4-mavzu. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishni yozish tartibi. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari


BITIRUV MALAKAVIY ISHINIG MAQSAD VA VAZIFALARI


Download 45.16 Kb.
bet4/11
Sana23.04.2023
Hajmi45.16 Kb.
#1390823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishni yozish tartibi

BITIRUV MALAKAVIY ISHINIG MAQSAD VA VAZIFALARI
Bitiruv malakaviy ish talabaning o‘qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi talabalarning barcha blok fanlari bo‘yicha olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, bu bilimlarni muayyan ilmiy, ishlab chiqarishni hal etishda qo‘llashdan iboratdir. Talaba uzluksiz ta`lim turlari bo‘yicha o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari bilan tanish bo‘lishi, mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlari, yangi pedagogik texnologiyalarni chuqur bilishi va bilimlarni amalda qo‘llay olishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishning vazifasi olib borilgan tadqiqot mavzusi bo‘yicha olingan umumiy axborotni mustahkamlashni, manbalardan to‘plangan ilmiy va amaliy dalillarni tizimli tarzda izchil tartibga solishni nazarda tutadi.
Bitiruv malakaviy ishning muallifi ilmiy tadqiqotni mustaqil olib borishi, ta`limiy muammolarni topishi va ularni hal qilishning umumiy metod va qoidalarini amalda qo‘llay bilishi, tahlil qila olishi, natijaning samardorligini ko‘rsata bilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari sifatida mutaxassislik va biror ixtisos bo‘yicha tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni mustahkamlash, mustaqil holda ma`lumotlarni izlash va muayyan muammolarni yechish, tanlangan mavzu bo‘yicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar, xodisalar va muammolar mohiyatini ochish, mavjud materiallarni tizimlashtirish, taxlil qilish va qayta ishlash, uzluksiz ta`lim tizimida ta`lim sifati va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va h.k.lardan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning yozilishi, tayyorlanishi va ochiq himoya qilinishi talabaning mutaxassisligi bo‘yicha tanlagan mavzusi negizida nechog‘lik mustaqil tadqiqot olib borish tajribasiga ega bo‘lganligini aniqlab beradi.
Malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash
Bitiruv malakaviy ish uchun materiallar to‘plashga talabaning pedagogik amaliyotini o‘tagan ta`lim muassasasi tadqiqot bazasi bo‘lishi mumkin. Talabaning bitiruv malakaviy ish ximoyasiga tayyorgarlik jarayoni tanlagan mavzu va yo‘nalishi bo‘yicha xal etilayotgan masala xususiyatiga muvofiq bo‘lgan majburiy shartlardan biri xisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ish mavzuini tanlash va tasdiqlash jarayoni talaba mavzu va ilmiy rahbar tanlaganidan boshlanadi. Talaba bitiruv malakaviy ish mavzuini tanlashi bilan darhol uni tasdiqlash uchun 1-ilovada ko‘rsatilgan shaklda tayanch kafedra mudiri nomiga ariza berishi lozim. Bitiruv malakaviy ish mavzui va ilmiy rahbarlari oliy ta`lim muassasasi rektori buyrug‘i asosida bitiruvchi kurs o‘quv yilining birinchi yarimida tasdiqlanadi.

Download 45.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling