4 mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni applikatsiya ishlariga о‘rgatish Reja


Download 2.61 Mb.
bet1/6
Sana04.08.2023
Hajmi2.61 Mb.
#1665166
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 Mavzu aplikatsiya

4 MAVZU: Maktabgacha yoshdagi bolalarni applikatsiya ishlariga о‘rgatish

Reja:

  • 1. Applikatsiya–amaliy san’at turi sifatida.
  • 2. MTTda applikatsiya turlari, аpplikatsiya ishlari uchun ashyo va jihozlar, аpplikatsiyaga о‘rgatishning vazifalari.
  • 3. MTTning turli yosh guruxlarida applikatsiyaga о‘rgatish metodlari.

TUSHUNCHALAR

TAHLILI

Akvarel’ -

lotin tilidan olingan bo’lib, suv ma’nosini anglatadi. U suvda yaxshi eriydigan va yuviladigan mayin va shaffof bo’yoq. Akvarel’ tasviri nihoyatda rangli, nafis va nozik bo’lib, ular ko’pincha qog’oz ustiga ishlanadi.

Applikatsiya -

lotincha yopishtirish ma’nosini anglatadi. Mazkur tasvirlash texnikasi tabiiy (barg, tosh, meva-sabzovotlarning urug’ va po’choqlari), badiiy (rangli, falga qog’ozlar v.b.), va tashlandiq (gazmol parchalari, dori-darmondan, xo’jalikda ishlatilib bo’shagan narsalar v.b.) materiallar yordamida tekislik ustida bajariladigan tasvirlash usuli.

Asosiy ranglar -

qizil, sariq, zangori ranglar shunday deb ataladi. Bu ranglarni bir-birlari bilan aralashib boshqa ko’p ranglar olinadi.

TUSHUNCHALAR

TAHLILI

Assimetriya -

yunon tilidan olingan bo’lib, “simmetrik emas” degan ma’noni anglatadi. Tasviriy san’atda asardagi detallarni, suratni chap va o’ng yoki yuqori va pastki tomonlaridagi tenglik, o’xshashlik alomatlarining yo’qligi assimetriya hisoblanadi.

Axromatik ranglar -

yunon tilidan olingan bo’lib, rangsiz degan ma’noni anglatadi. Ular oq, qora, kulrang va ularning aralashmasidan hosil bo’lgan tuslardir.

Blik -

narsa va tasvirlarning eng yorug’ yaltiroq joyi.

Bronza -

mis, qalay, alyuminiy, berilliy, qo’rg’oshin kabilar aralashmasidan hosil bo’lgan qotishma. U alyumin, kul rangiga yaqin bo’ladi.

Download 2.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling