4-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarida marketing faoliyatini tashkil etish


Marketing tadqiqotlarining maqsadi va vazifalari


Download 89.98 Kb.
bet5/7
Sana13.05.2023
Hajmi89.98 Kb.
#1456973
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 mavzu Kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarida marketing faoliyatini

4.3. Marketing tadqiqotlarining maqsadi va vazifalari

Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, xamda uning maqsadi nixoyatda keng va murakkab masalalarni xal qilishga qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan xolda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing kuyidagi muhim vazifalarni xal etmogi lozim:



  • xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o’rganish;

  • tovarlarga bo’lgan ichki va tashqi talablarni o’rganish;

  • korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;

  • talab va taklif to’g’risidagi olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish;

  • tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini oshirish;

  • tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish;

  • tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish;

  • tuldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborotlar yig’ish;

tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.
G.L.Bagiev va boshqalar “Zamonaviy marketing tadqiqotlari, tadbirkorlik tizimidagi axborot topish, to’plash, qayta ishlash va joriy hamda strategik qarorlar qabul qilish jarayoni”3- deb ta’rif berganlar.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning makbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama xam muhimdir. Reklamaning vazifasi – mavjud bozor segmentini mustaxkamlash, yangi xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida reklamaning asosiy xususiyati – uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. SHu bilan birga xaridor psixologiyasi tovar va firma markasiga boglanib kolish xususiyati (imidj) ga ham egadir.
Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri bo’lib bu – tadqiqot rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar va axborotlarni to’plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov o’tkazish tartiboti va rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma’lumotlar va manbalardan bir necha marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ularni qayta ishlash mumkin.
Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so’rov, guruhli baxs eng ko’p qullaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli bosqichlarida samarali axborot to’plash, uni qayta ishlash, texnik vositalaridan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, yuqorida keltirilgan radio telefonli va bort-Kompyuterli avtomobilga bo’lgan boshlag’ich talabni baholash tadqiqotini olib ko’raylik. Kuzatish uslubi vositasida xaridorlarning joriy davrda va avtomobil bozoridagi munosabatlari, ko’nikmalarini baholash mumkin. So’rov uslubida esa aniq bir xaridorning «yangi jihozlarga» bo’lgan qiziqishlari, ularga qo’yadigan talab va istaklarni baholash mumkin. Eksperiment uslubida esa sinov tarzida avtomobillarning kichik partiyasini bozorda sotib, xaridorlar holatlarini kuzatish mumkin.
Tadqiqot rejasini ishlab chiqishda uslubiy jihatdan o’zaro bog’liqlik, aniqlik, takrorlanmaslik, davriy uzluksizlik ta’minlanishi lozim. Tuzilgan reja malaiy jihatdan quyidagi savollarga javob berishlari lozim.

  1. Qanday ma’lumotlar to’planishi kerak?

  2. Ma’lumotlarni kim to’playdi?

  3. Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim?

  4. Ma’lumotlarni to’plashda qanday uslublar qo’llaniladi?

  5. Ma’lumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda taqdim etiladi?

  6. Ma’lumotlarni to’plash qachon va qaerda amalga oshiriladi.

  7. Ma’lumotlarni to’plash uchun qanday harajatlar ko’zda tutiladi?

Ushbu savollarga javob topish asosida tadqiqot rejasining izchilligi, mazmunan va mantiqan bog’liqligi ta’minlanadi. Bu o’z navbatida tadqiqotning keyingi bosqichlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan kamchiliklar va xatoliklarning vujudga kelishiga yo’l qo’ymaydi. Ma’lumotlarni to’plash bosqichi tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilishi bilan bir qatorda texnik vositalar yordamida ularni qayta ishlash, tayinli artibga solish vazifasini ham bajaradi. CHunki jamlanadigan ma’lumotlar qaerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor beriladi.



Download 89.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling