4-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarida marketing faoliyatini tashkil etish


Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati uchun


Download 89.98 Kb.
bet6/7
Sana13.05.2023
Hajmi89.98 Kb.
#1456973
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 mavzu Kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarida marketing faoliyatini

4.4. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati uchun
marketing dasturini ishlab chiqish

Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo’lib, korxonaning bozorda aniq faoliyat ko’rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma’noda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli(bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan ko’proq) bo’ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga mo’ljallangan bo’lishi mumkin.


Marketing dasturi bu korxonani umumxo’jalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo’g’ini uchun qaror qabul qilishni asosidir. Marketing dasturini asosiy mazmuni - bu korxonani o’tgan davrdagi faoliyat natijalari bo’lib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini qisqa tahlili va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorini strategik yo’li, tovar, narx, sotish va rag’batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlarini mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo’yicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani o’z imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo’lsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko’riladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yuqori boshqaruv bo’g’ini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir.
Marketing dasturini strategik yo’nalishi bozordagi mavqesidan va korxonani o’z holatini bog’ligiga qarab o’z ichiga turli variantlarni oladi.
Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentatsiyalash, hujum va ximoya strategiyalari bo’lishi mumkin.
Marketing dasturini ishlab chiqarishda ko’p variantlilik tamoyillari ishlatiladi. Xizmatni tuzilishiga binoan marketing dasturini va rejasini bir necha varinatlari: ikki yoki uch, ya’ni minimal, optimal va maksimal turlari bo’ladi. Dasturni minimal varianti, dasturni og’ir (yomon) sharoitlarda rivojlantirishni, maksimal variantida esa yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni ko’zda to’tadi. Masalan, Yaponiya firmalari marketing dasturi va rejasini minimal variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda haqiqiy muvaffaqiyatga iqtisodiy va ijtimoiy hamda psihologik samarani olishni maqsad qilib erishadi. SHuningdek dasturni o’rtacha yoki optimal variantlari keng tarqalgan.
Quyidagi 5.4.1-rasmda marketing dasturi majmui jarayoni keltirilmoqda.

Download 89.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling