4-mavzu. Inson resurslarini boshqarishning jamiyat ijtimoiy strukturasida tutgan o‘rni. Reja


Download 40.44 Kb.
bet1/7
Sana09.06.2023
Hajmi40.44 Kb.
#1470190
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu


4-mavzu. Inson resurslarini boshqarishning jamiyat ijtimoiy strukturasida tutgan o‘rni.


Reja:



Jamiyatning ijtimoiy strukturasi va inson resurslarini boshqarish
Insonlarning o‘zaro va jamiyat bilan aloqa qilish usullari mavjud institutlarning harakatlari samarasi, chunki bu institutlar insonni shakllantirishga javobgardir. Ehtimol, ijtimoiy institutlarning xususiyatlari eng avvalo menejyerda o‘z aksini topadi. Uning oldida iqtisodiyotni rivojlantirish kabi murakkab masala turadi.
Iqtisodiyotni isloh qilish nafaqat davlatga, balki ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishga urinayotgan har bir menejerga bog‘liq. Jamiyat ichida qanday harakat qilish haqidagi ma’lumotlar tadbirkor uchun oddiy ichki ma’lumotlar kabi katta ahamiyatga egadir. “G‘arbiy inson” konsepsiyasi g‘arbda asrlar mobaynida yuzaga kelgan ijtimoiy evolyusiya mahsulini ifodalaydi.
G‘arbiy inson va uning yashashi uchun barcha ijtimoiy-iqtisodiy shartnomalarning shakllanishi murakkab va zarur tarixiy jarayondir. G‘arbda institutlar ko‘p asrlik evolyusiya jarayonini boshdan kechirgan. 300-yildan taxminan 1500-yilgacha katolik cherkovi g‘arb hokimiyati boshida edi. 11 asr yarmigacha bo‘lgan davr – xoch yurishi safarlari (krestovoy poxod) davri sifatida ma’lumdir. Bu davr mobaynida ko‘p sonli armiyalar Ierusalimni zabt qilish maqsadida Yevropadan Yaqin sharqqa yurish qilgan. Jamiyatning bunday qo‘zg‘alishi keyinchalik renessans (uyg‘onish davri) nomi bilan mashhur evolyusion jarayonga o‘z hissasini qo‘shdi. Renessansning kuchayib borishi bilan reformatsiya deb atalmish katolik cherkoviga qarshilik ko‘rsatish jarayoni boshlandi. Reformatsiya nomi katolik cherkovini isloh qilishdan kelib chiqadi. Bunday urinishlar hech qayerda Germaniyadigidek muvafaqiyatli bo‘lmadi.
Doktor Martin Lyuter Reformatsiyani harakatga keltirish bilan shuhrat qozondi. U Germaniyada katolik cherkovini shaxsiylashtirilgan din shakli bilan butunlay almashtirishga qodir bo‘lib chiqdi. Lyuteranlik hozir ham ko‘pchilik G‘arb mamlakatlarida hal qiluvchi din hisoblanadi. Asrimizning boshida nemis Maks Veber tomonidan yozilgan “Protestantlik etikasi va kapitali “ZM”ning ruhi” nomli kitobida protestant reformatsiyasining G‘arbiy inson xarakteriga ta’siri yuritilgan.
Maks Veber o‘z kitobida bu jarayonlarni uning omadli kapitalist bo‘lish qobiliyatga o‘z hissasini qo‘shganligini tushuntirishga harakat qiladi. Lyuteranlik dinida inson cherkovga emas, balki bevosita xudo oldida javob beradi. Inson juda ehtiyotkor bo‘lib qoldi, juda ko‘p mehnat qildi, mol-dunyoga pul sarflamay qo‘ydi, ko‘ngilxushlikdan qochar, muntazam cherkovga borar, Injil o‘qir va xudoga yoqadigan turmush kechirar edi. Natijada tejamkor, mehnatkash va aqlli insonga aylandi. Inson nafaqat ko‘p mehnat qilar edi, balki shu bilan birga u boshqa kishilar bilan munosabatlarda juda extiyotkor edi va ko‘p hollarda protestant juda insofli, to‘g‘riso‘z va vijdonli shaxs sifatida ish yuritar edi.
Protestant etikasi shunchalik chuqur ta’sirga ega ediki, u Germaniya, Skandinaviya davlatlari va Angliyada katolik cherkovi ustidan g‘alaba qozondi. Fransiya, Italiya, Ispaniya va Portugaliya avvalgidek, asosan, katolik davlatlari bo‘lib qoldi. Buning natijasida bugungi kunda bu davlatlar madaniyatlari tubdan farq qiladi.
Protestantlik Reformatsiyasi, Amerikaning mustamlakalashtirilishi, Yevropadagi boshqa siyosiy voqealar natijasida Amerikaga asosan protestantlar ko‘chib o‘tdi. Mamlakat faol va ishchan kishilar bilan to‘ldi. Xususiy mulkchilik xuquqi va boy tabiiy resurslar iqtisodiyot rivojlanishida hal qiluvchi omillar bo‘ldi. Ammo XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida sanoatlashtirish jarayoni juda qiyin sharoitlarda kechdi. Bu boy jamiyatni qurish uchun zarur bo‘lgan yuqori darajadagi ishlab chiqarishga erishishga jamg‘arilgan sarmoyalarning etishmasligidan kelib chiqdi.
Zamonaviy boshqaruv jamiyatning turli institutlari bilan doimiy aloqalar sharoitida amal qiladi. U biror mamlakatda tarixiy shakllangan insonning umumlashgan xarakteriga bog‘liq. Shuning uchun menejer bu xarakter belgilarini va jamiyat ijtimoiy strukturasini rivojlanish tendensiyalarini bilishi zarur. Bu uning jamiyat bilan o‘zaro samarali faoliyat yuritishiga yordam beradi.

Download 40.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling