4-mavzu: Jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq. Ijtimoiy soliq - Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i
- Daromad solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar
- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining iqtisodiy mohiyati va davlat byudjeti daromadlaridagi tutgan о‘rni. Daromadidan soliq tо‘lovchi jismoniy shaxslar. Rezident va norezidentlar.
- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini tо‘lovchilari, soliqqa tortish obyekti, soliq solinadigan bazasi, jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi.
- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari va ushbu soliqdan belgilangan soliq imtiyozlari. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblash, chiqarish va tо‘lash tartibi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 393-moddasi 1-qismiga asosan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi: - mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa; - ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar; - moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa; - soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar; - ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda; - soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar. Soliq kodeksining 397-moddasiga muvofiq jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etilishi va ushbu Kodeksining 398-moddasiga asosan daromad solig‘i summasini o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘lanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |