4-mavzu. Inflyasiya va deflyasiya. Reja
Ishlab chiqarish va inflyatsiya o’rtasidagi bog’liqlik
Download 25.16 Kb.
|
4-mavzu. Inflyasiya va deflyasiya.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyasiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo’llanildi.
- Keynschilar
- Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyasiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida deb bilishadi.
4.2. Ishlab chiqarish va inflyatsiya o’rtasidagi bog’liqlik
Inflyasiya (lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish) - ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror o’sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyasiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo’ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan mamlakatlarda inflyasiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog’liq. Ammo inflyasiya davrida barcha tovarlarning baholari ham oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo’lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin. “Inflyasiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo’llanildi. Inflyasiyaning atamasi muomaladagi qog’oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko’payib ketishi holatini izohlagan. Ammo inflyasiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyasiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi. Keynschilar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to’liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo’lsa byudjet taqchilligi va qo’shimcha pul chiqarish yo’li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyasiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi. Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyasiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyasiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi. Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq o’ssa, yoki yalpi talab ko’paygani holda o’zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baholar darajasining ko’tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo’shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo bo’ladi. Inflyasiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Baholarning o’sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyasiya namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular: valyuta kururslarining o’zgarishi; kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon o’zgarishi; kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o’sishi. Inflyasiya baho indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida aniqlanadi. Baholar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyasiya darajasi (baholarning o’sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflyasiya darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin: Baholar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyasiya darajasi (baholarning o’sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflyasiya darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin: Download 25.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling