4-Mavzu. Investitsion faoliyatning ob`ekti va sub`ektlari


-2012-yillar davlat investitsiya dasturlari doirasida xorijiy sarmoyalarning jalb qilinish dinamikasi,( mln.AQSH.doll.)


Download 26.64 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi26.64 Kb.
#1561714
1   2
Bog'liq
4-mavzu

2007-2012-yillar davlat investitsiya dasturlari doirasida xorijiy sarmoyalarning jalb qilinish dinamikasi,( mln.AQSH.doll.)
2012-yilning o’zida 2,5 mlrd. AQSH dollar miqdorida chet el investitsiyalari jalb etilgan bo’lsa, shundan 1,975 mlrd. AQSH dollari to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni tashkil etdi. Bu ko’rsatkichlar 2011-yilga nisbatan kamdir. Lekin yildan-yilga xorijiy investorlarni qiziqishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga ortib bormoqda. Investorlar qaysi mulk shakliga tegishliliga qarab investitsion faoliyatni yuritadilar va uni quyidagi shakllarda amalga oshiradilar: 
 davlat korxonalari va ma`muriy boshqaruv organlari amalga oshiradigan investitsion faoliyat; 
 xususiy, jamoa, ijara, aksiyadorlik va qo’shma korxonalari, shuningdek jismoniy shaxslar amalga oshiradigan investitsion faoliyat; 
xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar hamda ularning jismoniy va huquqiy shaxslari amalga oshiradigan investitsion faoliyat. Investorlarning turli mulkchilik shaklida amalga oshiradigan investitsion faoliyatlari iqtisodiy o’sishni rag’batlantirib, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni (aholini ish bilan ta`minlash, milliy boyliklarning ko’payishi va millat farovonligini yanada yaxshilash) bartaraf etishda katta rol o’ynaydi. Fikrimizcha, investitsiyalarning iqtisodiyot rivojlanishiga har tomonlama ijobiy ta`sirini hisobga olib, uning quyidagi vazifalarini belgilash maqsadga muvofiqdir:
 iqtisodiyotda ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalarini optimal joylashtirish bilan keng tarmoqli bozor infratuzilmalarini shakllantirishga imkon yaratish;
 iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga ijobiy ta`sir ko’rsatuvchi barcha yo’nalishlarni va imkoniyatlarni amaliyotga tatbiq etish;
 mamlakatning milliy xususiyatlarini hisobga olgan holdagi qonuniy kafolatlangan investorlarni qoniqtiruvchi ulushini yaratadigan va moliyaviy o’sishni ta`minlovchi infratuzilmalarni faollashtirish; 
 iqtisodiyotning barcha sohalarini faollashtirish orqali mamlakatning barqaror o’sishi va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvini tezlashtirish. Investitsiya faoliyati iqtisodiyot rivojining jadal sur`atlarini belgilab berish bilan birga u har qanday tizimda ko’p jihatdan mintaqa va mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sib borishini hamda taraqqiy etish darajasini ifoda etishi lozim. Investitsiyalar sanoat korxonalari faoliyatini barqaror rivojlantirishda muhim omil bo’lib, u kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosini tashkil etadi. Sanoat korxonalari faoliyatida samaradorlikka erishish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, qolaversa, mamlakatning aholi bandligini ta’minlashda investitsiyalarning o’rni va ahamiyati juda katta. Investor investitsiyalashni amalga oshirish uchun ma`lum miqdordagi mablag’ yoki investitsiya resurslariga ega bo’lishni yoki jamg’arishni talab etadi. Buning uchun jamg’arma mablag’larini banklarda to’plash va ular orqali kapital mablag’larni iqtisodiyotning istiqbolli sohalariga yo’naltirilishini ta`minlashga erishish mumkin. Bu, avvalo, investitsiya faoliyatida banklar ishtirokini oshirishni talab etadi. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyasini faol jalb etish uchun, nafaqat, hududlar balki, tarmoqlarda, shuningdek investitsiya faoliyatining sub`ekti va ob`ektlarida ham investitsion jozibadorlik reytinglarini tahlil etib, hisoblab chiqish zarurdir. Bunda, asosan, chet el investitsiyasini iqtisodiyot sohalari bo’yicha mutanosib jalb etishning kompleks dasturini ishlab chiqish va unda tarmoqlarni, asosan, 3 guruhga, ya`ni ishlab chiqarish, hizmat ko’rsatish va ijtimoiy sohalarga bo’lib, investitsiyani ustuvor darajada real sektorga yo’naltirib, so’ng qolgan sohalarni rivojlantirishga hamda iqtisodiyot rivojlanishi va zaruriyatidan kelib chiqib, hizmat ko’rsatish va ijtimoiy sohalarga ham jalb etilsa, maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish - bu nafaqat xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda yangi, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ayni vaqtda, - bu avvalo yangi zamonaviy texnika, dastgoh va uskunalar, texnologiya va nou-xaularni joriy etish, shu asosda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yuksak sifatini ta`minlashga qaratilgan. Eng muhimi, chetdan imtiyozli sarmoyalarni olib kelish - bu pirovard natijada mamlakatimizda raqobatbardosh, kuchli iqtisodiyotni barpo etish va jahon bozorida o’z munosib o’rnimizni egallashga qodir bo’lish demakdir. Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarning o`rni beqiyosdir. Bunda ilg`or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o`rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta`minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo`lgan. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta`minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to`qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog`i hamda boshqa yo`nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e`tibor berilmoqda. Investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirishda investitsiya faoliyati va uning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Investitsion faoliyat faqat investitsiyalarni amalga oshirish va investitsiyalarni amalga oshirish hamda investitsiya jarayonlari bilan bog’liq faoliyat hisoblanadi. Investitsiya faoliyati uchun nisbatan katta miqdordagi mablag’larni sarflash, foydaga yoki boshqa foydali samaraga ega bo’lish muhimdir. 
Download 26.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling