4-mavzu. Inson resurslarini boshqarishning jamiyat ijtimoiy strukturasida tutgan o‘rni. Reja
Download 40.44 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atrof-muhit.
Texnologiya. Hozirgi sanoat dunyosida menejerlar texnologiya rivojlanishini yanada katta e’tibor bilan kuzatishi zarur. Texnologiya – haqiqatdan ham, ishlab chiqarishni yaxshilashning yagona yo‘lidir.
G‘arbda oxirgi 100 yillikda turmush darajasining o‘sishi, aksari, yangi va yetakchi texnologiyani muntazam qo‘llash orqali kam xarajatlar evaziga ko‘p sifatli tovarlar ishlab chiqarish natijasida amalga oshirildi. Ayrimlar, texnologiya vaqti kelib shunday nuqtaga etadiki, bunda ishlab chiqarish usulini ancha yaxshilash imkoniyati yo‘qoladi, degan fikrni bildiradi. Texnologiya - qimmatbaho narsa. Xodimlar yoshi darajasining ko‘tarilishi va yoshlar sonining qisqarishi menejerni ishchilar o‘rnini bosuvchi texnologiyalar haqida o‘ylantiradi. Zarur mablag‘lar mavjud bo‘lganda u yangi texnologiyalarni ko‘plab harid qiladi. Bu yerda mahsulot sifatini oshirishga bo‘lgan ehtiyoj o‘sib borishi katta rol o‘ynaydi. Menejerlar kelajakda yuksalib boruvchi texnologik yo‘nalgan jamiyat bilan ishlaydi. U ishlab chiqarish, iqtisodiyot, jamiyatning holati va ularning rivojlanishi tendensiyalari haqidagi axborotlarga yaxshi ega bo‘lsagina omadga erishadi. Bu yerda axborot texnologiyalari muhim rol o‘ynaydi va aynan shular boshqaruv qarorlari sifatini aniqlaydi. Atrof-muhit. Har bir inson atrof-muhit muhofazasi haqida qayg‘urishi kerak. Sanoatlashtirish va kishilarning shaharlarda, mintaqalarda to‘planishi chiqindilar bilan bog‘liq global muammoni keltirib chiqaradi. Bu atmosferaga chiqarilayotgan kimeviy chiqindilar yoki axlatxonalarga tashlanadigan chiqindilar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari quyoshdan himoya qiluvchi ozon qatlamining o‘zgarishi insoniyatga katta xavf tug‘diradi. Ayrim kishilar ekologik muammolarni oshirib yuborilgan deb hisoblaydilar. Shubhasiz, bunday muammolar mavjud va hukumat bu sohadagi nazoratni kuchaytirmog‘i lozim. Iste’molchi soliq yoki 159 tovarning yuqori qiymati orqali barcha xarajatlarni to‘laydi, har doimgidek menejer foyda va iste’molchi o‘rtasida turadi. U past baholi yaxshi tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlarida yangi mas’uliyatga ega bo‘ladi. Atrof-muhit bunda qo‘shimcha va ortib boruvchi qiyinchiliklar tug‘diradi. Download 40.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling