4 MAVZU: Maktabgacha yoshdagi bolalarni applikatsiya ishlariga о‘rgatish Reja: - 1. Applikatsiya–amaliy san’at turi sifatida.
- 2. MTTda applikatsiya turlari, аpplikatsiya ishlari uchun ashyo va jihozlar, аpplikatsiyaga о‘rgatishning vazifalari.
- 3. MTTning turli yosh guruxlarida applikatsiyaga о‘rgatish metodlari.
TUSHUNCHALAR
|
TAHLILI
|
Akvarel’ -
|
lotin tilidan olingan bo’lib, suv ma’nosini anglatadi. U suvda yaxshi eriydigan va yuviladigan mayin va shaffof bo’yoq. Akvarel’ tasviri nihoyatda rangli, nafis va nozik bo’lib, ular ko’pincha qog’oz ustiga ishlanadi.
|
Applikatsiya -
|
lotincha yopishtirish ma’nosini anglatadi. Mazkur tasvirlash texnikasi tabiiy (barg, tosh, meva-sabzovotlarning urug’ va po’choqlari), badiiy (rangli, falga qog’ozlar v.b.), va tashlandiq (gazmol parchalari, dori-darmondan, xo’jalikda ishlatilib bo’shagan narsalar v.b.) materiallar yordamida tekislik ustida bajariladigan tasvirlash usuli.
|
Asosiy ranglar -
|
qizil, sariq, zangori ranglar shunday deb ataladi. Bu ranglarni bir-birlari bilan aralashib boshqa ko’p ranglar olinadi.
|
TUSHUNCHALAR
|
TAHLILI
|
Assimetriya -
|
yunon tilidan olingan bo’lib, “simmetrik emas” degan ma’noni anglatadi. Tasviriy san’atda asardagi detallarni, suratni chap va o’ng yoki yuqori va pastki tomonlaridagi tenglik, o’xshashlik alomatlarining yo’qligi assimetriya hisoblanadi.
|
Axromatik ranglar -
|
yunon tilidan olingan bo’lib, rangsiz degan ma’noni anglatadi. Ular oq, qora, kulrang va ularning aralashmasidan hosil bo’lgan tuslardir.
|
Blik -
|
narsa va tasvirlarning eng yorug’ yaltiroq joyi.
|
Bronza -
|
mis, qalay, alyuminiy, berilliy, qo’rg’oshin kabilar aralashmasidan hosil bo’lgan qotishma. U alyumin, kul rangiga yaqin bo’ladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |