4-mavzu. Inson resurslarini boshqarishning jamiyat ijtimoiy strukturasida tutgan o‘rni. Reja
Download 40.44 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy holat.
Hukumat. G‘arbda davlat korporatsiyalar solig‘idan yuqori foizli daromadlar oladi, hukumat biznes yuzasidan qarorlarni doimiy ravishda ko‘paytirib boradi. Masalan, AQSHda yangi biznes ochish va yuritish hukumat qarorlari natijasida tobora qiyinlashib bormoqda. Ko‘p kompaniyalarda hukumat qarorlariga ta’sir etishga o‘rinish bilan shug‘ullanuvchi maxsus bo‘limlar ham mavjud.
G‘arbda davlat tomonidan muvofiqlashtirish kompaniya faoliyatining ko‘p qirralarini qamrab oladi. Davlat xizmatchilarning eng kam ish haqi, ish vaqti o‘zunligini tartibga soladi, pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar o‘tkazishni talab qiladi, ma’lum ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari davlatga va asosan soliq bo‘limiga yuboriladigan ko‘plab hisobotlar mavjud. Ko‘p g‘arbiy mamlakatlar iqtisodiyoti hukumat tomonidan markazlashgan boshqarishga yaqinlashib kelmoqda. Ammo ular buni markazlashgan boshqarish tizimi deb atamaydilar; chunki resurslarning haqiqiy taqsimlanishini rejalashtirmaydilar. Hukumat bunga muvofiqlashtirishni chuqurlashtirish orqali bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Ular firmalarni hukumat qarorlari va davlat vazifalariga muvofiq holda faoliyat yuritishga yo‘naltiradi. Menejer bu qarorlarda ko‘rilgan masalalar bilan shug‘ullanmasligi mumkin emas va kelajakda bunga yanada ko‘proq e’tibor beriladi. Ijtimoiy holat. Aholi zichlashib borishi va jamiyatlar o‘rtasida tafovutlarning ko‘payib borishi juda ko‘p muammolarni keltirib chiqaradiki, menejer kishilar bilan muloqotda albatta ularga duch keladi. Bu ijtimoiy holat muammolari. Ular bugungi kunda giyohvandlar, SPID bilan kasallanganlar va aroqxo‘rlarning ko‘payishi bilan seziladi. Sanoat to‘ntarilishining amalga oshirilishi hozirgi vaqtda texnologik jamiyat qurilishiga olib keldi. U bizning tarixiy tushuncha va 160 institutlarimizga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ilgari nisbatan mustahkam va insonni shakllantirishda aniq yo‘nalishlarga ega bo‘lgan oila jiddiy o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Buning natijasi sifatida jamiyatdagi munosabatlar ham o‘zgardi va yana o‘zgarib boradi. Ko‘pincha biz muammoni hal qilayotib, boshqa muammolarni vujudga keltiramiz. Menejer uning qarorlari kelajak uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmasligiga amin bo‘lishi zarur. Download 40.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling