4-mavzu. Inson resurslarini boshqarishning jamiyat ijtimoiy strukturasida tutgan o‘rni. Reja


Download 40.44 Kb.
bet4/7
Sana09.06.2023
Hajmi40.44 Kb.
#1470190
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

Resurslar muammolari. Er shari aholisi juda tez sur’atlar bilan o‘smoqda. Hozirgi vaqtda unda 6 mlrd.dan ortiq kishi yashaydi. Har bir inson hayoti uchun muayyan miqdordagi resurslar zarur. Kishilar mavjud resurslar bilan qanoatlanmaydilar va yuqori turmush darajasini ta’minlash uchun resurslar bo‘yicha raqobat kuchayib boradi.
Menejer resurslarni shunday tashkil qilishi kerakki, bunda ishlab chiqarilayotgan tovarlar kam bahoga ega bo‘lsin. U doim kam resurslardan foydalanib, ko‘p tovarlar ishlab chiqarish masalasi ustida bosh qotiradi. Menejment va menejerlar tarixi ham shunda. Ammo 157 resurslarga talabning oshib borishi bilan ularni taqsimlash muammosi kuchayadi. Qachondir bu resurslar me’yorlashtiriladi degan fikr mavjud. Biroq, resurlarning bir qismi me’yorlashtirilsa, ularning boshqa resurslar bilan o‘zaro munosabati murakkablashib, butun ishlab-chiqarish tizimiga ta’sir qiladi. Kelajak muammolari yechimini hozirgi kunda izlash uchun uni bilish zarur. Chunki kelajak hozirgi davrda tug‘iladi. Boshqaruv professionalizmi kelajakni anglashdan iborat, boshqaruv fanining rivojlanishi esa ertaga nima vujudga kelishini bugun aniqlab beradi.
Insonlar. Menejer qo‘l ostidagi asosiy resurs – insonlardir. Insonlar munosabati sohasida ham, insonning o‘zida ham ko‘p o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Har bir kishi shaxsiy xususiyatlar, xarakter va muammolarga ega.
Inson shaxsi murakkablashmoqda. Menejer kunda insonlar muammolarini yechish bilan shug‘ullanadi. Ammo u jamiyatning umumiy rivojlanish muammolariga ham duch keladi. Avvalo, bu – aholining ko‘payishi. Kishilar nisbatan ilgari nafaqaga chiqadilar. YAxshi tajribali xodimlar unumsiz va ularni ijtimoiy ta’minot tizimi evaziga ta’minlashning zarur bo‘lib qolishi bu tizim qiymatini oshiradi. Keksa xodimlar ishni tark etadi. Ularning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan yoshlar soni qisqaradi.
Inson resurslarining bunday muammosi bilan menejer hozirning o‘zidayoq shug‘ullanmoqda. AQSH va Kanadada ishlab chiqarishda faol bandlarning o‘rtacha yoshi 34-35 atrofida, Meksikada esa bu ko‘rsatkich 19 yoshga teng.
Bu mamlakatlar demografik ahvolining bunday farqlanishi inson resurslari muammosidir. Malakali va tajribali xizmatchilarning etishmasligi bilan birga xodimlar tomonidan kutilayotgan munosabatlar ham o‘zgarib bormoqda. Bu kelajak tendensiyasidir. Ijtimoiy munosabatlar va hukumat qarorlari insonlar farovonligini oshirishda menejer va kompaniyalar mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan. Ilgari kompaniya va xizmatchilar o‘rtasidagi munosabatlar mehnat shartnomasi bilan cheklanar edi. Bugun bu munosabatlar xodimlarning 158 korxona va ish joyidan tashqaridagi hayotida kompaniya javobgarligining kengayishi bilan xarakterlanadi. Bu boshqaruvga yangi talablarni qo‘yadi va uni murakkablashtiradi.

Download 40.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling