4-Mavzu. Investitsion faoliyatning ob`ekti va sub`ektlari


Download 26.64 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi26.64 Kb.
#1561714
  1   2
Bog'liq
4-mavzu


4-Mavzu. Investitsion faoliyatning ob`ekti va sub`ektlari
O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunida investitsiyalarning mazmuni “Iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar” sifatida ta`riflanadi. Yuqorida keltirilgan fikrlarni tahlil qilish orqali shunday xulosaga kelish mumkinki, “investitsiyalar” tushunchasi “kapital” va “kapital qo’yilma” tushunchasiga nisbatan keng ma’noga ega ekan. Kapital va kapital qo’yilmalar investiitsilarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shuning bilan birgalikda investitsiyalarning tarkibida kapital va kapital qo’yilmalardan tashqari aylanma mablag’lar ham mavjud. Demak, ko’rinib turibdiki, kapital va kapital qo’yilmalar tushunchasi aynan investitsiyalar tushunchasini anglatmaydi. Umumlashtiradigan bo’lsak, investitsiyalar bu faqat uzoq muddatli kapital qo’yilmalar bo’libgina qolmasdan, balki qisqa muddatli qo’yilmalarni ham o’z ichiga oladi. Demak, fikrimizcha, ”investitsiyalar – bu bo’sh turgan kapitalni iqtisodiy-ijtimoiy daromad olish maqsadida harakatga keltirishdir”.
Bizga ma`lumki, investitsiyalarga xos bo’lgan eng muhim belgi, eng avvalo foyda olishga qaratilganganligidir. Investitsiyalar tabiatan va mohiyatan foyda keltirish uchun salohiyatli hisoblanadi. Investitsiyalarni yana bir muhim belgisi shundan iboratki, ular mablag’ va resurslar ko’rinishida mavjud bo’ladi. Investitsiyalash kim tomonidan amalga oshirilganligi nuqtai nazaridan investitsiyalar ikki turga ajraladi: 
1) Ichki investitsiyalar - bu mazkur davlat hududida ichki investorlar tomonidan yo’naltiriladigan investitsiyalardir.
2) Tashqi investitsiyalar - bu xorijiy investorlar tomonidanm yo’naltiradigan investitsiyalar bo’lib, chet el mulkdorlari tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlariga (sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va h.k) uzoq muddatga qo’yilgan kapital mablag’laridir. Umuman olganda, investitsiyalarni amalga oshirish investitsiya jarayoning tarkibiy qismi hisoblanadi hamda investitsiya resurslari hosil qilinishi natijasiga tayanadi va yuz beradi. O’z navbatida, u investitsiyalashdan ko’zlangan maqsadga bevosita bog’lanadi. Zero, ko’zlangan maqsadga erishish ishtiyoqi investorni kapital to’plab, so’ng uni shu maqsad yo’lida safarbar etishga undaydi. Zotan, maqsad muayyan natijaga qaratilar ekan, natija ham o’z navbatida, muayyan maqsadlarni keltirib chiqaradi va tegishlicha, investitsiya jarayonini aks ettiruvchi ketma-ketlikni xosil qiladi. Investitsiyalarning bu tarzda harakatlanishi investitsiya faoliyati orqali yuz beradi. Shunday ekan, investitsiya faoliyatining mohiyatini bilish juda muhimdir. Turli iqtisodiy adabiyotlarda investitsiya faoliyatiga turlicha ta’riflar berilgan. Iqtisodchiolim Neshitoyning fikricha, “Invetitsion faoliyat –bu daromad olish va foydali samaraga erishish maqsadida mablag’larni joylashtirish(investitsiyalash) va amaliy harakatlarni sodir etishdir”.
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunda: “Investitsiya faoliyati - investitsiya faoliyati sub`ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq harakatlar majmui” sifatida ifodalanadi.
Fikrimizcha, investitsion faoliyatga berilgan ta`riflar, uning mohiyatini to’la ochib berolmaydi. Chunki investitsion faoliyatda investitsiyalarning ketma-ketligi va ularning o’zgaruvchanligi, ya`ni resurslar (qiymatliklar) - qo’yish (xarajatlar) va investitsiya natijasida samara (foyda, daromad) olish yotishi kerak. Agar samara olinmasa investitsiyalashga rag’bat ham bo’lmaydi. Investitsion faoliyat investitsiyalashning eng asosiy markaziy bo’g’ini hisoblanadi, chunki aynan ana shu jarayonda investitsiya bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga o’tadi, ya`ni jamg’armalar (resurslar), qo’yilmalar (xarajatlar), kapital mulk (tayyor mahsulot), iqtisodiy yoki ijtimoiy samara (daromad, foyda) shaklini oladi.
Fikrimizcha, investitsion faoliyat - bu g’oyalarni ishlab chiqish va investitsiya loyihalarini asoslash, ularni moddiy-texnik va moliyaviy ta`minlash, buning natijasida barpo etilayotgan ob`ekt faoliyatini boshqarish va investorlarning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish imkoniyatlarini ham aks ettiradi.
Investitsion faoliyatda investorlar investitsiya resurslarini iqtisodiyot sohalariga foyda (daromad) olish yoki samaraga erishish uchun joylashtiradi. Bunda uning tarkibiy tizimini investitsion faoliyatning ob`ekti va sub`ektlari tashkil etadi 
Investitsiya faoliyatini tashkil etishda har bir mulk egasi, eng avvalo, o’z manfaatlarini ko’zlab, ya’ni foyda olish maqsadida harakat qiladilar. Chunki, yuqori foyda investorning kapital qiymati o’sishga imkon beradi. Sanoat korxonalarida investitsiyalarning yo’naltirish ob’ekti quyidagilar hisoblanadi: 
 yangi uskuna va jihozlar, texnika vositalarini sotib olish va o’rnatish; 
 yangi inovatsion g’oyalarni moliyalashtirish; 
 yangi bino-inshootlar qurish va foydalanishga topshirish
 asosiy fondlarni ta’mirlash, yangilash; 
 mahsulot assortimentini ko’paytirish; 
 kadrlar malakasini oshirish va boshqalar. Bugungi kunda mamlakatimizda, xususan, sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatini rivojlantirish davlatning ustuvor siyosatga aylantirilgan bo’lib, uning ta’minotiga erishish maqsadida sohaga investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy invetitsiyalar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda (4-rasm). 

Download 26.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling