4-mavzu: Maktab psixologi faoliyatining yo'nalishlari: ota-onalar bilan ishlash
Download 27.12 Kb.
|
5gXcI8rkJyzwow4zynDTAZ73U6iRexaRPFHFNtLK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ota-onalar bilan ishlashda maktab psixologining asosiy maqsad va vazifalari
4-mavzu: Maktab psixologi faoliyatining yo'nalishlari: ota-onalar bilan ishlash Reja: Ota-onalar bilan ishlashda maktab psixologining asosiy maqsad va vazifalari. Ota-onalarning psixologga murojaat qilishiga sababchi asosiy muammolar. Ota-onalarga maslahat berish shakllari: treninglar, seminarlar va boshqalar. Ota-onalar ta'limi: maqsad va vazifalar. Ota-onalar bilan ishlashda maktab psixologining asosiy maqsad va vazifalari Psixolog maslaxat berish jarayonida ota-onalar bilan bir necha marta aloqada bо‘ladi: birinchi marta uchrashganda qisqa suhbat tarzda, bolaning rivojlanishi tarixi bо‘yicha butun tafsilotlari bilan batafsil suxbatlashilganda va oxirgi marta tekshiruv natijalari bо‘yicha yakunlovchi suxbatda. Bu uchrashuvlarning har biri umumiy va maxsus vazifalarga ega bо‘lib, ularning о‘tkazishning о‘z xususiyatlari mavjud. Psixologning ota- onalar bilan, bolaning qarindoshlari, о‘qituvchilari, tarbiyachilari va yaqin kishilari bilan olib boriladigan ishlarni xam о‘ziga xos xususiyatga egadir. Psixolog-maslaxatchiga bola tarbiyasi bо‘yicha murojaat qilgan shaxslar bilan о‘zaro munosabatning ba’zi umumiy tomonlariga tо‘xtalib о‘tamiz. Maslaxat berishda muvaffakiyatning dastlabki majburiy sharti tekshirilayotgan bolaning ota-onasi (yoki о‘qituvchilari) bilan psixolog ishonchli va ochiqchasiga munosabatni yarata olish kerak. Ishonchli munosabat aslida maslaxat bilan murojaat qilgan kishilarning bolaga nisbatan xavotirlanishlarini tan olish va xurmat qilish yotadi. Maslaxatchining ota-onalarga bolaning qiyinchiliklarini yuqotishga chin dildan qiziquvchi sifatida, uni tushunuvchi va chuqur biluvchi shaxs sifatida munosabatda bо‘lishi ular bilan ishonchli aloqa о‘rnatishda juda xam yordam beradi. Bunday munosabat ota- onalarning harakatlarini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki kinoya bilan tanqid qilish, ularning pedagogik chuqur bilimga egaligi xaqida shubxalanishga qarama-qarshidir. Teskari aloqaning bu kabi barcha zarur turlari tekshiruv unda xam maxsus shaklda foydalanishni talab qildi. Dastlabki uchrashuvda harakatini qо‘llab-quvvatlamaslik xaqidagi har qanday luqma xam, ularda kuchli ximoya reaksiyalarini vujudga keltiradi va muammoni hap tomonlama ochiqchasiga muxokama qiladigan yо‘llarni yopib qо‘yadi. Shu bilan birga ota-onalar bilan birinchi va ikkinchi uchrashuvlarda maslaxat berishining maksad vazifalarini tushuntirishga e’tibor berish zarur. Shuni xisobga olish zarurki, respublikamiz sharoitida, psixologik xizmat endigina tashkil topayapti va aholining amalda psixologik yordam olish tajribasi yо‘k, kо‘pchilik ota-onalarda psixologik xizmat xaqida notо‘g‘ri tasavvurlar paydo bо‘lgan (maslaxat berish jarayonining murakkabligi va kо‘p vaqtni olganligi uchun notо‘g‘ri baxolash, tayyor tashxis (diagnoz) olishga extiyoj va boshqalar). Shuning uchun ota-onalar bilan dastlabki uchrashuvlardagi muhim vazifalardan biri bola muammolarini birgalikda va har tomonlama tahlil qilishga tayyorlikni (ustanovkani) shakllantirish, tekshiruvning maqsadlarini, maslaxat berish ishining vazifalarini tushuntirishdan iborat. Bolaga boshqa mutaxassislarga maslaxat uchun yо‘llanma berish xam maxsus tushuntirishni talab qiladi. Maslaxat berish ishininng har bir bosqichdan psixolog muammoni har tomonlama qarab chiqishi va о‘zining qiziqarli munosabati balan ota-onalarni og‘ir xissiyotlardan ozod qilishga intilish, muamoning ijobiy tomonlariga e’tiborni qaratish, uni xal qilish yullarini faol izlash zarur. Ota-onalar tuzatish dasturini о‘tkazish jarayonida uchraydigan tо‘siqlar, qiyinchiliklar, asoratlar xaqida ogoxlantirilishi lozim. Ularda qiyinchiliklarni xal qilishning oson-sirli yо‘li xaqida tasavvur paydo qilmasligi kerak, chunki bunday tasavvur psixologik yordam imkoniyatlanidan barvaqt kо‘ngil sovishga olib keladi. Download 27.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling