Mavzu: Prognozlashtirish xatolar metodologiyasi Reja
Download 53.5 Kb.
|
4-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prognozlashtirish prognozni ishlab chiqish jarayoni.
Mavzu: Prognozlashtirish xatolar metodologiyasi Reja: Prognozlashtirishi xatolar metodologiyasi haqida umumiy tushunchalari Prognozlashtirish prognozni ishlab chiqish jarayoni. Prognoz yunoncha sо‘zidan olingan bо‘lib, oldindan kо‘ra bilish, bashorat etish ma’nolarni anglatib, kelajakni ilmiy usullar orqali istiqbollash tushuniladi. Prognoz - bu istiqboldagi voqea, hodisalarning ilmiy modeli hisoblanadi, ya’ni kelajakda obyektning ehtimoliy holati haqida yoki bu holatga erishishning muddatlari va alternativ yо‘llari haqida ilmiy asoslangan fikrlar, mulohazalar. Prognozlash deganda prognozni ishlab chiqish, ya’ni ma’lum bir jarayonning rivojlanish aniq kelajagini maxsus ilmiy tadqiq etishdir. Prognozlashtirish prognozni ishlab chiqish jarayoni. Prognozning axborot bazasi bо‘lib hisobotlar (aholining tabiiy va mexanik harakatlarining joriy hisoboti) va maxsus tashkil etilgan statistik kuzatuvlar (aholini rо‘yxatdan о‘tkazishlar, maxsus tanlama ijtimoiy-demografik tadqiqotlar, aholining turli rо‘yxat va kartotekalari) hisoblanadi. Prognoz rejalarni bajarilishini aniqlash uchun hizmat qiladi. Ammo prognoz tahlillari reja bajarilish yoki bajarilmasligi mumkin bо‘lgan oqibatlarni aniqlash va foydalanish imkonini beradi. Prognozlar obyektning xarakteri, mazmun mohiyati va prognoz vaqtiga komplekslilikning masshtabi va darajasi, ularning darajasiga qarab farqlanadi. Oldindan aytib berish va kо‘rish - bu turli ma’nolarga ega biri biriga yaqin tushunchalardir. Oldindan aytib berish – bu mantiqiy xulosalar asosida subyekt yoki obyektning kelajakdagi holati haqidagi mulohazalardir. Oldindan kо‘ra bilish – bu obyektni qonuniy rivojlanishini anglashga asoslangan obyektni kelajakdagi holati haqida mulohazalardir. Oldindan kо‘ra bilishning uch shaklini farqlashadi: ilmiy, ilmiy bо‘lmagan va empirik. Ilmiy kо‘ra bilish tabiat, jamiyat (ob-havo bashoratlari, mamlakat rivojlanishining prognoz iva b.) qonuniy rivojlanishining ilmiy metodlar asosida qurishga asoslangan ilmiy nazariy natijalar hisoblanadi. Ilmiy bо‘lmagan oldindan kо‘rish real bо‘lmagan, о‘zaro bog‘langan fantastik kо‘rish (fol ochish, Nostradamus bashoratlari). Empirik kо‘rish insonlarning har kungi tajribalariga asoslanadi (masalan, xalq primetalari). Ilmiy oldindan kо‘ra bilishning uch shakli mavjud: gipoteza, prognoz va reja plan. Gipoteza – bu sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan yoki sodir bо‘lmaydigan u yoki bu holatni rivojlanishi haqidagi farazlar.Gipoteza darajasida qoida bо‘yicha tadqiq etilayotgan obyektni rivojlanishi haqidagi miqdor tavsiflari, umumiy qonuniyatlari beriladi. Prognoz – bu obyektni kelajakdagi holati haqida, unga erishish muddatlari va alternativ yо‘llari haqidagi ehtimol ilmiy asoslangan mulohaza tushuniladi. Gepoteza bilan taqqoslaganda u aniqligi yuqori bо‘lgan, nafaqat miqdor balki, sifat tavsiflariga ega. Reja tadqiq etilayotgan holatni, obyektni aniq qism voqelikni kо‘ra bilish va oldiga qо‘ygan maqsadni aniq qо‘yishni nazarda tutadi Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling