4-mavzu: Maktab psixologi faoliyatining yo'nalishlari: ota-onalar bilan ishlash
Ota-onalarning psixologga murojaat qilishiga sababchi asosiy muammolar
Download 27.12 Kb.
|
5gXcI8rkJyzwow4zynDTAZ73U6iRexaRPFHFNtLK
Ota-onalarning psixologga murojaat qilishiga sababchi asosiy muammolar
Ota-onalar bilan ish olib borishning individual shakllari bilan birga guruhiy shakli ota-ona guruhlariga rahbarlik qilish xam foydali xisoblanadi. Bolaning ota-onasi shaxslararo muloqotda qiynalishini tan olganlari holda, ular bunday guruhlar tarkibiga kiritilishi tavsiya etiladi. Ota-onalar guruhlariga rahbarlik qilish, bola taraqqyotining asosiy dalillarini, ularga mos ravishda munosabatlarning о‘zgarishni ota-onalar tushunmaganliklarida ota-onalar va bolalar о‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘yadi. Ota-onalar guruhlariga rahbarlik qilish xususiy muammolar, bо‘yicha maslaxat berish shaklida va maxsus ota-onalar treninglari shaklida amalga oshirish mumkin. Zaruriyat tug‘ilganda, ota-onalar о‘zlarining psixologik muammolarini xal qilishi uchun psixoterapevtik guruhlardagi mashg‘ulotlarga tavsiya etish mumkin, bunday mashg‘ulotlar ommaviy maslaxat berish doirasida keng tarqalgan. Alohida masalalar bо‘yicha maslaxat berish guruh azolari uchun, umumiy bо‘lgan, munozarali muxokama qilish asosida ota-onalar va bolalar о‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘yadi. Kattalarning bolalar xaqida fikri, bolaning kelajakdagi taqdirga tashxis qо‘yishga, uning oldindan aytib berishga qaratilmaslik kerak. Maqtash va tanbex berish xam о‘sha qoidaga asosan tuzilishi kerak: tayyor baholash о‘rniga, qilingan xarakatlar va ular natijasini keng yoritib berish kerak, xulosa chiqarish va baxo berishni bolaning о‘ziga qо‘yib berish kerak. Uchinchidan, aloqa jarayonida kattalar taklif kirituvchi tashabbuskor bо‘lishlari kerak. Bunday xarakat usuli tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kо‘rsatib berilmasligi kerak, balki muammoli vaziyatni xal qilish imkoniyatlarni bola oldiga shunday kuyish kerakki, bolaning о‘zi eng tо‘g‘riroq usulni tanlashni mustaqil amalga oshirsin. Ota-onalar, о‘qituvchilar va tarbiyachilar tomonidan bu qoidalarni kundalik xayotda ketma-ket amalga oshirilishi da’volash qoidalarini tarbiya amaliyotiga kiritishdan boshqa narsa emas. Psixodinamik nuqtai nazardan ota-ona guruhlariga rahbarlik qilishning maqsadi, ota-onalarni bu qoidalardan amalda foydalanish malakasi bilan qurollantirishdan iboratdir. Boshqacha sо‘zlar bilan aytganda, ota-ona guruhlarining mahsuli, ota-onalarni bolaga da’volash munosabatida bо‘lishni о‘rgatishdan iborat. Xozirgi vaqtda chet elda ota-onalar trening guruhlari bolaga maslaxat berish amaliyotida maxsuldor ish shakli sifatida juda ommoviy tus olgan. Lekin shuni aytib о‘tish kerakki, bolaga qaratilgan bir butun tuzatish tadbirlari sistemasidan ajratilgan holda ota-onalar treninglar maslaxat berish jarayonida tuzatish vazifalarini muvaffaqqiyatli xal qilishning yetarli sharti bо‘la olmaydi. Respublikamizda ota-onalar guruhlari bilan ish olib borishning zarurligi, bolaning psixik taraqqiyoti uchun bolaning kattalar bilan muloqot xal qiluvchi rol о‘ynashi bilan asoslanadi va tuzatish ishlarini о‘tkazishning tarkibiy qismi xisoblanadi. Ayniqsa bu muammo oilaviy psixoterapiya yо‘nalishida tuzatish ishlarining eng tо‘g‘ri shakli sifatida jadal ishlab chiqarilmokda. Download 27.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling