4-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib borishning nazariy asoslari
Lug‘at ishining metod va usullari
Download 44.42 Kb.
|
1 2
Bog'liqMaktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib borishning nazariy asoslari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalarda lug‘atni shakllantirishga doir mashg‘ulotlar turlari
- O‘tilgan mavzu yuzasidan savollar
Lug‘at ishining metod va usullari. Lug‘atni boyitish metodlari: atrof-olamni bevosita kuzatish; mazmuni bolalarga notanish bo‘lgan yoki juda kam tanish bo‘lgan suratlarni ko‘rsatish; badiiy asarlarni o‘qish, diafilmlar va kinofilmlar (ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar) ko‘rsatish.
Lug‘atni mustahkamlash va faollashtirish: bolalarga tanish mazmundagi o‘yinchoqlarni, suratlarni ko‘rib chiqish, didaktik o‘yinlar.Har bir bolaning leksik zahirasini to‘ldirish uni atrof-olam bilan tanishtirish jarayonida ro‘y beradi: so‘z bolaning o‘zi belgilagan (nusxa ko‘chirgan) narsa yoki harakatni tasavvur qilishi bilan bir vaqtga xotiraga kiradi. Rolli o‘yinda bola o‘zi kuzatgan yoki hikoyalar orqali bilgan va esda saqlab qolgan kattalarning turli vaziyatlarini takrorlaydi. Bola kattalarning ana shunday vaziyatlardagi harakatidan va shu bilan birga ularning nutqidan ko‘chirma oladi. «Rejissyorlik» o‘yinida bola o‘ziga rol olmaydi, aksincha u ushbu syujetda rollarni o‘yinchoqlar o‘rtasida taqsimlaydi; syujetlar – bolalar bog‘chasi, hayvonot bog‘i va boshq. Tarbiyachi bolaning mavjud hayotiy tajribasini hisobga olgan holda aytib, yordamlashib turadi. Sahnalashtirish o‘yinida bola o‘ziga tanish ertak qahramonlaridan biri rolini o‘ynaydi, o‘yin jarayonida u qahramon so‘zlarini takrorlaydi va shu tariqa o‘z nutqini boyitadi. Bolalarda lug‘atni shakllantirishga doir mashg‘ulotlar turlari Lug‘at ishlariga oid dasturlarni amalga oshirish mashg‘ulotlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim uch xil ko‘rinishdagi mashg‘ulotlardan tashkil topadi: Lug‘at ishlari atrof-olamdagi doimo kengayib borayotgan narsalar va hodisalar doirasi bilan tanishtirish jarayonida amalga oshiriladigan mashg‘ulotlar (ekskursiya, narsalarni namoyish qilish va h.k.); Lug‘at ishlari bolalarning atrofdagi narsalar va hodisalar ha qidagi bilimlarini chuqurlashtirishga tayanadigan mashg‘ulotlar (sifatlar, xususiyatlar, o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirish); Umumlashtirishlar jarayonida lug‘at ishining hal qiluvchi vazifasi tushunchalarni shakllantirishdan iborat bo‘lgan mashg‘ulotlar. Nutqiy va Lug‘atni rivojlantirishning bilish jarayonlarini rivojlantirish bilan yagonaligi (qabul qilish, tasavvur qilish, fikrlash).Nutqiy va bilish faoliyatining aniq maqsadni ko‘zlagan holda tashkil etilishi.bilish faoliyatini tashkil etish uchun asos sifatida ko‘rgazmaviylikning mavjudligi. O‘tilgan mavzu yuzasidan savollar: 1. Bolalar bog‘chasidagi lug‘at ishlarining mohiyati nimalardan iborat? 2.So‘zning psixologik jihatdan ahamiyatini tavsiflab bering. 3.Bolalarning lug‘atni egallash jarayoni qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega? 4.Barcha yosh guruhlarida lug‘at ishlari dasturi tarkibini qiyinlashtirish qaysi yo‘nalishlarda ro‘y beradi? 5.Siz lug‘atni shakllantirish borasida qanday mashg‘ulot turlarini bilasiz? Har bir mashg‘ulot turini aniq misollarda tavsiflang. 1 Vigotskiy L.S. Izbranniye psixologicheskiye issledovaniya. M., 1956, 322-bet. Download 44.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling