4-mavzu. Inson resurslarini boshqarishning jamiyat ijtimoiy strukturasida tutgan o‘rni. Reja
Inson resurslarini boshqarishning ijtimoiy munosabatlari
Download 40.44 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’minotchilar
Inson resurslarini boshqarishning ijtimoiy munosabatlari
Davlat va hukumat. Hukumat har qanday davlatda o‘z fuqarolariga soliq solish huquqiga ega, u shuningdek, muvofiqlashtiruvchi vazifani ham bajaradi. U biznesning amaliy tomonlariga taalluqli operatsiyalar, soliqlar, atrof-muhit muhofazasi, mehnat muhofazasi va boshqa masalalar bo‘yicha qonun va farmoyishlar ishlab chiqadi, hukumat firmalar faoliyat doirasini ta’minlash uchun javobgardir va shu sababli u soliqlar yig‘adi, biznes bilan shug‘ullanish xuquqini berganligi uchun haq oladi. Davlat qarorlari firmalar uchun yanada katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Jamiyat rivojlanib borishi bilan turli muammolar vujudga keladi. Masalan, atrof-muhitning ifloslanishi muammosi firmalarga soliq solish bo‘yicha davlat farmoyishlarini ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Bu qarorlarning amalga oshirilishi pirovard natijada iste’molchilar zimmasiga tushadi, chunki atrof-muhit bo‘yicha qonunlar tovarni ishlab chiqarish qiymatini oshirsa, kompaniya bu xarajatlarni bir o‘zi qoplay olmaydi, negaki biznesda qolish uchun minimal daromadlarning muayyan darajasiga erishish kerak. Agar qarorlar bu daromadni “eb qo‘ysa”, xarajatlarning bir qismi iste’molchilarga yuklatiladi. Jamiyat. Menejer o‘zaro munosabatda bo‘ladigan yana bir insonlar guruhi – aholidir. Aholi o‘z noxiyasi yoki mintaqasidagi firmadan ma’lum bir natijani kutadi. Firma oldida bajarilishi zarur bo‘lgan ma’lum ijtimoiy munosabatlar turadi. Bu xizmatchilar orasida donorlik (qoni yig‘ish) yoki xayriya ishlarida qatnashish bo‘lishi mumkin. Tuman aholisi ko‘p loyihalarda ishtirok etish uchun firmalarni jalb qiladi. Odatda moliyaviy resurslarning ma’lum qismi shunday tartiblarga ajratiladi. Biroq, bu mablag‘larni bir tekis taqsimlash zarur va shu tarzda ijtimoiy tengsizlikni yo‘qotish mumkin. Jamiyatda shunday aholi guruhlari mavjudki, ular hokimiyat va biznesning turli tuzilmalariga tazyiq o‘tkazadilar va muayyan harakatlar bajarilishini talab qiladilar. Bu yo‘l yo‘nalishini o‘zgartirish, kamyob xayvon turlarini va tarixiy obidalarni saqlab qolish, atrof-muhit muhofazasi, ayrim kishilar guruhiga yordam ko‘rsatish va boshqa talablar bo‘lishi mumkin. Menejerlar qaror qabul qilishda, ham kompaniya ham jamiyat manfaatlarini hisobga olishi kerak. Ta’minotchilar Rahbariyat doimiy ravishda ta’minotchilar bilan muloqotda bo‘ladi. Resurslar bilan ta’minlash firma ishlarida muhim ahamiyatga ega. Chunki u ishlab chiqarishni zaruriy unsuri hisoblanadi. Rahbariyat tanlagan yo‘l orqali o‘z ta’minotchilari bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatayotganligiga iqror bo‘lishi kerak. Bunga hisoblarni tez to‘lash, resurslar sifati va miqdoriga tegishli muammolarni birgalikda hal qilish va boshqa bitimlar ta’sir qilishi mumkin. Mol yetkazib beruvchilar vaqtincha moliyalash manbalari bo‘lib qolishi mumkin. Xaridorlar Firmaning xaridorlarga va xaridorlarning firmaga munosabati bu firmaning bozordagi faoliyatidir. Bu munosabatlar hurmat va ishonchga yoki shubha va begonalikka asoslangan bo‘lishi mumkin. Firma bu munosabatlarni shunday qilishi kerakki, bunda xaridorlarning qiziqishlarini o‘rganish va iloji boricha hisobga olishi zarur. Shuningdek ularning taklif va mulohazalarini e’tibor bilan qarshilash kerak. Bu firma obro‘sini oshirishga va pirovardida, foyda olishga hamda firma maqsadlariga erishishga yordam beradi. Download 40.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling