal qiladi. Yordamga kelgan turkiylar buxoroliklar bilan 

bir qator turib arablarga qarshi jangda qatnashadilar. Bu jangda arablar g‘olib keladilar. O‘sha yili 



arablarning  ar-Rabiy  boshchiligidagi  harbiy  otryadi  Amul,  Zemm  va  Xo‘jand  atroflarigacha 

bo‘lgan erlarga hujum qilib, katta o‘lja bilan orqaga qaytishgan edi. 676- yili Xurosonning yangi 

noibi Sayid ibn Usmonning Buxoro va Samarqandga yurishida Muhammad payg‘ambarning jiyani 

Qusam ibn Abbos ibn Abdul-Mutallib ishtirok etadi. Samarqand yonidagi janglardan birida halok 

bo‘lib, so‘ng keyinchalik Shohi Zinda (tirik shoh) nomini olgan qabristonga dafn etiladi. 

Sayid ibn Usmonga qarshi Buxoro malikasi Xo‘takxotun So‘g‘d, Kesh, Nasafdan yordamga 

kelgan 120000 kishilik harbiy qo‘shin bilan peshvoz chiqadi. Lekin so‘g‘dliklar jang maydonini 

tashlab chiqib ketganlaridan so‘ng malika kattagina boj (300000 dirham) to‘laydi. 

Sayid  ibn  Usmon  Buxorodan  Samarqandga  yo‘l  oladi.  Samarqand  1  oy  davomida  qamal 

qilinadi. So‘g‘dliklar jasorat bilan qarshilik ko‘rsatadilar. Sayid ibn Usmon so‘g‘dliklar bilan sulh 

tuzishga  majbur  bo‘ladi.  U  Samarqanddan  30000  kishini  asirga  olib,  orqaga  qaytadi  va  yo‘l-

yo‘lakay Termiz shahrini ham istilo etadi. 

Xalifa Yazidning vafotidan (683- y.) so‘ng toju-taxt uchun kurash boshlanib ketadi. Bunday 

vaziyatda arablar yana Movarounnahrga hujum qilishdan deyarli to‘xtab, o‘z ichki nizolari bilan 

band bo‘lib qoladilar. 

Xalifa  Abdulmalik  ibn  Marvon  (685-705)  davrida  ichki  nizolarga  chek  qo‘yilgandan 

so‘nggina arab siyosiy arboblari va zodagonlari Movarounnahrga haqiqiy yurish qilish vaqti keldi 

deb  topdilar.  Yangi  tayin  etilgan  Xuroson  noibi  Qutayba  ibn  Muslimga  Iroq  noibi  al-Hajjoj 

Movarounnahrni  butkul  egallashni  va  qat’iyat  bilan  harakat  qilishni  topshiradi.  Arab 

bosqinchiligining ikkinchi davri, ya’ni, Movarounnahr erlarini xalifalikka butunlay qo‘shib olish 

boshlanadi. 

O‘rta  Osiyodagi  siyosiy  parokandalik  va  kichik  davlatlarning  bir-birlari  bilan  tez-tez 

nizolarga  borib  turishi  Qutaybaga  qo‘l  keldi.  O‘z  harbiy  yurishlarini  Qutayba  705-  yil  Balx 

viloyatini bosib olish bilan boshladi. Balxdan tashqari Qutaybaga Chag‘oniyon, Shuman va O‘rta 

Osiyoning janubidagi kichik viloyatlar bo‘ysunadi. CHag‘oniyon hokimi Tish arablar tomoniga 

o‘tib ketadi. 

706  -  yil  Qutayba  katta  qo‘shin  bilan  Movarounnahrga  kirib  keldi.  Tabariyning 

ma’lumotlariga ko‘ra, Qutayba eng obod va boy shaharlardan biri Poykand tomon harakat qildi. 

Uning  qo‘shini  tarkibida  arablar  xizmatiga  o‘tgan  Balx  va  Chag‘oniyon  hokimlarining  ham 

qo‘shinlari bor edi. Poykandning ko‘pchilik aholisi savdogarlar edi. Shaharda qoldirilgan harbiy 

qo‘shinga  turk  sarkardasi  bosh  edi.  So‘g‘d  va  boshqa  viloyatlardan  kelgan  kuchlar  bilan 

poykandliklar arablarga qattiq turib qarshilik ko‘rsatdilar. Arablar sug‘dlar tomonidan o‘rab olinib 

Qutaybaning barcha yo‘llari kesib qo‘yildi. 

Lekin ichki ittifoqning yo‘qligi, o‘zaro nizolar natijasida Poykand himoyachilarining kuchi 

zaiflasha bordi. Qutayba qal’aga birinchi safda borgan va shahid bo‘lgan kishilarning oilalariga 



katta mukofot va’da qildi. Ketma-ket 15 kun davom etgan janglardan so‘ng arablar qal’a devorini 

teshishga muvaffaq bo‘ldilar. Shahardagi og‘ir janglardan so‘ng Poykand arablar qo‘liga o‘tdi. 

Poykand  fojeasidan  so‘ng  Qutayba  boshliq  kuchli  raqibga  zarba  berib  uni  mag‘lub  etish 

maqsadida  Sug‘d  podshosi  Tarxun,  Buxoro  hukmdori  Xunukxudod,  Shopurkom  hokimi 

Vardanxudod  boshliq  katta  qo‘shin  yig‘ildi.  Ularga  turklar  yordamga  kelib,  jami  qo‘shinning 

miqdori 40000 kishi atrofida edi. 

Ittifoqchilar  qo‘shini  Buxoro  yaqinida  Torob,  Xunbun,  Romiton  oralig‘ida  to‘plandi. 

Qutayba  qurshovda  qoldi.  Arablarning  ahvoli  nihoyatda  og‘irlasha  bordi.  Shunda  bu  ahvoldan 

qutulish uchun Qutayba makkorlik yo‘lini tutib, nayrang ishlatadi. Narshaxiyning yozishiga ko‘ra, 

Qutayba Xayon-an-Nabatiy ismli o‘z kishisini ittifoqchilar ichida qudratli bo‘lgan So‘g‘d podshosi 

Tarxunga  maxfiy  suratda  vakil  qilib  yuboradi.  Nabatiy  Tarxunga  arablar  havo  sovushi  bilan 

shundoq ham  Marvga qaytib ketajaklarini, holbuki  turkiylar So‘g‘dni arablar ketganidan so‘ng 

butkul egallab olajaklari xususida soxta xabar etkazadi. Bu xabar ittifoqchilar ichida bo‘linishga 

sabab bo‘ladi. Tunda sarosimaga tushgan Tarxun Qutayba lageriga sovg‘a-salomlar bilan 2 mln. 

dirham yuborib, evaziga sulh shartnomasi matnini oladi. 

Arablar  ittifoqchilarni  zaiflashtirib,  ketma-ket  ular  erlarini  egallay  boshlaydilar.  708-709 

yillar  mobaynida  Qutayba  Buxoro  va  uning  atrofiga  bir  necha  bor  hujum  qilib,  Buxorxudod 

Tug‘shod qo‘shinlarini tor-mor etadi va unga amir etib o‘z yaqinlaridan birini tayinlaydi. Amir 

Buxorxudod ustidan nazorat qilib turish, Buxoroda qoldirilgan harbiy qismga askarboshilik qilish, 

aholidan soliq undirishi va uni o‘z vaqtida xalifalikka etkazib berish vazifasini ado etar edi. 

Xorazmda  boshlangan  ichki  ziddiyatlar  Qutayba  fikrini  o‘zgartirdi.  Xorazmda  xalq 

g‘alayoni boshlangan bo‘lib, unga Xorazmshoh Chag‘onning ukasi Xurzod boshchilik qilar edi. 

Qutayba  Xurzod  boshchiligidagi  qo‘zg‘olonchilarni  tor-mor  keltiradi.  710-712-  yillarda 

Xorazmshoh Qutayba bilan tinchlik sulhini  tuzib, unga 10000 qoramol miqdorida boj  to‘laydi. 

Xorazm  shu  bilan  o‘z  mustaqilligini  yo‘qotib  arablar  hokimiyatini  tan  oladi.  Qutayba  esa  o‘z 

qo‘shini hamda Xorazmshoh va Buxorxudod qo‘shinlari bilan birgalikda Samarqandga yo‘l oladi. 

Shu paytda norozilik va qo‘zg‘olon natijasida shahar podshosi Tarxun taxtdan ag‘darilgan 

edi.  Sug‘d  podshosi  va  Samarqand  afshini  sifatida  Tarxunning  ukasi  G‘urak  (710-737)  taxtga 

o‘tiradi. Tarxun esa hibsda o‘zini-o‘zi halok etadi. 

G‘urak Qutaybaga qarshi chiqadi. Kattaqo‘rg‘on yaqinidagi Arbinjon mavzesida shiddatli 

jang  bo‘lib  o‘tadi.  Ammo  G‘urakning  kuchlari  ozlik  qilib  Samarqandga  chekinishga  majbur 

bo‘ladi. Arablar tomonidan Xorazm va Buxoro hokimlari qo‘shinining qatnashuvi, sug‘diylarning 

yakkalanib  qolishlari  va  atrofdan  yordam  ololmasliklariga  sabab  bo‘ladi.  Undan  tashqari 

Samarqand  zodagonlari  ichida  birlik  ham  yo‘qoladi.  Tarxunning  o‘limidan  so‘ng  uning 




tarafdorlari  ko‘proq arablarga  yon  bosa boshlashadi.  Panjikent hokimi Devashtich shu guruhga 

rahbarlik qila boshlaydi. Qutayba esa «Tarxun o‘limi uchun qasd olaman» deb e’lon qiladi. 

Qamalda qolgan G‘urak Shosh podshosi, Turkiy hoqon va Farg‘ona ixshidiga murojaat qilib 

ulardan yordam so‘raydi. Turkiylar qo‘shini bu paytda Sug‘d chegarasi yaqinida bo‘lib Farg‘ona 

va  Shosh  qo‘shinlari  bilan  birgalikda  ittifoqchilar  lashkarini  vujudga  keltiradi.  Ittifoqchilar 

qo‘shinining tepasiga lashkarboshi etib Turkiy hoqonning kichik o‘g‘li  Inal  hoqon tayinlanadi. 

Qutayba  darhol  o‘z  ukasi  boshchiligida  saralangan  qo‘shin  tuzib,  ittifoqchilar  yo‘liga  tuzoq 

qo‘yadi. Arablar ittifoqchilarni tor-mor etib, ularning mol-mulklarini talaydilar. 

Qutayba  shundan  so‘ng  Samarqandga  hujumni  kuchaytiradi.  Shahar  ra’danroz  (tosh 

otg‘ich)lardan  o‘qqa  tutiladi.  Bu  janglarda  ayniqsa  buxoroliklar,  xorazmliklar  katta  jonbozlik 

ko‘rsata  boshlaydilar.  Bir  oy  davomida  shahar  mudofaachilari  Samarqandni  qahramonona 

mudofaa  qildilar.  Arablar  oxir  oqibatda  shahar  devorlarini  buzib  shahristonga  bostirib  kirdilar. 

Samarqand arablarga taslim bo‘ldi. G‘urak va Qutayba o‘rtasida sulh tuzildi. 

Qutayba jo‘nab ketishi oldidan shaharda o‘z ukasi Abdurahmon ibn Muslim boshliq yaxshi 

saralangan  qo‘shinni  qoldirib  ketadi.  Lekin  matonatli  Sug‘d  aholisining  qarshiligi  bu  bilan 

tugamaydi.  Al-Yaqubiyning  yozishicha,  712-  yil  kuzida  Samarqandda  arab  noibiga  qarshi 

qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Ularga turklar  yordam beradi. Faqatgina 713-  yil bahorida Qutaybaning 

etib kelishi bilan shahardagi qo‘zg‘olon bostiriladi. 

Mug‘  tog‘idan  topilgan  hujjatga  ko‘ra  Qutayba  o‘zining  keyingi  yurishlarida  Shosh, 

Farg‘ona va Turkiy hoqonlik qo‘shinlaridan iborat yana bir harbiy ittifoqning qarshiligiga duch 

keladi. Sug‘d, Choch, Farg‘ona ittifoqiga Panjikent hokimi Devashtich ham qo‘shiladi. U Choch 

va  boshqa  yerlarga  o‘z  elchisi  Fatufarnni  yuboradi.  Fatufarn  nomani  Choch  hukmdori  Moxedu 

tudun (Bahodir tudun)ga topshiradi. Qolgan ikki maktubni Farg‘ona elchisi orqali turkiylar hokimi 

va Farg‘ona ixshidiga berib yuborgan. 

Qutayba  bu  o‘lkalarni  tezda  o‘ziga  bo‘ysundirish  harakatiga  tushadi.  Tabariyning 

ma’lumotlariga ko‘ra, Qutayba 713 yil Buxoro, Kesh, Nasaf va Xorazm aholisidan 20000 askar 

to‘plab berishni talab qildi. O‘z qo‘shini bilan uni qo‘shib, qo‘shinni 2 ga bo‘lib ajratadi. Kesh, 

Nasaf, Xorazmdan kelgan qo‘shin Choch viloyatiga, o‘zi esa asosiy kuch bilan Ustrishona orqali 

Farg‘ona vodiysiga yo‘l oladi. Birinchi qo‘shin Choch qo‘shinini tor-mor etib, Choch viloyatini 

egallaydi. Qutayba esa Ustrishonda hal qiluvchi jang olib borib Xo‘jand va Kosonni zabt etadi. 

714- yil Qutayba Turkiy hoqonlikdan harbiy yordam kelish yo‘lini to‘sish maqsadida Choch 

vohasiga qayta bostirib kiradi. O‘sha yili asosiy yo‘ldagi Isfijob (Sayram)ni ishg‘ol etadi. 715- yil 

boshida esa Farg‘ona podshosi qochib ketishga majbur bo‘ladi. Qutayba o‘sha yili Qashqargacha 

bo‘lgan erlarni istilo etadi. Hamma viloyatlarga arablardan bo‘lgan amirlarni noib etib tayinlaydi. 

O‘sha  yili  arab  xalifasi  Volid  vafot  etadi.  Xalifalik  taxtiga  Sulaymon  ibn  Abdulmalik  o‘tiradi. 



Qutayba  Sulaymonga  nisbatan  g‘animlik  munosabatida  bo‘lib,  uni  qo‘llamas  edi.  Qutayba  uni 

taxtga  chiqishidan  norozi  bo‘lib  isyon  ko‘taradi.  Natijada  bu  isyon  muvaffaqiyatsiz  tugab 

Qutaybaning o‘zi Farg‘onada o‘ldiriladi (715- y). 

Shunday  qilib,  10  yil  davomida  olib  borilgan  doimiy  kurashlar  natijasida  Movarounnahr 

xalifalik  ixtiyoriga  kirsa-da,  ammo  uning  mag‘rur  aholisi  o‘zini  butkul  tobe  etilgan  deb 

hisoblamaydi. Shuning uchun ham Qutayba har yili qishlash uchun Marvga jo‘nab ketar, bahorda 

esa  yangi  kuchlar  bilan  Movarounnahrga  hujum  qilar  edi.  Shuning  uchun  ham  arablar 

Movarounnahrni  egallashda  muvaffaqiyat  qozondilar.  Buning  asosiy  sabablari  quyidagicha  edi. 

Avvalo  mamlakatda  hukm  surayotgan  siyosiy  tarqoqlik  va  kichik  hukmdorlarning  o‘zaro 

kurashlari arablarga juda qo‘l kelgan edi. 

Bu  vaziyatdan  ular  ustalik  bilan  foydalanishar  edi.  Ular  kichik  davlatlarning  o‘zaro 

birlashuviga  yo‘l  qo‘ymaslikka  harakat  qildilar  va  buning  uddasidan  chiqdilar.  Arablar  o‘zaro 

kurashayotgan hokimlarning biriga ikkinchisini engishi uchun yordam ko‘rsatib, keyin ularning 

har ikkisini ham birin-ketin bo‘ysundirdilar. So‘g‘dni zabt etishda Qutayba arab qo‘shini bilan bir 

qatorda Xorazm, Buxoro va Nasafning kuchlaridan foydalangan edi. 

Ayniqsa arablar ko‘chmanchi jangovar turkiylar bilan o‘troq dehqonchilik viloyatlari aholisi 

o‘rtasida ba’zan yuzaga kelgan kelishmovchiliklardan foydalanib, ularni birini ikkinchisiga qarshi 

qo‘ydilar  va  ittifoqchilarni  ajratib  yuborishga  muvaffaq  bo‘ldilar.  Shu  bilan  birga,  xalifalik 

Movarounnahrdan  harbiy  qurol-aslahalar  jihatidan  unchalik  ustun  bo‘lmasa  ham,  biroq  qo‘shin 

saflarini to‘ldirib turish imkoniga ega edilar. 

Arablar  qo‘shiniga  muntazam  ravishda  yangi  harbiy  kuchlar  ichki  viloyatlardan  safarbar 

qilib  turilar  edi.  Undan  tashqari  keskin  qarshilik  kurashini  olib  borgan  xalq,  mahalliy 

hukmdorlarning  xoinona  harakatlari,  arablar  bilan  maxfiy  til  biriktirishlari  tufayli 

muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 

Arablar O‘rta Osiyoni bosib olgach bu hududdagi hamma shaharlar va aholi joylarida o‘z 

qo‘shinlarini joylashtirdilar. Bu harbiy kuchlar o‘z vaqtida mahalliy aholi  ustidan nazorat  qilib 

turardi. Arab xalifaligining hukmronligi aholi uchun og‘ir yuk bo‘lib qoldi. 

Istilochilar  avval  boshda  Movarounnahrning  hunarmandchilik  va  savdo  shaharlari,  obod 

viloyatlariga bostirib kirib, ularni taladilar va katta o‘ljalarga ega bo‘ldilar. O‘lkalarni bosib olish 

chog‘ida  dehqonchilik  vohalari  oyoq  osti  qilinib,  shahar  va  qishloqlar  vayron  etildi.  Suv 

inshootlari buzib tashlandi. Ko‘pgina joylarda qurg‘oqchilik yuz bera boshladi. Shaharlardan katta 

miqdorda qimmatbaho o‘ljalar, Buxoro, Poykand va So‘g‘d hukmdorlaridan esa katta miqdorda 

tovon olindi. 

Arab qo‘shini tarkibiga mahalliy aholi ichidan ko‘plab erkaklar majburan safarbar qilindi. 

Harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi halok bo‘ldi, bir qismi asirga olindi. Barcha shahar 



va  qishloqlarda  o‘z  harbiy  garnizonlarini  joylashtirishgan  arablar,  shu  harbiy  kuchga  tayanib 

aholidan turli soliqlar undirishar, ularni turli jamoat ishlariga safarbar qilishar edi. Marv, Poykand, 

Buxoro,  Samarqandda  uylarning  qoq  yarmi  arablar  ixtiyoriga  topshirildi.  Ba’zi  istilochi 

zodagonlar dehqonchilik vohalaridagi eng unumdor er maydonlar va suv inshootlarini egallab ola 

boshladilar. Arab oilalari qishloq va shaharlarga kelib o‘rnasha boshladilar. Ariq qazish, ko‘prik 

qurish, binolarni ta’mirlash va boshqa jamoa ishlarida aholidan bepul foydalanar edilar. Shu bilan 

birga mahalliy aholi arab zodagonlari va qo‘shinini ot-ulov, kiyim-kechak, oziq-ovqat, qullar va 

boshqa narsalar bilan ta’minlab turishi kerak edi. 

Iqtisodiy  hayotni  o‘z  qo‘llaridan  chiqarmaslik  maqsadida  arablar  bu  erda  sosoniylar 

tartibidagi  soliq  tizimini  joriy  qildilar.  Bu  tizimga  er  solig‘i-


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling