4-mavzu. Inson resurslarini boshqarishning jamiyat ijtimoiy strukturasida tutgan o‘rni. Reja


Download 40.44 Kb.
bet3/7
Sana09.06.2023
Hajmi40.44 Kb.
#1470190
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

Kasaba uyushmalari. Menejer muomala qiladigan yana bir guruh – bu kasaba uyushmalaridir. U – xizmatchilardan tarkib topgan va ularning manfaatlarini rahbariyatga yyetkazish maqsadida tuzilgan tashkilotdir. U o‘z talablarini amalga oshirish uchun boshqaruvga tazyiq o‘tkazuvchi iqtisodiy kuchdir. Kasaba uyushmasi odatda umummilliy va halqaro kasaba uyushma tashkilotlari bilan bog‘langan. Bu unga kuch va ta’sir imkoniyatlarini beradi; ko‘pincha, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish haqini oshirish, ijtimoiy imtiyozlarni ko‘paytirish bo‘yicha talablarni ilgari suradi. Firma rahbariyati va kasaba uyushmasi o‘rtasidagi munosabatlar maxsus bo‘lim tomonidan tartibga solinadi.

Kasaba uyushmasining vazifasi - firma rahbariyatining xizmatchilariga g‘arazli munosabatidan himoya qilishdir. Firma kasaba uyushma bilan kelishuvga ehtiyotkorona yondashishi zarur.


AQSHda federal qonunlar insonning kasaba uyushmaga a’zo bo‘lish xuquqini himoya qiladi. Odatda kasaba uyushmasi va firma rahbariyati o‘rtasida shartnoma qabul qilinadi. U bandlik, ish haqi darajasi, ishdan bo‘shatish jarayoni, ta’tilga haq to‘lash va boshqa masalalar bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlarning ko‘p qirralarini aniqlashtiradi. Kasaba uyushmasining a’zolari unga tegishli bo‘lish huquqi uchun o‘z ish haqidan badal to‘laydilar. Bu kasaba uyushmalariga iqtisodiy mustaqillik va hokimiyat beradi. Zaruriyat tug‘ilganda o‘z a’zolari huquqini himoya qilish imkoniyatini beradi.
Kasaba uyushmalari – zamonaviy vaqtda firma faoliyat yuritishi omilidir. Shuning uchun menejer ular bilan o‘zaro munosabatlar olib borishni bilishi zarur.


Inson resurslarini boshqarish va kelajak muammolari
Kelajakda nima bo‘lishini hech kim tasavvur qila olmaydi. Biroq bu muammolar qanday bo‘lishiga qaramasdan, menejerlar bu muammolarni hal qilishi kerak bo‘lgan va shunday mas’uliyatga ega bo‘lgan kishilar qatoriga kiradi. Menejer doim barcha rivojlanish tendensiyalari ichida bo‘ladi.
Jamiyat kelajakda qanday muammolarga duch kelishidan qat’iy nazar, menejer ularni tushunish va hal qilish qobiliyatini o‘stirishi lozim. Menejerlarni o‘qitish - jamiyatning kelajakdagi muammolarini hal qilishga eng yaxshi tayyorgarlik. U menejerning barcha vaziyatlarni ratsional va ilmiy tahlil qila olishini ta’minlashi kerak. Hissiyotga berilish, shoshma-shosharlik, noto‘g‘ri axborot yoki boshqa shunday holatlarda qaror qabul qilish juda jiddiy xato deb ko‘rilishi kerak.

Download 40.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling